Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


I BOB. MILLIY QADRIYATLAR YARATISHDA BADIIY TALQINNING



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/28
tarix25.08.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#120906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
BLI Nodira

 
I BOB. MILLIY QADRIYATLAR YARATISHDA BADIIY TALQINNING 
NAZARIY ASOSLARI
…………………………………..…………………...10
 
1.1.
 
Milliy marosimlarning O‘tkir Hoshimov ijodidagi talqini.…….…….……10 
1.2.
 
Yozuvchi asarlaridagi qahramonlar ma’naviy dunyosining milliyligi ….....24 
II 
BOB. 
BADIIY 
ADABIYOTDA 
MILLIY 
AN’ANA 
VA 
QADRIYATLARNI O‘QITISHNING METODIK ASOSI
…...…………....41
 
2.1. “O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy ruh mavzusining badiiy talqini”
mavzusidagi ma’ruza mashg‘ulotini o‘tishga doir interfaol metodlar
…………..…41
 
2.2. Amaliy mashgʻulotlarni tashkil etishda interfaol usullar, topshiriqlar, metodik 
tavsiyalar, mustaqil ta’limning shakli va mazmuni…...…….….......………......51

XULOSA VA TAVSIYALAR
…………….……….…………………………42 
GLOSSARIY
………………………………………………………………….44 
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
……………………….………………....…….47
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


KIRISH 
Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi va asoslanishi.
Respublikamiz
 
Prezidenti Mirziyoyev Sh.M. o‘zining “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini 
ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi” deb nomlangan 
ma’ruzasida: “Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini 
bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali 
vazifamiz deb bilamiz”,-deb ta’kidlaydi. 2016-yil 13-maydagi “Alisher Navoiy 
nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil qilish
to‘g‘risida”gi farmoni
1
, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda 
tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847 son va 2020-yil 29-oktabrdagi Ilm-fanni 2030-
yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-6097 somli 
Farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda 
talabalarga zamon talablariga mos ravishda o‘qitishning eng qulay va zamonaviy 
metodlari to‘g‘risida bilim berish, bo‘lg‘usi fan o‘qituvchisida kasbiy faoliyatiga 
doir dastlabki bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularga qo‘yiladigan 
kasbiy talablar asosida mazkur fanni zamon talablari darajasida o‘qitishning 
samarali metodlari, shakl va usullari haqidagi nazariy bilimlarni o‘zlashtirishini 
ta’minlash, xullas, respublika ta’lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar 
tayyorlash masalalari dolzarb vazifalardan bo‘lib qolmoqda. Shu ma’noda, 
jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor 
iqtisodiyotini shakllantirish, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan 
demokratik huquqiy davlat qurish barkamol avlod tarbiyasi, ayniqsa, ijtimoiy 
tarbiyaning uzviy qismi milliy-ma’naviy hamda ma’rifiy qadriyatlar asosida 
ta’lim va tarbiyani zamonaviy asosda tashkil etish asosida olib borilishi bilan 
bog‘liqdir. Ana shu jarayonda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar asosini tashkil 
etadigan til va adabiyot, jumladan, zamonaviy adabiyot namunalarini chuqur 
1
“Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to’g’risida” 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. 2016-yil 13-may. Toshkent shahri. “Qo’qon sadosi” gazetasi. 
2016-yil 21-may. 


o‘zlashtirib borish, uning nodir namunalarini yosh avlod oldida keng targ‘ib etish 
orqali komil insonni tarbiyalab yetkazish muhim vazifalardan biriga aylanib 
qoldi. Zero o‘zbek adabiyoti durdonalarini adabiy ta’limda o‘rganish, ularda 
shakllangan qadriyatlarni yoshlarning qalbiga singdirish maktab, litsey va kollej 
adabiy ta’limining katta va ishonchli qanotini tashkil etadi. O‘zbek adabiyotidagi 
asarlarni o‘rganish va tahlil qilish, oliy ta’lim bakalavr ta’lim yo‘nalishi 
talabalariga adabiyotshunoslikda qo’lga kiritilgan yutuqlardan foydalanib, 
zamonaviy texnologiyalardan foydalanilgan holda dars o‘tish muhim vazifa qilib 
qo‘yilgan. Bizning o‘z oldimizdagi maqsadimiz esa, bunday ulug‘ zotlarning 
hayot yo‘li va qoldirgan merosini to‘liq tasvirlash emas, balki ularning eng buyuk 
namoyandalari timsolida ma’rifat, ilm-u fan, madaniyat din kabi sohalarning 
barchasini o‘zida uyg‘unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va 
rang barang ekanini isbotlab berishdan iboratdir. Bunday noyob va bebaho 
boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no mazmunini 
farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda, ziyolilarimiz, 
butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishini shart. Yana shuni 
qo‘shimcha qilish lozimki, “Har bir avlod oldida insoniyat yaratgan jamiki 
boyliklarni, bilimlarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. 
Hayot taraqqiyoti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu vazifani 
amalga oshirishning birdan bir yo‘li ta’lim tizimini tinmay takomillashtirib borish 
orqali yosh avlodni barkamol, komil inson qilib tarbiyalash”
2
dan iboratdir.
Bugungi kunda ta’lim sohasida zamonaviy fikrlovchi pedagog kadrlar 
tayyorlashga, ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub: “muammoli vaziyat” 
uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda o`qitish, “amaliy o`yin”, interfaol ta’lim 
uslubi va boshqalarni qo`llashga alohida urg`u berilgan. Ushbu kunda 
mashg`ulotlar samaradorligiga erishish har bir o`qituvchidan yuksak 
kompetentlikka ega bo‘lishni talab etadi. Buning uchun amaliy metodlarning 
mohiyatini teran o`rganib, ularni qo`llash bilan bo`liq uslubiy ko`rsatmalar ishlab 
2
Komilov N. Komil inson – millat kelajagi. – Toshkent: O`zbekiston, 2001. 


chiqish ahamiyatlidir. Masalaga shu nuqtayi nazardan yondashsak, bitiruv loyiha 
ishimiz nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi ayonlashib qoladi. 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə