Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/28
tarix25.08.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#120906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
BLI Nodira

Bitiruv loyiha ishining
obyekti. 
“O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy ruh 
mavzusining 
badiiy 
talqini” 
modulini o‘qitishda muammoli ta’lim 
texnologiyalari, interfaol metodlardan foydalanish jarayoni.
Bitiruv loyiha ishining
predmeti. 
“O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy ruh 
mavzusining badiiy talqini” modulini o‘qitishda interfaol metodlardan 
foydalanishning mazmuni, shakli va vositalari.
Bitiruv loyiha ishining maqsadi
. “O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy ruh 
mavzusining badiiy talqini” mavzusini interfaol metodlar asosida o‘rganishning 
samarali yo‘llari, metodik tizimini ishlab chiqish hamda tavsiyalar tayyorlashdan 
iboratdir.
Bitiruv loyiha ishining
vazifalari
quyidagilardan iborat:
- “O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy ruh mavzusining badiiy talqini” 
modulini o‘qitishning nazariy masalalarini o‘rganish;
 
- “O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy ruh mavzusining badiiy talqini” 
modulini o‘qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning 
samarali yo‘llarini ishlab chiqish; 
- “O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy ruh mavzusining badiiy talqini”
modulini o‘qitish bo‘yicha talabalar mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil etishning 
hozirgi holatini o‘rganish va kelgusida bu sohada amalga oshiriladigan
vazifalarni belgilash; 
- “O‘tkir Hoshimov asarlarida milliy ruh mavzusining badiiy talqini”
modulini o‘qitishda fanning o‘quv materiallarini auditoriya mashg‘ulotlari va
mustaqil ta’lim uchun ajratish mezonlarini ishlab chiqish. 
Bitiruv loyiha ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va 
normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili.
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi», tadqiqot mavzusiga oid O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining


qarorlari, Davlat ta’lim standartlari, O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligining Nizomlari va buyruqlari; mavzuga oid fundamental 
tadqiqotlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodikalar; uzluksiz 
ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi. 
Ishimizga Aristotel, Gegel, Belinskiy kabi mutafakkirlar va olimlarning falsafa, 
mantiq, adabiyot nazariyasi hamda estetikaga doir asarlarida aks etgan qarashlar 
nazariy asos vazifasini bajardi. Shuningdek, nasriy asarlarda badiiy obraz yaratish 
mahoratini tadqiq etgan M.Qo‘chqorov, O.Sharafiddinov, B.Nazarov, 
S.Mamajonov, 
N.Karimov, 
U.Normatov, 
A.Rasulov 
singari 
adabiyotshunoslarning tadqiqotlari yuzasidan maqolalar
3
, kitoblar
4
, ilmiy 
ishlaridagi
5
ilmiy mulohazalariga tayanildi.
Yozuvchining obraz yaratish mahorati masalalari adabiyotshunoslikda 
atroflicha o‘rganilgan. Adabiyotshunos olima N.Vladimirova O‘.Hoshimov 
ijodida milliy qadriyatlar talqini xususida shunday fikrlarni ilgari surgan: “O‘tkir 
Hoshimov o‘zbek prozasida milliy-tasviriy vositalar sohasidagi ijodiy 
izlanishlarning yorqin namunasi bo‘lgan eng yaxshi asarlarni yaratgan. 
Voqeabandlik orqasidan quvishni O‘tkir Hoshimov unchalik yoqtirmaydi. U 
hayotning kundalik oqimi ritmida sinovdan o‘tib abadiylashadigan hodisalarni 
kuzatishni afzal ko‘radi”
6
. Biz mazkur ishimizda yuqorida nomlari keltirilgan 
adabiyotshunos olimlarning fikr
-
mulohazalariga tayangan holda O‘tkir Hoshimov 
asarlaridagi milliy qadriyatlar talqiniga e’tibor qaratdik.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə