Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi


Go‘zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə6/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
7-Mavzu. Estetika. (1)

Go‘zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida
«Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan javobni ko‘ramiz. Shuning uchun ham odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi.
Nafosat falsafasi go‘zallikni bilishning mahsuli deb biladi. Chunki, voqelikdagi har qanday narsa-hodisaning go‘zalligi uning ishonchlilik, haqqoniylik va realligi bilan belgilanadi. Zero inson nazari tushgan go‘zallikkina qadriyatga aylanadi. Bundan tashqari, inson go‘zallik haqidagi dastlabki ma’lumotni 5 ta sezgining eng rivojlangan turi bo‘lmish ko‘rish sezgisi orqali o‘zlashtiradi, undan so‘ng eshitish, ta’m bilish, hid bilish va tana sezgisi natijasida go‘zallik anglanadi hamda xis etiladi. Masalan, harid qilmoqchi bo‘lgan kiyimingizni, iste’mol qilmoqchi bo‘lgan taomni, turmushingiz uchun zarur bo‘ladigan jihozni avvalo ko‘rasiz, o‘rganasiz, tomosha qilasiz, so‘ngra sifatiga, qulayligiga ishonch hosil qilganingizdan keyin ehtiyojingiz uchun ishlatasiz... Yarashmagan kiyimni kiyish naqadar kulgili va hunukligini tasavvur qilish qiyin emas. Shunday ekan, go‘zallik xususiyatlarining namoyon bo‘lishida sezgilarning alohida ahamiyatga ega ekanligini e’tibordan chetda qoldirmaslik zarur. Shuningdek, go‘zallik haqidagi qarashlar taxlili shundan dalolat beradiki, mazkur besh sezgi ham go‘zallikni to‘laqonli aks ettirish uchun yetarli emas.
Chunonchi, ko‘zga ko‘rinadigan hamda tafakkurning maxsuli sifatida real voqelikka aylangan narsalar o‘z–o‘zicha yuzaga kelmaydi va shakllanmaydi. Ularning asosi hamda shakli va mazmuni muayyan unsur (element)lardan tashkil topadi.
Go‘zallikning namoyon bo‘lishi, shakllanishi va xis etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini o‘taydi. Bular - me’yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg‘unlik, hamoxanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va hokazo. Mazkur tushunchalar narsa–hodisalarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etib, undagi go‘zallikni namoyon ettiradi. Masalan, bahor faslining go‘zalligi tabiatning uyg‘onishi, ko‘klamning yuz ochishi bilan, qish fasli esa oppoq qor bilan o‘ziga xos go‘zallikni namoyon etadi. Tabiatning ikkala faslida ham go‘zallikning moslik va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi.
Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘’jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlari esa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa–hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baxolanmaydi.
Shu o‘rinda go‘zallik tushunchasi «chiroyli», «ko‘rkam», «nafis», «jozibador», «maftunkor», «latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go‘zallik bilan kundalik turmushimizda tez–tez tilga olinadigan «chiroylilik» tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud.

Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə