Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari. Estetikaning asosiy kategoriyalari. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi


Nafosat tushunchasi va uning mohiyati



Yüklə 75,56 Kb.
səhifə5/26
tarix17.05.2023
ölçüsü75,56 Kb.
#110815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
7-Mavzu. Estetika. (1)

Nafosat tushunchasi va uning mohiyati
Nafosat. Nafosat bir tomonlama, real voqelikni, ikkinchi tomondan ilmiy tushunchani anglatadi. U real voqelik sifatida inson hayotining barcha sohalarini nurlantirib turuvchi qamrovli ma’naviy hodisa, tushuncha sifatida esa estetika faniga oid yuzlab, ehtimol, minglab atamalarni o‘z ichiga olgan eng yirik istiloh, ovro‘pacha ta’rifda -metakategoriya. Boshqacha qilib aytganidan bo‘lsak, nafosatning «hududi» nihoyatda keng, u obyektiv voqelik sifatida narsa-hodisalarning estetik xususiyatlarini anglatsa, subyektiv voqelik tarzida insonning ana shu estetik xususiyatlarini anglash va idrok etish borasidagi botiniy faoliyatidir.
Shu o‘rinda estetik xususiyatlar o‘zi nima, ularning mavjudlik shartlari nimalar bilan belgilanadi degan masalaga to‘xtalib o‘tish joiz.


Estetika kategoriyalarining tasnifi
Har bir fanning muayyan tadqiqot obyekti bo‘lib, bu obyekt tabiat, jamiyat va tafakkur haqida yangi bilimlar hosil qilishga qonun va kategoriyalar asosida olamni yangidan idrok etishga qaratilgan bo‘ladi. Ma’lumki, dialektikaning biror-bir kategoriyasini voqelikdan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, bu kate­goriyalar (yaxlitlik, qism, zaruriyat, tasodif, mohiyat, sifat va h.k) insonni o‘rab turgan olamda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar haqida aniq xulosalar chiqarishga, ularni to‘g‘ri tahlil etishga ko‘mak beradi. Estetika ham falsafiy fan sifatida o‘zining qonun va kategoriyalariga ega. Estetika kategoriyalari (go‘zallik, hu­nuklik, ulug‘vorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k.) inson va tabiat, inson va jamiyat, inson va ijtimoiy borliq bilan doimo hamkorlikda vujudga keladi.
Estetika kategoriyalarining yaxlit tizimini ishlab chiqish muammosi ko‘p yillardan buyon olimlar e’tiborini jalb etib kelmoqda. Bu borada go‘zallik, ulug‘vorlik, fojiaviylik, kulgulilik, xunuklik kabi an’anaviy ko‘rinish ko‘pgina adabiyotlarda o‘z aksini topgan. Biroq, bizningcha, mazkur kategorial tasnifdagi ketma–ketlik va ular orasidagi bog‘liqlik o‘zini to‘laqonli ko‘rsatib bera olmaydi. Bugungi kunda go‘zallik – ulug‘vorlik – fojiaviylik – kulgililik; estetik ideal – estetik did – estetik tuyg‘u; san’at – badiiy obraz – ijodkorlik ko‘rinishdagi tizim estetika fanining kategoriyalar tasnifida kengroq qo‘llanilmoqda.



Yüklə 75,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə