136
talab qilinadi. Boshqa turdagi jinoyatlar uchun ikkita guvoh talab etiladi.
Ta’zir jinoyatlarida esa bitta guvohning shahodati ham joiz, deb qaraladi.
Jinoyatlar maqsadiga ko‘ra,
qasddan
va
ehtiyotsizlik
natijasida
sodir
etilgan jinoyatlarga bo‘linadi. Qasddan sodir etilgan jinoyatlar deganda,
jinoyatchining bir amalni bajarish mumkin emasligini bila turib, uni
bajarishi tushuniladi. Ushbu nisbat jinoyatning umumiy sifati, deb
qaraladi. Endi uning xususiy jihatiga qaralsa, jinoyatchi bajaradigan
amalining natijasini oldindan belgilab olishidir. Bunday umumiy va
xususiy jihatlar e’tiborga olinadigan jinoyat qasddan sodir etilgan jinoyat,
deb ko‘rsatiladi.
Agar jinoyatchi jinoyatining natijasini oldindan belgilab olmagan
bo‘lsa,
shubhali qasd,
deb yuritiladi.
Ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan jinoyatga uni sodir etgan shaxs
taqiqlangan amalni bajarishni niyat qilmagan, balki xatolik yuzasidan
sodir etgan, deb yuritiladi. Xatolik ikki turga bo‘linadi:
jinoyatchi bir ishni bajarayotgan bo‘lib, bu ish tufayli jinoyat sodir
etishi. Masalan, bir kishi yo‘lni toshlardan tozalayotib, ularni to‘g‘ri
kelgan tomonlarga otayotganda, bir tosh bir odamga tegib, uni o‘ldirib
qo‘ysa yoki ovchi mo‘ljalni noto‘g‘ri olib, bir kishini nobud qilsa, mazkur
amallar xatolik yuzasidan sodir etilgan jinoyatlar, deb hisoblangan;
kishining hech bir ishni oxirigacha bajarmay, ehtiyotsizlik oqiba-
tida jinoyat sodir etishi. Masalan, bir kishi quduq qazib, uning yon-
atrofini to‘sib qo‘ymay, tashlab ketsa va boshqa kishining unga tushib,
cho‘kishi natijasida o‘lishi.
Ushbu bo‘linishdan maqsad jinoyatchiga jazo belgilash uchundir.
Agar jinoyatning qasddan bajarilganligini isbotlashga
dalillar yetishmasa,
jinoyatchi jazodan ozod etiladi. Jinoyatchi jinoyatni ehtiyotsizligi tufayli
sodir etgan bo‘lsa, u jazoni faqat ehtiyotsizlik qilgani uchun oladi.
Qasddan sodir etilgan jinoyat qasdsiz jinoyatdan tubdan farq qilib, ba’zi
vaqtda kishi qasdsiz jinoyat sodir etgan bo‘lsa, jazodan umuman xalos
qilinmasligi ham mumkin.
Jinoyatlar sodir etilgan vaqtiga qarab,
ochiq, noaniq va mujmal
jinoyatlarga bo‘linadi. Agarda jinoyat sodir etilganiga ko‘p vaqt
o‘tmagan, shuningdek uni aniq ko‘rgan guvohlar mavjud bo‘lsa, mazkur
hodisa ochiq, aniq jinoyat, deb yuritiladi.
Jinoyatlarning sodir etilgan vaqtlari aniq bo‘lmasa, noaniq jinoyatlar,
deyiladi. Ushbu ajratish musulmon huquqida ikki maqsadni ko‘zda tutadi:
– birinchidan, jinoyatni
isbot etish uchun. Masalan, agar jinoyat
hudud jinoyatlariga kirsa, unga guvohlik berish (dalil ko‘rsatish) talab
137
qilinadi. Guvohlar jinoyatning sodir etilgan vaqtini, jinoyatchini jinoyat
ustida ko‘rishganligini aniq aytishlari lozim bo‘ladi. Bunday talab
to‘rttala mazhabning imomlari tomonidan ham e’tirof etilgan;
– ikkinchidan,
jinoyatning oldini olish maqsadida. Masalan, jinoyat
sodir etilganda, uning shohidi bo‘lgan har qanday shaxs kuchi yetganicha
jinoyatchini jinoyatdan qaytarishi nazarda tutiladi.
Jinoyatlar
ijobiy
va
salbiyga
ajraladi.
Ijobiy jinoyatlar
– taqiqlangan amallarni qilish tufayli sodir bo‘ladi.
Masalan, o‘g‘rilik, qotillik, zino, mast qiluvchi ichimlik iste’mol
qilish va
boshqalar.
Salbiy jinoyatlar
– buyurilgan amallarni qilmaslik tufayli sodir
etiladi. Masalan, guvohning shahodat berishdan bosh tortishi, zakot
bermaslik va boshqalar.
Ko‘pgina fiqh olimlari salbiy jinoyatlar ijobiy jinoyatlar natijasida
kelib chiqishini e’tirof etganlar. Uni sodir etgan shaxslarga esa uqubatlar
belgilangan. Masalan, hibsda tutib turilgan mahbusga ovqat bermasdan,
uni nobud qilish ijobiy jinoyatning salbiy jinoyat natijasida kelib
chiqishidir. Musulmon huquqi ahkomlarida ta’kidlanishicha, ba’zi
vaqtlarda yordam berishdan bosh tortgan kishilar o‘z qilmishlari uchun
mas’ul bo‘lmaydilar. Masalan, biror kishi yong‘in ichida yoki suvda
cho‘kayotgan bo‘lsa, unga yordam bermagan shaxs mas’uliyatdan
xolis
bo‘ladi.
Jinoyatlar sodir etilish usullariga ko‘ra,
oddiy
va
takrorlanuvchi
jinoyatlarga bo‘linadi.
Oddiy jinoyatlarga
o‘g‘rilik, mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilish
kabilar misol bo‘ladi. Bunday jinoyatlar vaqtincha yoki davom etuvchi
bo‘lishi mumkin. Hudud, qasos va diya jinoyatlari oddiy jinoyatlar
toifasiga mansubdir.
Takrorlanuvchi jinoyatlar
biror harakatning qayta takrorlanishidan
yuzaga keladi. Qilmish ko‘rinishiga ko‘ra, jinoyat bo‘lmasa ham, lekin
uning qayta-qayta
takrorlanishi jinoyat, hisoblanadi. Qayta takrorlanuvchi
jinoyatlar ta’zir jinoyatlari tarkibiga kirib, ularni bajarish musulmon
huquqi ahkomlarida man etilgan. Oddiy jinoyatlar sodir etilgan kundan
boshlab jinoyat hisoblanadi (agar u vaqtincha bo‘lsa, masalan, zino,
o‘g‘rilik).
Davom etuvchi jinoyatlar
ruxsat etilgan
davri tugagan vaqtdan
jinoyat, deyiladi.
Ketma-ket sodir etiladigan
jinoyatlarda jinoyatchi bir turdagi
jinoyatlarni ketma-ket sodir etadi. Masalan, jinoyatchi o‘g‘rilik qilib, bir
138
joydan mollarni olib chiqib ketib, jinoyatni yana takrorlaydi. Yoki biror
shaxsga ko‘pgina jarohatlar yetkazadi. Musulmon huquqida bunday
jinoyatlar bitta jinoyat, deb qaraladi. Ular uchun jazo ham bir marta
beriladi. Kimda-kim ikki yoki undan ortiq marta o‘g‘rilik qilsa,
qilmishining bir martasi uchun jazo oladi.
Takrorlanuvchi,
ketma-ket sodir etiluvchi va g‘ayrimuaqqat
jinoyatlarining bir-biridan farqi.
Takrorlanuvchi jinoyatlar ketma-ket
sodir etiluvchi jinoyatlarga nisbatan ko‘pincha jinoyatga yaqin amallardan
sodir bo‘ladi. Jinoyatga yaqin bir amalning o‘zi
jazo uchun kifoya
qilmaydi. Shu bois, u jinoyat hisoblanmaydi. Ammo ketma-ket sodir
etiluvchi jinoyatlarda uning aksi bo‘lib, bitta jinoyat ishi uchun ham jazo
matlub bo‘ladi. Masalan, bir shaxs biror uyning jihozlarini o‘g‘irlashni
niyat qilib, shu jinoyatni amalga oshirsa, u buning uchun jazolanishi
ma’lum. Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlar g‘ayrimuaqqat jinoyatlardan
ba’zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Ketma-ket
sodir etiluvchi jinoyatlar
ko‘p harakatli bo‘lishiga qaramasdan, uzilish bilan sodir etiladi. Har bir
jinoyat ishidan so‘ng, ma’lum uzilish bo‘lib, keyin esa takrorlanadi.
G‘ayrimuaqqat jinoyatlar davomli yoki yangilangan holda sodir etiladi.
Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlarning bitta jinoyat, deya qaralishining
sababi – musulmon huquqida bir turdagi jinoyatlar uchun jazolarning
ko‘paytirilishiga ruxsat etilmasligidir. Uning uchun bitta jazo kifoya,
deyiladi. Chunki jinoyatchi bir ishni niyat qiladi va uni sodir etadi, u esa
bitta jinoyat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: