59
va ularning falsafasini rasman inkor etish orqali bu masala bo‘yicha
tortishuvga to‘la-to‘kis yakun yasadi. Imom Ahmad vafotiga qadar (855)
Bag‘dodda mudarrislik qildi.
Hanbaliy mazhabining tashkil topishi.
Imom Ahmad hadislarni
to‘plash, hikoya qilish va sharhlashga katta ahamiyat bergan.
Uning
o‘qitish usuli 30000 dan ortiq hadislar kiritilgan va «al-Musnad» nomi
bilan mashhur bo‘lgan yirik to‘plamida hadislar hamda ularning sharhi
borasidagi sahobalarning fikrlarini yozdirishdan iborat edi. So‘ngra u
ushbu hadislar va fatvolarni o‘z davrining
turli muammolariga nisbatan
qo‘llagan. U yoki bu masalani hal etish uchun mos keladigan hadis yoki
fikr topilmagan taqdirda, shaxsiy fikrini taklif etardi. Biroq, shogirdlariga
o‘zining shaxsiy mulohazalaridan hech birini yozib olishga ruxsat
bermagan. Buning natijasida uning mazhabi shogirdlari tomonidan emas,
shogirdlarining shogirdlari tomonidan yozib olingan.
Hanbaliy mazhabi qo‘llagan huquq manbalari.
1) Qur’on.
Qur’onni qo‘llash borasida Ahmad ibn
Hanbal va ungacha
bo‘lgan imomlar o‘rtasida hech qanday farq bo‘lmagan. Boshqacha qilib
aytganda, Qur’on boshqa manbalardan barcha sharoitlarda ustun qo‘yil-
gan (ya’ni u huquqning boshqa manbalaridan butkul va shartsiz afzal
ko‘rilgan);
2) sunna.
Avvalgi imomlar kabi bu maktab asoschisi ham fatvolar
chiqarishda qo‘llagan asosiy manbalar ichida Muhammad (s.a.v.)ning
sunnasi ikkinchi o‘rinda turgan. Uning yagona o‘ziga xosligi marfu’
tamoyili, ya’ni bevosita Muhammad (s.a.v.)ning o‘zidan olingan
ma’lumotlar bo‘lgan;
3) sahobalarning ijmolari.
Imom Ahmad sahobalarning yakdil
fikrlarini tan olardi va ularni huquqning asosiy manbalari orasida uchinchi
o‘ringa qo‘yardi. Ammo u sahobalar davriga oid bo‘lmagan ijmolarni,
islom davlati bo‘ylab tarqalib ketgan ulamolarning soni juda ko‘p
bo‘lganligi uchun, aniq emas deb hisoblab, ularga ishonmagan. Uning
fikricha, sahobalar davri o‘tgandan keyin ijmolar qabul qilinishi mumkin
emas;
4) sahobalarning shaxsiy fikrlari.
Sahobalar turlicha nuqtai nazar
bildirgan masalalarga oid muammo paydo bo‘lgan taqdirda, Ahmad imom
Molik kabi barcha fikrlarni e’tibordan chetda qoldirmagan. Aynan
shuning uchun ushbu mazhab ichida muayyan masala bo‘yicha turli
fikrlarni
uchratish mumkin;
5) zaif hadislar.
Yuqorida keltirilgan manbalarning hech birida hal
etilmagan masalalar bo‘yicha fatvolar chiqarishda imom qiyosga
60
asoslanib mulohaza yuritishdan ko‘ra, zaif hadislardan foydalanishni afzal
ko‘rgan. Biroq, zaif hadisning roviylaridan birortasi
fosiq yoki kazzob
(yolg‘onchi) bo‘lgan bo‘lsa, bunga yo‘l qo‘yilmagan;
6) qiyos.
Bu usul so‘nggi chora sifatida, ya’ni boshqa asosiy
manbalarni bevosita qo‘llash mumkin bo‘lmaganida qo‘llangan. Ahmad
qiyos tamoyilini qo‘llashni uncha xush ko‘rmagan, odatda u o‘z
fatvolarini yuqoridagi manbalarning birortasiga asoslangan holda
chiqargan.
Hanbaliy mazhabining asosiy namoyandalari
imom Ahmadning ikki
o‘g‘li – Solih (873-yilda vafot etgan) va Abdulla (903-yilda vafot etgan)
edilar. Yirik hadislar to‘plamlarini
tuzgan imom Buxoriy va imom
Muslimlar ham imom Ahmadning shogirdlari hisoblanadi. Hanbaliy
mazhabi vakillarining ko‘pchiligi hozirgi kunda Falastin va Saudiya
Arabistonida yashaydilar.
Shialik oqimi va uning mazhablari.
Shialik oqimida quyidagi aqida
ilgari suriladi: imomat, ya’ni payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)
o‘rinbosarligi yoki islom davlati rahbarligi payg‘ambar vasiyatiga binoan
faqatgina payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan Alining erkak
avlodlariga xos bo‘lib qoladi.
Ibn Xaldunning ta’kidlashicha, shialar aqidasiga binoan imomat
masalasi islom qoidasi va dinning asosi bo‘lgani uchun uni belgilash
hamda tayinlash islom jamoasi (ummat)ga topshirilgan emas. Payg‘ambar
tomonidan ushbu vakolat ummatga berilmagan. Islom jamoasi uchun
imomni tayinlash payg‘ambarga vojibdir. Ularning fikricha, sahoba-
larning afzali va payg‘ambar tomonidan birinchi xalifa
qilib tanlangan Ali
ibn Abu Tolib edi.
Shialar aqidasiga binoan, «imomlar» oddiy insonlar jumlasidan
bo‘lmay, quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladilar:
birinchidan,
faqat
payg‘ambarning qizi Fotimadan tug‘ilgan zotlar va ularning bolalari
payg‘ambar oilasi hisoblanib, imomlik vakolatining haqiqiy va qonuniy
egalaridir.
Ikkinchidan,
imom payg‘ambar emas. Ammo payg‘ambar
bilan oddiy insonlar o‘rtasida turadi.
Uchinchidan,
imom har qanday
gunohdan pok bo‘lib, hech qachon gunoh va xato qilishi mumkin emas.
To‘rtinchidan,
imom barcha bo‘lib o‘tgan va qiyomat kunigacha yuz
beradigan ishlardan ilhom orqali voqifdir.
Beshinchidan,
Qur’onni tafsir
qilish faqat imomga xosdir.
Shuning uchun shialar imom sunniylar imomi (xalifasi)dan farqli
o‘laroq birinchi muallif, g‘aybni biluvchi payg‘ambar bilimlarining
merosxo‘ri bo‘lgan zot hisoblanadi. Doktor Z. Safoning ta’kidlashicha,
61
Ali zohiriy va botiniy (ichki) bilimlarini payg‘ambardan o‘rgandi. Ushbu
qobiliyat undan keyin uning avlodlariga o‘tdi. Imomlarning har biri o‘z
zamonida aholini o‘z ilmlaridan xabardor qilib kelganlar. Shuning uchun
shialar, imomlardan rivoyat qilinmagan hadislarni qabul qilmaydilar.
Shialarga, ayniqsa,
Dostları ilə paylaş: