Akademik yozuv fanidan 1-kurs talabalari uchun Yakuniy nazorat uchun test savollari (2-semestr)



Yüklə 54,36 Kb.
səhifə2/2
tarix20.10.2023
ölçüsü54,36 Kb.
#128771
1   2
АКАДЕМИК ЁЗУВ ФАНИДАН ТЕСТ БАЗАСИ

1) so‘z; 2) ibora; 3) termin (atama); 4) qo‘shma so‘z; 5) tasviriy ifoda.
A) faqat 1,2,3
B) faqat 1,4,5
C) faqat 1,3,4
D)*** 1,2,3,4,5

  1. Bir ma’noli so’zlar qaysi qatorda berilgan?

A) ko‘z, qosh
B) og‘iz, bosh
C) etak, oyoq
D)*** chumchuq, ravish

  1. Qanday so’zlarga nisbatan "ko’chma ma’no" atamasi qo’llanadi?

A) bir ma’noli so’zlarga nisbatan
B)*** ko’p ma‘noli so‘zlarga nisbatan
C) omonim so‘zlarga nisbatan
D) sinonim so‘zlarga nisbatan

  1. Ko’p ma’noli so’zlarni toping?

A) men, sen
B) besh, o‘n
C) ota, ona
D)*** tomir, yoqa

  1. Polisemiya” va “polisemantik so’z” deganda nima tushuniladi?

A) shakldoshlik va shakldosh so’zlar
B) zid ma‘nolilik va zid ma’noli so’zlar
C)*** ko‘p ma‘nolilik va ko‘p ma‘noli so‘zlar
D) ma‘nodoshlik va ma‘nodosh so‘zlar

  1. "Denotativ ma’no" deganda nima nazarda tutiladi?

A)*** so‘zning asl, tub ma‘nosi
B) so‘zning ko’chma, yasama ma’nosi
C) so’zning grammatik ma‘nosi
D) barchasi to‘g‘ri

  1. "Konotativ ma’no" deganda nima nazarda tutiladi?

A) so‘zning asl, tub ma‘nosi
B)*** so‘zning ko’chma, yasama ma’nosi
C) so’zning grammatik ma‘nosi
D) barchasi to‘g‘ri

  1. Qaysi juftliklarda h va x harflarining farqi seziladi?

A)*** bahuzur – baxuzur, xaroba – haroba
B) har – xar, sahar – saxar
C) oxur – ohur, tahir – taxir
D) shoh – shox, uhlamoq – uxlamoq

  1. Qaysi qatorda til so'zi ko'chma ma'noda kelgan?

A) Til – millat boyligi.
B) Ona tilim – faxrim.
C) ***Agronom Salimov dehqonchilikning tilini yaxshi biladi.
D) Til tovushlari to'rt guruhga bo’linadi.

  1. Kasbiy atamalar berilgan qatorni toping.

A) ***andava, sog'moq, yigirmoq
B) hikoya, qissa, roman
C) milod, kalendar, kurtak
D) qo'shish, kvadrat, ot, fe'l

  1. Internet so'zining ma'nosini qaysi lug'at orqali bilib olish mumkin?

A)*** tarjima lug'ati
B) imlo lug'ati
C) izohli lug'at
D) sinonim (ma'nodosh) so'zlar lug'ati

  1. Tildagi so'zlarning qanday paydo bo'lishini o'rgatuvchi lug'at...?

A) imlo lug'at
B)*** etimologik lug'at
C) izohli lug'at
D) morfemik lug'at

  1. Tilshunoslikka oid atamalar berilgan qatorni aniqlang.

A) inqilob, podshoh, feodal, dehqon
B)*** yuklama, paronimlar, son, hol
C) aniqlovchi, to'ldiruvchi, xol
D) fonendoskop, terapevt, oddiy tasvir

  1. Shevaga xos so'zlar qaysi qatorda?

A) maktab, suv, tosh
B) yaxshi, yomon, sariq
C) men, sen, biz
D)*** moma, mayak, o'jak

  1. Ma'lum hududdagina ishlatilib, faqat shu yerda yashovchi kishilarga tushunarli bo'lgan so'zlar qanday ataladi?

A) atamalar
B) paronimlar
C)*** sheva so’zlar
D) terminlar

  1. O'zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida hosil bo'lgan so'zlarni toping.

A) osmon, oftob, bahor, barg, daraxt, shamol
B) kitob, maktab, xalq, shoir, ma'no, oila
C) stol, stul, ruchka, pero, pechka, parta
D)*** limonzor, sportchi, tilshunos, ilmli, maktabdosh, shoirona

  1. Tilshunoslikning leksikologiya bo'limiga oid atamalar qaysi qatorda berilgan?

A)*** umumxalq so'zlari, ko’p ma'noli so’z, atama
B) yordamchi so'zlar, bog'lama, hol
C) grammatik ma'no, undovlar, bog'lovchi
D) ajratilgan bo’lak, undalma, kirish so'zi

  1. O'zbek tili lug'atida o’z ichki imkoniyatlari asosida hosil bo'lgan so'zlar qatorini toping.

A) kitob, ma'no, ruchka, parta
B) ***ijarachi, vazirlik, guldasta, raqobatbardosh
C) kiyim, buyum, ketmon, o'rik
D) oftob, sahro, saraton, mavj

  1. Umumxalq ishlatadigan so'zlar qatorini toping.

A) egat, kultivatsiya, chekanka, ko'rak
B) iskana, randa, poytesha, pona, parma, payraxa
C)*** ko’z, qo’l, radio, gazeta, yaxshi, yomon, kel, tur
D) yostiq, bolish, taka, ko'chik, jastiq

  1. O'zbek adabiy tilining boyishida shevalar qanday manba hisoblanadi?

A) ichki manba
B) tashqi manba
C) shevalar adabiy tilning emas, balki o'zbek milliy tilining ichki manbasi hisoblanadi
D)*** shevalar adabiy til uchun manba bo’la olmaydi

  1. Qaysi qatorda atash ma'nosiga ega so'z berilgan?

A) haqiqatan
B) faqat
C) filhaqiqat
D) ***faraz

  1. Dono, kamtar so'zlari qaysi tilga mansub?

A) arab
B)*** fors-tojik
C) o’zbek
D) turkiy

  1. Qaysi qatordagi so'zning tasviriy ifodasi noto'g'ri berilgan?

A)*** archa – o'rmon malikasi
B) fazogirlar – samo lochinlari
C) shoirlar – mo'yqalam sohiblari
D) makkajoxori – dala malikasi

  1. Nutqning ta'sirchanligini oshiruvchi tasviriy ifodalar asosan qaysi so'z turkumlari doirasida keng qo'llanadi?

A) ot
B)*** sifat
C) fe'l
D) olmosh

  1. O'zbek (turkiy) tili o'z ichki imkoniyatlari bilan qay yo'sinda boyib boradi?

A) boshqa tillardan so’z olish
B) ***so'z yasash va shevadan so'z olish
C) so'z o'zlashtirish
D) kalkalash

  1. Predmet, voqea va hodisani o’z nomi bilan emas, balki muhim xususiyatini tasvirlash orqali ifodalovchi birikma qanday nomlanadi?

A) Ibora
B) Ko’chma ma’noli so’zlar
C) ***Tasviriy ifoda
D) Termin

  1. Fan-texnika, qishloq xo’jaligi, san’at va madaniyat sohasiga xos so’zlar qanday nomlanadi?

A)*** termin
B) tasviriy ifoda
C) ibora
D) so’z birikmasi

  1. Lug’atlar maqsad va mo’ljaliga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

A)*** Umumiy va filologik lug’atlar
B) Ensiklopedik va filologik lug’atlar
C) Maxsus va ensiklopedik lug’atlar
D) Umumiy va maxsus lug’atlar

  1. Tilshunoslikning qaysi bo’limida uslub va uning turlari, til vositasining qo’llanish xususiyatlari, fonetik, lug’aviy, frazeologik va grammatik birliklarning uslubiy imkoniyati o’rganiladi?

A) Grammatika
B) Uslubiyat
C)Terminologiya
D)*** Leksikologiya

  1. Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli qanday ataladi?

A)*** Oddiy so’zlashuv uslubi
B) Adabiy so’zlashuv uslubi
C) Badiiy uslub
D) Publitsistik uslub

  1. Qaysi uslubda so’zlar o’z ma’nosida qo’llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan keng foydalaniladi?

A) Badiiy uslub
B)*** Rasmiy-idoraviy uslub
C) Ilmiy uslub
D) Publitsistik uslub

  1. Davlat idorasi tomonidan chiqariladigan qaror,qonun, nizom, xalqaro hujjatlar qaysi uslubda yoziladi?

A) Badiiy uslub
B) ***Rasmiy-idoraviy uslub
C) Ilmiy uslub
D) Publitsistik uslub

  1. Idoraviy-devonxona uslubiga kiruvchi hujjatlarni belgilang?

A) buyruq, ariza bildirgi, tavsifnoma
B) tarjimayi hol, dalolatnoma
C) qonun, farmon, jinoiy aktlar
D)*** A va B

  1. Kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining o‘ziga xos tarzda amal qilishi qaysi uslub sanaladi?

A) Badiiy uslub
B) ***So’zlashuv uslub
C) Ilmiy uslub
D) Publitsistik uslub

  1. Qaysi uslub ommaviy axborot vositalari sanaladigan radio va televideniyeda, gazeta va jurnallar sahifalarida aks etadigan yangilik, xabar, reportaj, tahlilnoma, bosh maqola, maqola, ocherk, felyeton, pamflet, e’lon, reklama singari qator janrlarni o’z ichiga qamrab oladi?

A) Badiiy uslub
B) So’zlashuv uslub
C) Ilmiy uslub
D) ***Publitsistik uslub

  1. Bu uslub o‘zbek tili vazifaviy uslublari orasida o‘ziga xos mavqyega ega bo‘lib, ayni paytda o‘zining alohida ma’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo‘lgan barcha lingvistik birliklarning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo‘lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi qaysi uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi?

A)*** Badiiy uslub
B) So’zlashuv uslub
C) Ilmiy uslub
D) Publitsistik uslub

  1. Publitsistik uslub qanday shaklda namoyon bo’ladi?

A)*** ommaviy-axborot shaklida
B) yozma va og’zaki shaklda
C) ommabop-publitsistik shaklda
D) Nutqiy munosabat shaklda

  1. Sof qonunchilik uslubida yozilgan hujjatlar qatorini toping?

A) buyruq, ariza bildirgi, tavsifnoma
B) tarjimayi hol, dalolatnoma
C)*** qonun, farmon, jinoiy aktlar
D) A va B

  1. Diplomatik uslubda yozilgan hujjatlar qatorini toping?

A) buyruq, ariza bildirgi, tavsifnoma
B) tarjimayi hol, dalolatnoma
C) qonun, farmon, jinoiy aktlar
D)*** nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya

  1. Qaysi nutq uslublari ham og’zaki, ham yozma shakllarga ega?

A)***Publitsistik, badiiy, rasmiy, ilmiy
B) Publitsistik, so’zlashuv, rasmiy
C) faqat ilmiy va badiiy
D) faqat so’zlashuv va badiiy

  1. Badiiy uslubning og’zaki shakli nima?

  1. Og’zaki adabiyot

  2. Badiiy uslubning og’zaki shakli mavjud emas

C)***Xalq og’zaki ijodi

  1. So’zlashuv uslubi

  1. “Publitsistik” so’zi qaysi tilga xos?

  1. ***Lotincha, publika – xalq, omma

  2. Lotincha, publika – bayon qilish

  3. Fors-tojikcha, publika – xalq, omma

  4. Yunoncha, publika - tahlil

  1. Publitsistika janrlariga qaysilar kiradi?

  1. Reportaj, felyeton, ocherk

  2. Felyeton, ocherk, pamflet

  3. Pamflet, reportaj,ocherk

  4. ***Reportaj, pamflet,felyeton

  1. Rasmiy uslub qanday turlarga bo’linadi?

  1. Sof qonunchilik uslubi va devonxona uslubi

  2. ***Sof qonunchilik uslubi va idoraviy uslub

  3. Devonxona uslubi va diplomatik uslub

  4. Idoraviy uslub va diplomatik uslub

  1. Qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi qaysi uslubni yuzaga keltiradi?

  1. ***Sof qonunchilik uslubi

  2. Devonxona uslubi

  3. Idoraviy uslub

  4. Diplomatik uslub

  1. Buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma uslubi qaysi uslubni yuzaga keltiradi?

  1. Sof qonunchilik uslubi

  2. Diplomatik uslubi

  3. ***Idoraviy uslub

  4. Devonxona uslubi

  1. Nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya uslubi qaysi uslubni yuzaga keltiradi?

  1. Devonxona uslubi

  2. ***Diplomatik uslubi

  3. Idoraviy uslub

  4. Sof qonunchilik uslubi

  1. Qaysi uslub deyarli yozma shaklda ro’yobga chiqib, har qanday tasviriy vositalardan xoli bo’ladi?

  1. Yozma adabiy uslub

  2. Publitsistik uslub

  3. Badiiy uslub

  4. ***Rasmiy uslub

  1. Ilmiy uslub o’z ichida nechta guruhga bo’linadi?

  1. Ilmiy-adabiy uslub va ilmiy-ommabop uslub

  2. Ilmiy-adabiy uslub va sof ilmiy uslub

  3. Sof ilmiy uslub va ilmiy-ommabop uslub

  4. ***Ilmiy-adabiy,sof ilmiy va ilmiy-ommabop uslub

  1. Qaysi fanlar uslubi publitsistik uslubga yaqinroq turadi?

  1. ***Tarix va adabiyotshunoslik uslubi

  2. Adabiyotshunoslik va geografiya uslubi

  3. Tarix va tasviriy san’at uslubi

  4. Geografiya va tasviriy san’at uslubi

  1. Qaysi uslubda fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi?

  1. Ilmiy-adabiy uslub

  2. ***Ilmiy-ommabop uslub

  3. Sof ilmiy uslub

  4. Publitsistik uslub

  1. Qaysi uslubda fanning ma’lum sohasiga doir atamalar keng qo’llaniladi?

  1. Publitsistik uslub

  2. ***Sof ilmiy uslub

  3. Ilmiy-ommabop uslub

  4. Ilmiy adabiy uslub

  1. Rasmiy uslubning qaysi turida birinchi gapning kesimi gap boshida keladi?

  1. Ma’lumotnomada

  2. So’robnomada

  3. ***Dalolatnomada

  4. Shartnomada

  1. Qaysi uslubning sintaktik tuzilishi qat’iy qoliplarga bo’ysunadi?

  1. Ilmiy uslubning

  2. Publitsistik uslubning

  3. Badiiy uslubning

  4. ***Rasmiy ish qog’ozlarining

  1. Badiiy uslubning muhim belgisi mima?

  1. So’zlar ko’pincha kinoya, piching, qochirimlarga boy bo’ladi

  2. Axborot berish va ta’sir qilish bo’lib, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilish

  3. ***Obrazlilik va estetik ta’sir qilish

  4. Oilada, ko’cha-ko’yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubi

  1. Publitsistik uslubning muhum xususiyati nima?

  1. Obrazlilik va estetik ta’sir qilish

  2. Oilada, ko’cha-ko’yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo’llaniladigan nutq uslubi

  3. ***U muayyan ijtimoiy masalalarga faol munosabatda bo’lishlik, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga ega

  4. Unda axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshiriladi

  1. Ish yuritish hujjatlari qo’llanish doirasi, maqsad va vazifalariga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi?

  1. Tashkiliy hujjatlar va farmoyish hujjatlari

  2. Ma’lumot-axborot hujjatlari va xizmat yozishmalari

  3. Farmoyish hujjatlari, xizmat yozishmalari, bosma ish qog’ozlari va xizmat blankalari

  4. ***A va B

  1. Qaysi nutq uslublari ijtimoiy hayotning ma’lum sohasi doirasida chegaralangan?

  1. Rasmiy-idoraviy va so’zlashuv uslubi

  2. ***Badiiy uslubdan tashqari barchasi

  3. Badiiy, publitsistik va ilmiy

  4. Ilmiy, rasmiy, badiiy va so’zlashuv uslubi

  1. Nima inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir? Aynan unda insonlar tabiatni o’zlashtirish va o’z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlariga ega bo’ladilar?

  1. ***Muloqot

  2. Kommunikatsiya

  3. Globalizatsiya

  4. Vizual axborotlar

  1. Dunyo bo’ylab tez va samarali aloqa qilish qobiliyati dunyoni toraytiradi va nimani haqiqatga aylantiradi?

  1. Muloqot

  2. Kommunikatsiya

  3. ***Globalizatsiya

  4. Vizual axborot

  1. Dunyoda SMS xabarlarini yuborish ma’lumotlaridan eng ko’p foydalanuvchi qancha faol qo’llanuvchilar telefonlarida xabarlarni yuboruvchi va qabul qiluvchi barcha mobil telefon abonentlarining necha foizini tashkil qiladi?

  1. 2.8 milliard; 47% ini

  2. 4.2 milliard; 74 % ini

  3. ***2.4 milliard; 24% ini

  4. 2.4 milliard; 74 % ini

  1. Mobil telefon abonentlaridagi SMS matnlar qanday shaklda bo’ladi?

  1. So’z yoki raqamlar bilan yoziladi

  2. Harfli-raqamli shaklda yoziladi

  3. Faqat raqamli shaklda yoziladi

  4. *** So’z yoki raqamlar, harfli-raqamli birikma shaklda yoziladi

  1. Ommaviy axborot vositalariga nimalar kiradi ?

A)*** matbuot, radio, televideniye


B) kino, serial va qo’shiqlar
C) so’zlar, maqolalar va iboralar
D) radio, gazeta, kino

  1. Atama (termin) larni o’rganuvchi soha nima deb ataladi?

A) ***atamashunoslik(terminologiya)
B) fonetika
C) leksika
D) audit

  1. Terminlar asosan qaysi uslubda ishlatiladi?

A) So'zlashuv uslubida
B) Rasmiy idoraviy uslubda
C)*** Ilmiy uslubda
D) Publitsistik uslubda

  1. Imlo qoidalari nima?

A) talaffuz qoidalari
B)*** to'g’ri yozish qoidalari
C) so'z yasash qoidalari
D) tinish belgilarining ishlatilishi

  1. Ommaviy axborot vositalari bu –

  1. axborot, jurnal, reklama

  2. intervyu, maqola, ko'rsatuv

  3. maqola, reportaj, axborot

  4. ***gazeta, jurnal, televideniye, radio, internet

  1. Tashkiliy hujjatlar to’g’ri korsatilgan javobni toping?

  1. buyruq, ko‘rsatma, farmoyish

  2. taklifnoma, telegramma, xatlar

  3. ***guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma

  4. ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

  1. Farmoyish hujjatlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?

  1. guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma

  2. ***buyruq, ko‘rsatma, farmoyish

  3. ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

  4. tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati, e’lon

  1. Ma’lumot-axborot hujjatlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?

  1. ***ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

  2. guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma

  3. buyruq, ko‘rsatma, farmoyish

  4. taklifnoma, telegramma, xatlar

  1. Xizmat yozishmalari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?

  1. tavsifnoma, tarjimayi hol, tilxat, tushuntirish xati

  2. guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, shartnoma

  3. ariza, bayonnoma, dalolatnoma, ishonchnoma

  4. ***taklifnoma, telegramma, xatlar

  1. Qaysi hujjat turi erkin holda tuzilib, ma’lumotlar davriylik ya’ni xronologik holda beriladi?

  1. So’rovnoma

  2. ***Tarjimayi hol

  3. Shartnoma

  4. Ariza

  1. Arizaning nechta asosiy zaruruy qismlari mavjud?

  1. 6 ta

  2. ***7 ta

  3. 8 ta

  4. 9 ta

  1. Hujjatlar mazmuniga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

  1. ***Sodda va murakkab hujjatlar

  2. Ichki va tashqi hujjatlar

  3. Rasmiy va shaxsiy hujjatlar

  4. Qolipli va namunaviy hujjatlar

  1. Yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’lgan hujjatlar qanday hujjat hisoblanadi?

  1. Xizmat hujjatlari

  2. Rasmiy hujjatlar

  3. Ma’lumot hujjatlari

  4. ***Shaxsiy hujjatlar

  1. Muayyan shaxsning xizmat va boshqa holatlarini, shuningdek biror ishga (masalan taftish o’tkazishga) oid vakolatlarini ko’rsatuvchi hujjat turini toping?

  1. Shartnoma

  2. So’rovnoma

  3. ***Guvohnoma

  4. Ma’lumotnoma

  1. Qaysi hujjat turi muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat turi bo’lib, ushbu hujjat amaliyotda eng ko’p qo’llaniladigan va keng tarqalgan ish qog’ozidir?

  1. Tarjimayi hol

  2. ***Ariza

  3. Tushuntirish xati

  4. Tilxat

  1. Turli yig’ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashuvchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat turini to’g’ri toping?

  1. Shartnoma

  2. ***Bayonnoma

  3. Ma’lumotnoma

  4. Buyruq

  1. Qaysi hujjat turi muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug’ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot hisoblanadi? Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo’yicha tusuvchining takliflari aks etadi.

  1. ***Bildirishnoma, bildirish

  2. Tushuntirish xati

  3. Dalolatnoma

  4. Bayonnoma

  1. Ma’lum bir shaxsning, u vafot etgan taqdirda, o’ziga qarashli bo’lgan mol-mulkni tasarruf etish bo’yicha xohish-irodasi bayon qilingan hujjat turini to’g’ri toping?

  1. Tilxat

  2. Dalolatnoma

  3. Ishonchnoma

  4. ***Vasiyatnoma

  1. Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog’liq biron-bir bo’lib o’tgan (sodir bo’lgan) voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat qanday nomlanadi?

  1. So’rovnoma

  2. Bildirishnoma

  3. ***Dalolatnoma

  4. Shartnoma

  1. Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o’z nomidan ish ko’rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat turini toping?

  1. Vakolatnoma

  2. ***Ishonchnoma

  3. So’rovnoma

  4. Dalolatnoma

  1. Bo’lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat turi odatda, yuqori idora, mansabdor, xususiy va yuridik shaxslar hamda oddiy kishilarning ko’rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko’ra tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma’lumotlarni o’zida aks ettiradigan hujjat turini toping?

  1. So’rovnoma

  2. Dalolatnoma

  3. ***Ma’lumotnoma

  4. Iltimosnoma

  1. Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o’ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat turini toping. Ushbu hujjat turi muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun beriladi.

  1. ***Tavsifnoma

  2. Ma’lumotnoma

  3. Tarjimayi hol

  4. So’rovnoma

  1. Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoxud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat turi qanday nomlanadi?

  1. Kafolat xati

  2. ***Tilxat

  3. Ishonchnoma

  4. Tasdiq xat

  1. Ko’pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada bo’ladigan biron-bir tadbir – majlis, uchrashuv, suhbat, shuningdek, ishga, o’qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qollanuvchi yozma axborot turini toping?

  1. Taklifnoma

  2. Xabarnoma

  3. Yangiliklar

  4. ***E’lon

  1. Muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjat turini toping?

  1. Bildirishnoma

  2. Ma’lumotnoma

  3. ***Hisobot

  4. bayonnoma

  1. Biron-bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo’llanadigan yozma axborot turini toping?

  1. ***Taklifnoma

  2. Xabarnoma

  3. Yangiliklar

  4. E’lon

  1. Muhim xabarning telegraf orqali berilgan nihoyatda qisqa shakli bo’lib, u bir muassasadan (yoki shaxsdan) ikkinchisiga yo’llangan rasmiy hujjat hisoblanadi. Ushbu xizmat yozishmalarining turini toping?

A)Telefonogramma
B)*** Telegramma
C) Faksogramma
D) Xizmat xatlari

  1. Ma’lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e’tirozlari bayon qilingan xatlar nima deb yuritiladi?

  1. ***Xizmat xatlari

  2. Ilova xatlar

  3. Da’vo xatlari

  4. Iltimos xatlar

  1. Muayyan bir shart yoki va’dani tasdiqlash maqsadida tuziladigan xizmat xatlarining turini toping?

  1. ***Kafolat xati

  2. Da’vo xati

  3. So’rov xati

  4. Tasdiq xati

  1. Bir tarmoqqa tegishli quyi muassasalarning barchasiga yo’llangan rasmiy hujjatlardan biri. Ushbu xatlar xizmat aloqalarining ko’pgina sohalarida qo’llanadi. Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabarni bir necha manzilga yetkazishdir. Keltirilgan ta’rif qaysi xizmat xatlariga kiradi?

  1. Da’vo xati

  2. Tasdiq xat

  3. Eslatma xat

  4. ***Farmoyish xat

  1. Jo’natilgan iltimos va so’rov xatlarga javob olinmasa, shuningdek, tuzilgan shartnomalar muddati buzilganda yoki unga amal qilinmagan hollarda xizmat xatlaridan qaysi biri yuboriladi?

  1. ***Ogohlantirish xati

  2. Iltimos xat

  3. Taklif xat

  4. So’rov xat

  1. Hozirgi vaqtda davlatlararo aloqalarda diplomatik yozishmalarning qaysi turi faol qo’llaniladi?

  1. Nota, bayonot va rasmiy xatlar

  2. Ilova xatlar, yarim rasmiy shaxsiy xatlar (nomalar)

  3. Esdalik yozishmalari, diplomatik protokollar va memorandumlar

  4. ***Barcha javoblar to’g’ri

  1. Xatning qaysi turi vazirliklar, elchixonalar, vakolatxonalar o’rtasidagi yozishma bo’lib, biror mansabdor shaxs nomidan yoziladi. Xat so’ngida shu shaxslarning ismi-sharifi, lavozimi ko’rsatiladi, biroq imzo qo’yilmaydi. Ushbu xatning turini toping?

  1. Shaxsiy xat

  2. ***Rasmiy xat

  3. Farmoyish xat

  4. So’rov xat

  1. Bu hujjat turi qabul qilingan xalqaro shartnomalar, bitim va muzokaralar yuzasidan kengaytirilgan ma’lumot beruvchi hujjatdir. Unda shartnoma va bitimlarning amal qilishi va kuchga kirishining o’zaro kelishilgan qonun-qoidalari bayon etiladi. Ushbu hujjat turini toping?

  1. ***Esdalik yozishmalari

  2. Bayonotlar

  3. Memorandumlar

  4. Tijorat yozishmalari

  1. Davlatlarning biror masala yuzasidan o’zaro qabul qilgan qarorlari yuzasidan bergan bayonnomasi qanday nomlanadi?

  1. Esdalik yozishmalari

  2. Bayonotlar

  3. ***Memorandumlar

  4. Tijorat yozishmalari

  1. Hujjatlar oqimini qanday turlarga ajratish mumkin?

  1. ***Olinma va jo’natma hujjatlar

  2. Jo’natma va ichki hujjatlar

  3. Ichki va tashqi hujjatlar

  4. Olinma, jo’natma va ichki hujjatlar

  1. Xodimning shaxsiy hujjatlar yig’ma jildida nechta hujjat turi saqlanadi?

  1. 10 ta

  2. 8 ta

  3. 12 ta

  4. 9 ta

  1. Sotuvchi yoki eksport qiluvchining ma’lum shartlari ko’rsatilgan bitim (oldi-sotdi) tuzishga roziligini ifodalovchi hujjat turini toping?

  1. So’rov xati

  2. Tijorat yozishmalari

  3. ***Oferta (taklif)

  4. Savdo xatlari

  1. Ushbu xat tijorat hujjatlaridan biri bo’lib, xaridorning sotuvchiga, chetdan mol oluvchi (importchi) ning chetga mol chiqaruvchi (eksportchi) ga tovar (xizmat va boshqa) haqida muxtasar ma’lumot berishni so’rab yoki tovar yetkazib berishni taklif etib murojaat qilishini o’zida aks ettiradi?

  1. Taklif xatlar

  2. Murojaat xatlar

  3. Savdo xatlari

  4. *** So’rov xati

  1. Da’vo arizalarining zaruriy qismlari nechta?

  1. 11 ta

  2. ***8 ta

  3. 9 ta

  4. 10 ta

  1. Da’vo arizalarining oxirgi zaruriy qismi nimadan iborat?

  1. Da’vo arizasining matni

  2. Da’vo arizasi yozilgan sana

  3. ***Ilovalar

  4. Ism-familiya, imzo

  1. Hisob-kitob arizalari nechta zaruriy qismlardan tarkib topadi?

  1. ***6 ta

  2. 7 ta

  3. 8 ta

  4. 9 ta

  1. Hisob-kitob arizasining oxirgi 3 ta zaruriy qismlarinining ketma-ketligini to’g’ri belgilang?

  1. Arizachi haqida ma’lumot, hujjat nomi, ariza matni

  2. Hujjat nomi, ariza matni, ilovalar

  3. Ariza matni, ilovalar, ariza berilgan sana

  4. ***Ariza matni, ariza berilgan sana, arizachining shaxsiy imzosi

  1. Bayonnoma yozib olinishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?

  1. Qisqa va to’liq

  2. Stenografik, fonografik va konspektiv

  3. ***A va B

  4. Qisqa, to’liq, stenografik va fonografik

  1. Bayonnomaning jami asosiy zaruruy qismlari nechta?

  1. ***11 ta

  2. 10 ta

  3. 9 ta

  4. 8 ta

  1. Bayonnomaning matn qismi qanday zaruriy qismlardan tarkib topadi?

  1. Yig’ilish sanasi, yig’ilish joyi, qatnashuvchilar ro’yxati yoki soni

  2. Yig’ilish raisi va kotibining familiyasi, kun tartibi, so’zga chiqdilar, qaror qilindi

  3. Eshitildi, so’zga chiqdilar, qaror qilindi, ilovalar, imzolar

  4. ***Qatnashuvchilar ro’yxati yoki soni, kun tartibi, eshitildi, so’zga chiqdilar, qaror qilindi

  1. Bayonnomadan ko’chirma jami nechta zaruriy qismlardan tarkib topadi?

  1. 7 ta

  2. ***8 ta

  3. 9 ta

  4. 10 ta

  1. Bayonnomadan ko’chirmaning dastlabki 3 ta zaruriy qismlarining ketma-ketligini to’g’ri belgilang?

  1. Tashkilot nomi, bayonnoma tuzilgan joy, matn

  2. Hujjat nomi (bayonnomadan ko’chirma), shartli raqam, bayonnoma tuzilgan joy

  3. ***Tashkilot nomi, hujjat nomi (bayonnomadan ko’chirma), sana (majlis sanasi)

  4. Shartli raqam, hujjat nomi (bayonnomadan ko’chirma), bayonnoma tuzilgan joy

  1. Bildirishnomaning jami zaruriy qismlari nechtadan iborat?

  1. 11 ta

  2. 10 ta

  3. 9 ta

  4. ***8 ta

  1. Bildirishnomaning dastlabki 3 ta zaruriy qismlarini to’g’ri ko’rsating?

  1. Bildirisnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi; bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda chiqish kelishigidagi familiyasi; matn sarlavhasi

  2. Bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda chiqish kelishigidagi familiyasi; matn sarlahvasi; hujjat turining nomi

  3. ***Bildirisnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi; hujjat turining nomi; bildirishnoma matni

  4. Bildirisnoma yo’llangan rahbarning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda jo’nalish kelishigidagi familiyasi; bildirishnoma tayyorlagan shaxsning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari hamda chiqish kelishigidagi familiyasi; bildirishnoma tayyorlovchi xodim yoki rahbarning imzosi

  1. Dalolatnomaning jami zaruriy qismlari nechta?

  1. 11 ta

  2. ***12 ta

  3. 10 ta

  4. 9 ta

  1. Dalolatnomaning oxirgi 4 ta zaruriy qismlarini to’g’ri belgilang?

  1. Ishtirok etuvchilar; dalolatnoma matni; ilovalar; tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari

  2. Hujjat nomi; komissiya tarkibi; ilovalar; ijro haqidagi belgi

  3. ***Dalolatnoma matni; ilovalar; tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari; ijro haqidagi belgi

  4. Komissiya tarkibi; ishtirok etuvchilar; dalolatnoma matni; tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari

  1. Qaysi hujjat turi bir gallik, maxsus va umumiy turlarga bo’linadi?

  1. ***Ishonchnoma

  2. Dalolatnoma

  3. Bildirishnoma

  4. Shartnoma

  1. Rasmiy ishonchnomalarning jami zaruriy qismlari nechta?

  1. 10 ta

  2. 9 ta

  3. ***8 ta

  4. 7 ta

  1. Shaxsiy ishonchnomaning jami zaruriy qismlari nechta?

  1. 10 ta

  2. ***9 ta

  3. 8 ta

  4. 7 ta

  1. Rasmiy ishonchnomaning dastlabki 3 ta zaruriy qismini to’g’ri ko’rsating?

  1. ***Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi; ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti; ishonchnoma berilayotgan shaxsning lavozimi va to’liq nomi

  2. Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti; ishonchnoma berilayotgan shaxsning lavozimi va to’liq nomi; ishonchnoma berilish sababi

  3. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi; qimmatdor buyumlar olinadigan muassasaning nomi; ishonchnomaning amal qilish muddati

  4. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi; ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti; moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi

  1. Shaxsiy ishonchnomaning oxirgi 3 ta zaruriy qismlarini to’g’ri belgilang?

  1. Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo’lgan muassasaning nomi; ishonch bildiruvchining nomi; ishonch bildiruvchining imzosi

  2. Ishonch bildiruvchining imzosi; berilgan (yozilgan vaqti); ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlangan shaxsning lavozimi va imzosi

  3. ***Berilgan (yozilgan vaqti); ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlangan shaxsning lavozimi va imzosi; ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr

  4. Ishonchnoma mazmuni; ishonch bildiruvchining imzosi; ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlabgan sana va yumaloq muhr

  1. 1. Hujjat nomi (Ma’lumotnoma); 2. Asosiy matn (Ma’lumotnoma mazmuni); 3. Hujjat jo’natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog’ozning yarmidan o’ng tomonda yoziladi); 4. Ma’lumotnoma matni sarlavha (xat boshidan yoziladi) ;5. Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi. Keltirilgan rasmiy xismat ma’lumotnomasi zaruriy qismlarinining ketma-ketligini to’g’ri ko’rsating?

  1. *** 3. 1. 4. 2. 5.

  2. 1. 2. 3. 4. 5.

  3. 3. 2. 1. 4. 5.

  4. 4. 2. 3. 1. 5.

  1. Shaxsiy ma’lumotnomaning jami zaruriy qismlari nechta?

  1. 10 ta

  2. 9 ta

  3. *** 8 ta

  4. 7 ta

  1. Shaxsiy ma’lumotnomaning dastlabki 3 ta zaruriy qisminining ketma-ketligini to’g’ri toping?

  1. Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi; Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma); Ma’lumotnoma matni

  2. Ma’lumotnoma beriladigan shaxsning ismi, otasining ismi va familiyasi; Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma); Ma’lumotnoma maqsadi

  3. Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma); Ma’lumotnoma matni; Mansabdor shaxsning imzosi

  4. ***Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi; Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi; Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma)

  1. Tavsifnomaning jami asosiy zaruriy qismlari nechta?

  1. 7 ta

  2. ***6 ta

  3. 8 ta

  4. 9 ta

  1. Tavsiflanayotgan shaxs haqida asosiy ma’lumotlarga nimalar kiradi?

  1. Ism, otasining ismi va familiyasi, tug’ilgan yili, lavozimi

  2. Millati, partiyaviyligi, ma’lumoti, ilmiy darajasi va unvoni

  3. ***A va B

  4. Faqat ismi, otasining ismi va familiyasi, tug’ilgan yili, ish joyi, lavozimi, ma’lumoti, uy adresi

  1. Tavsifnomada hujjat nomidan so’ng qanday zaruriy qismlar ketma-ket qo’llaniladi?

  1. Matn, ilovalar, imzolar, sana, muhrlar

  2. Matn, imzolar, sana

  3. Ilovalar, matn, imzo, sana muhr

  4. ***Matn, imzolar, sana, muhr

  1. Tavsiyanomaning jami asosiy zaruriy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni ko’rsating?

  1. ***Hujjatning nomi (Tavsiyanoma); Matn; Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otasining ismi, familiyasi; Imzo; Sana

  2. Tashkilot va muassasaning nomi; Hujjatning nomi(Tavsiyanoma); Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otasining ismi, familiyasi; Imzo; Sana

  3. Tashkilot va muassasaning nomi; Hujjatning nomi(Tavsiyanoma); Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otasining ismi, familiyasi; Imzo; Sana; Muhr

  4. Hujjatning nomi (Tavsiyanoma); Matn; Tavsiyanoma beruvchi shaxsning lavozimi, ismi, otasining ismi, familiyasi; Ilovalar; Imzo; Sana; Muhr

  1. Tarjimayi holning jami asosiy zaruriy qismlari nechta?

  1. 8 ta

  2. 6 ta

  3. ***4 ta

  4. 10 ta

  1. Umumiy tushuntirish xatining jami asosiy zaruruy qismlari nechta?

  1. 8 ta

  2. ***6 ta

  3. 4 ta

  4. 10 ta

  1. E’lonning jami asosiy zaruriy qismlari nechta?

  1. 10 ta

  2. 8 ta

  3. 6 ta

  4. ***4 ta

  1. Taklifnomaning jami asosiy zaruriy qismlari nechta?

  1. 9 ta

  2. 7 ta

  3. ***5 ta

  4. 3 ta

  1. Hujjatning nomi; Turi haqidagi belgi; Ushbu hujjat yetib borishi zarur bo’lgan joy adresi, uni oladigan shaxsning ismi va familiyasi; Matn; Jo’natuvchi muassasaning qisqacha nomi va matnni imzolagan mansabdor shaxsning familiyasi(imzo emas); Xabar jo’natuvchining adresi; Matn kimning nomidan jo’natilayotgan bo’lsa o’sha shaxsning imzosi; Muhr; Sana. Yuqorida ko’rsatilgan zaruriy belgilar qaysi hujjatning asosiy zaruriy belgilari hisoblanadi?

  1. *** Telegramma

  2. Telefonogramma

  3. Faksogramma

  4. Xabarnoma

  1. Xizmat xatlari nechta zaruriy qismlarni o’z ichiga oladi?

  1. 20 ta

  2. ***24 ta

  3. 18 ta

  4. 22 ta

  1. Da’vo xatlarining asosiy zaruriy qismlari nechta?

  1. 4ta

  2. 5ta

  3. 6ta

  4. ***7ta

  1. Da’vo xatlarining oxirgi 3 ta zaruriy qismlarini to’g’ri ko’rsating?

  1. ***Xat matni; Ilova ro’yxati (sahifalar soni ko’rsatilgan holda); Mansabdor shaxslarning imzosi

  2. Xat matni; Mansabdor shaxslarning imzosi; Tashkilot muhri

  3. Da’vo bahosi; Mansabdor shaxslarning imzosi; ;Tashkilot muhri

  4. Da’vo bahosi; Da’voni qabul qiluvchi muassasa nomi va adresi; Tashkilot muhri

  1. Verbal notaning zaruriy qismlari nechta?

  1. 6 ta

  2. *** 7 ta

  3. 8 ta

  4. 9 ta

  1. Iltimos xatlarining asosiy zaruriy qismlari nechta?

  1. 9 ta

  2. 7 ta

  3. 5 ta

  4. *** 3 ta

  1. “Yo’llaymiz”, “ilova qilamiz”, “qayta yo’llaymiz”, “taqdim qilamiz” kabi so’z va birikmalar qanday hujjatning o’ziga xos belgisi hisoblanadi?

  1. ***Ilova xat

  2. Iltimos xat

  3. Tasdiq xat

  4. Yo’llanma xat

  1. Ilova xatning asosiy zaruriy qismlari nechta?

  1. 10 ta

  2. 8 ta

  3. 6 ta

  4. *** 4 ta

  1. Javob xatni talab qiluvchi xatlarga qanday xatlar kiradi?

  1. Kafolat xat, iltimos xat, eslatma xat

  2. Ilova xat, tasdiq xat, axborot xat

  3. A va B

  4. ***Da’vo xat, so’rov xat, iltimos xat

  1. Javob xatni talab qilmaydigan xatlarga qanday xatlar kiradi?

  1. Ilova xat, tasdiq xat, eslatma xat

  2. Axborot xat, kafolat xat

  3. A va B

  4. ***Da’vo xat, so’rov xat, iltimos xat

Yüklə 54,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə