Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 61,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix22.03.2024
ölçüsü61,36 Kb.
#183725
  1   2   3   4   5
Akademik yozuv - Umaraliev Qahramon 810-22



 
 


Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalari 
Ma’lumki, boshlang‘ich tashkilotlardan tortib davlatning oliy 
organlarigacha hujjatlarga tayanib ish yuritadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 
yaqin vaqtlargacha hujjatlarning aksariyati rus tilida rasmiylashtirilar edi. 
O‘zbek tilida ayrim hujjatlargina yuritilar, ular ham rus tilidagi hujjatlar 
andozasiga asoslanar edi. 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, demokratik huquqiy 
davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan borayotgan bugungi kunda 
dunyo andozalari darajasidagi bilimdon, zukko, har tomonlama yetuk 
texnik mutaxassis kadrlarni tayyorlash muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Mazkur fan matnlar, ularning turlari, har bir matnda aks etishi lozim bo‘lgan 
ma’lumotlar, axborotlar, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy hayotimizga 
oid hamda o‘rganayotgan mutaxassisliklariga doir terminlar, ularni 
tanlashdagi o‘ziga xos xususiyatlarni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan. 
Bu esa ta’lim andozalariga yangi, zamonaviy fanlarni kiritish orqali 
amalga oshiriladi. Endilikda respublikamizdagi barcha korxonalarda 
yuritiladigan hujjatlarni o‘zbek tili qonun-qoidalariga mos ravishda 
rasmiylashtirilishiga erishishdek ulkan vazifa hammamizning oldimizda 
turibdi. 
“Akademik yozuv” fani fanlar bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, ish 
yuritish va hujjatchilik to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lmasdan turib, 
o‘z fikrini axborot texnologiyalari sohasiga qo‘yiladigan talablar asosida 
aniq va ravshan ifoda eta olmaydi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak texniklar o‘ziga 
xos xususiyatlaridan puxta xabardor bo‘lmog‘i lozim. 
O‘z ixtisosligidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston texniklar 
yuksaltirishga, uni jahonda munosib o‘rin egallashiga hissa qo‘shadi, chet 
Fanning maqsadi - so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va 
matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik 
mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani 
shakllantirishdir.
 


mamlakatlarda va yurtimizda davlatimiz manfaatini himoya qiladi, kuch-
qudratini namoyish etadi. Shunga ko‘ra, bo‘lajak texniklar davlat tili - 
o‘zbek tilini mukammal, aniq va ravshan egallashlari shart. Shuning uchun 
dasturda texnologik bilimlariga alohida urg‘u berildi. 
Mazkur o‘quv kursining o‘qitilishi muayyan amaliy yo‘nalishga ega 
bo‘lib, bakalavr axborot texnologiyalari bo‘yicha nazariy bilim va amaliy 
ko‘nikmalarni, o‘z sohasiga oid so‘zlarni va hujjatlarni to‘g‘ri yozish 
malakasini hosil qilishni ko‘zda tutadi. Til va yozuv. Til - aloqa quroli, u 
vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. 

Yüklə 61,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə