Akademik yozuv fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 61,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü61,36 Kb.
#183725
1   2   3   4   5
Akademik yozuv - Umaraliev Qahramon 810-22

 
Til nima? 
Til mehnat va ijtimoiy ong bilan birgalikda bir-biriga o‘zaro bog‘liq 
bo‘lgan, insonni hayvondan farklovchi 3 ta eng muhim xossalardan 
birini tashkil etadi. Ushbu hossalar ichida mehnat muhim ahamiyatga 
ega bo‘lib, u jamiyat mavjudligining moddiy asosi hisoblanadi.


TIL
— 1) kishilar o‘rtasida, jamiyatda 
aloqa
 va o‘zaro fikr 
almashishning muhim vositasi; tilshunoslikning asosiy o‘rganish ob’ekti; 
borlikdagi narsa, hodisalarga va ularni ongda aks ettirishga xizmat 
qiladigan, 
nutq 
a’zolari
 tomonidan 
aslidagiday 
tiklanadigan 
va 
muayyan 
jamiyat
 doirasida 
hammaga 
ma’lum 
va 
maqbul 
bo‘lgan 
tovush
 belgilari majmui, shuningdek, ushbu belgilarning fikr 
ifodalash jarayonida birga qo‘shilishi, birikishi haqidagi qoidalar to‘plami. 
Til — ijtimoiy hodisa, kishilar, jamoalar o‘rtasidagi eng muhim aloqa 
vositasi ekanligi asrlar mobaynida 
Sharq
 va 
G‘arb
 olimu shoirlari
mutafakkirlari tomonidan ta’kidlab kelinadi. 
Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy 
chambarchasdir. Til belgilari — so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar — moddiy 
shakllar bo‘lib, ularda ongning ideal mahsullari — aniq tasavvurlardan 
tortib eng mavhum va umumlashtiruvchi tushunchalar yoki hukmlargacha 
ob’ektiv tarzda o‘z aksini topadi. Shunday kilib, Til nafaqat fikrni ifodalash 
yoki fikr almashish vositasi, balki ijtimoiy ongda fikrlarni shakllantirish va 
mustahkamlash vositasi ham hisoblanadi. Til — jamiyat boyligi, u jamiyat 
a’zolarining o‘zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va 
ma’naviy turmushida ro‘y beradigan barcha voqea hodisalar haqidagi 
bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi;
Til ayni ma’noda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud bo‘ladi. 
Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, lekin 
tilsiz tafakkurni tasavvur etib bo‘lmaydi. Tilda ifodalanmagan fikr noaniq, 
tushunarsiz bir narsa bo‘lib, insonga borliq voqeahodisalarini anglab 
yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. 
Tafakkur tilsiz mavjud bo‘lmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz 
o‘ylab turib gapiramiz va yozamiz, o‘z fikrlarimizni tilda aniqroq va 
tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida 
paydo bo‘ladi va unda mustaxkamlanadi, til bilan tafakkur bir butunlikni 
tashkil etadi. 



Yüklə 61,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə