O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi



Yüklə 28,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü28,61 Kb.
#158947
  1   2   3
Tadbir ssenariysi o\'qituvchi va murabbiylar kuniga bag\'ishlab



O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir senariysi 
1 boshlovchi: 
Azaldan ustozni ulug’lar xalqim, 
Ularga ezgulik tilamoq haqqim. 
Bunchala buyuksiz, bunchalar zukko, 
Umringiz mo’jiza-yetmaydi aqlim. 
2 boshlovchi: 
Ustozni e’zozlash azaliy odat, 
Shogirdning kamoli ustoz uchun baxt. 
Millionlar qalbida so’nmas mayoqsiz 
Bir duo tilamoq insoniy burchim. 
1 boshlovchi: 
Assalomu-alaykum mehri daryo, qalbi quyosh, jonkuyar, fidoyi muallimlar, aziz 
ustozlar!! 
Assalomu-alaykum ezgulik bunyodkori bo’lmish siz muhtaram ustozlaru, aziz 
mehmonlar!!

1 boshlovchi:
Siz ustozlarga atalgan bugungi kechamizni Davlatimiz madhiyasi bilan boshlashga 
ijozat bersangiz. Marhamat. 
2 boshlovchi 
Nechog’ baxtiyorman, ta’zimda shut ob, 
Sizning sha’ningizga bitmoqdaman bayt. 
Ne odam bo’lardim qo’limda kitob 
Biror harf tanimay tursaydim loqayd. 

 
1 boshlovchi 


Dunyoda kasblar ko’p, har birining hayotda o’z o’rni, o’z ahamiyati bor. Lekin 
ular orasida shunday ulug’ kasb borki, boshqa barcha kasblar uning negizida 
shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu olijanob kasb – muallimlikdir.
 
2 boshlovchi 
To’g’ri aytasiz, o’qituvchilikni ko’p qirrali, sermazmun, murakkab faoliyati 
zamirida yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalash, ularni ilm- fan 
sirlaridan boxabar etish kabi muhim vazifalar yotadi. 
O’quvchi: ( Feruza opaga) 
Qo’limga qalamni ushlatdi ilk bor, 
Shu ondan qalbimda boshlandi bahor. 
Undanda buyukroq, ulug’roq kim bor? 
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 
O’quvchi: (Zavuchga) 
Barcha ilmlarning kaliti sizda, 
Sahovot nuri bor bu qalbingizda. 
Otasiz, onasiz har o’g’il –qizga 
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 

Yüklə 28,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə