O’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan tadbir ssenariysi



Yüklə 28,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü28,61 Kb.
#158947
1   2   3
Tadbir ssenariysi o\'qituvchi va murabbiylar kuniga bag\'ishlab

O’quvchi: (Direktorga)
O’qishni o’rgatib, ko’zni ochdingiz, 
Ilm sirlarini qalbga sochdingiz. 
Otaday ulug’siz, kelajak-sizsiz 
Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim! 
O’quvchi: (Mahfuza opaga) 
Dard bo’lsa dardlashgan doim biz bilan, 
Sirdoshdek sirlashgan hatto biz bilan. 
Qalbimiz, mehrimiz, ustoz, siz bilan 


Ustozim, ustozim sizga ming ta’zim 
1 boshlovchi 
Olamning gultojisi inson bo’lsa, ular orasida Olloh nazari tushgani, suyuklisi 
ustoz-muallimlardir. 
2 boshlovchi 
Bizlarning har bir savolimizga chuqur e’tibor va bosiqlik bilan javob beruvchi, 
elning nazaridagi birinchi muallim 
Ikkala boshlovchilar: 
Sizlarga bugun qo’limizni ko’ksimizga qo’yib tashakkur aytamiz. 
Raqs. 
1 boshlovchi 
O’qituvchilik azal-azaldan e’tiborli kasb hisoblanadi. Mamlakatimizda 
Respublikamiz Prezidentining Farmoni bilan 1997 yildan boshlab 1 oktabr- 
O’qituvchilar va murabbiylar kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanmoqda. 
2 boshlovchi 
Dunyoning hech bir mamlakatida o’qituvchi va murabbiylarga nisbatan bu qadar 
e’tibor qaratilmagan. Shu fursatdan foydalanib, 318-sonli “Ixtisoslashgan maktab-
bog’cha”miz murabbiy va o’qituvchilarini barchamiz nomidan tabriklashga ijozat 
bersangiz. 
(Ustozlarga gullar taqdim etiladi) 
1 boshlovchi 
Quyoshni qaritar zahmatlaringiz, 
Ellarda dostondir mehnatlaringiz. 
Yog’ilgay siz uchun rahmatlarimiz 
Bizning muallimlarimiz (barcha) 
 
O’quvchi: 
Shogirgim obroyim, yuzim degan zot 


Ishonchim, umidim, ko’zim degan zot. 
Bolajonim- o’g’lim, qizim degan zot 
Bu sizsiz ustozlar, hokisorlarim! 
O’quvchi: 
Sabr ham, toqat ham, bardosh ham sizsiz, 
Gog quvonch, goh alam, ko’z yosh ham sizsiz. 
Har ikki olamda quyosh ham sizsiz. 
Siz mening g’ururim, iftixorlarim. 
O’quvchi: 
Tortilib, o’ylanib yashabsiz bilsam, 
Bir umr kuymanib yashabsiz bilsam, 
Ertam deb o’ylanib yashabsiz bilsam 
Ey mening fidoyi alp chinorlarim. 
O’quvchi: 
G’unchalar ochilib bo’lishganda rom, 
Barchasin ardoqlab etdim ehtirom, 
Mehrimning sharobin tutdim to’la jom 
Faxrga sharafdir ustoz degan nom. 

Yüklə 28,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə