Akbar bahromov shavkat sharipov manzura nabiyeva


Tog‘ jinslariga nimalar kiradi? Minerallarga-chi?  2



Yüklə 4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/43
tarix19.08.2023
ölçüsü4 Mb.
#120683
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43
sinf 4-tabiatshunoslik

1.
Tog‘ jinslariga nimalar kiradi? Minerallarga-chi? 
2.
Foydali qazilma deb nimaga aytiladi? 
3.
Yoqilg‘i foydali qazilmalarga nimalar kiradi? Rudali 
va noruda foydali qazilmalarga-chi?
4.
O‘lkamiz hududida qanday foydali qazilma konlari 
mavjud?
5.
Foydali qazilmalarni muhofaza qilish uchun nima-
lar qilish kerak?
Daftaringizga tog‘ jinslari, minerallar, foydali qa-
zilmalarning turlarini yozing.


XARITALAR
Yer yuzini va uning ayrim qismlarini 
xaritadan foydalanib o‘rganish qulaydir. 
Globusda Yer yuzi shar sirtida tasvirlansa, 
xaritada joylar yassi shaklda tasvirlanadi.
Xarita
Globus sirtini ikkiga bo‘lib, doira shaklidagi ikkita 
yarimshar xaritasi tuziladi. 
-
yarimsharlar xaritasi
Ulardan biri – 
g‘arbiy yarimshar xaritasi
, ikkinchi-
si – 
sharqiy yarimshar xaritasi
deyiladi. Bu haqda 
Xaritalarda okean, dengiz, ko‘l kabi suv havzalari 
ko‘k rangda tasvirlanadi. Daryolar ko‘k rangdagi egri 
chiziqlar bilan aks ettiriladi.
Quruqliklar, ya’ni materiklar va orollar balandligiga 
qarab yashil, sariq, jigarrangda tasvirlanadi.
Xaritalarda Yer yuzi yoki uning qismi necha marta 
kichraytirilgani maxsus shartli belgi orqali ko‘rsatiladi. 
Bunday shartli belgi 
masshtab
deb ataladi. Masshtab 
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida mas-
-
makki, xaritaning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi 1 cm 
uzunlik Yer yuzining o‘sha ikki joyi orasidagi masofa 


Yer yuzidagi barcha dengizlar okeanlarga tutash-
gan. Shuning uchun Yer yuzidagi barcha dengiz va 
okeanlarning sathi bir xil bo‘ladi. Yer yuzidagi quruq-
liklarning balandligi ana shu dengiz sathiga nisbatan 
hisoblanadi. Yer yuzidagi quruqliklar sirti notekisdir, 
ba’zi joylar pastroq bo‘lsa, boshqa joylar balandroq 
bo‘ladi. Ayrim joylar esa juda balanddir. Yer yuzining 
baland-pastligi tabiiy xaritada ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Tabiiy xaritada
Tabiiy xaritada tasvirlangan joyning rangiga qarab,
shu joyning dengiz sathidan qancha balandligini bilsa 
bo‘ladi. Xaritadagi balandlik shkalasida har bir rang 
dengiz sathidan necha metr balandlikni ifodalashi 
yozib qo‘yilgan bo‘ladi. 
Yarimsharlar tabiiy xaritasida butun Yer yuzi tasvir - 
langan. Yer yuzining bir qismi tasvirlangan tabiiy
xaritalar ham mavjud. Bizning mamlakatimiz – 
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi shunday 
xaritadir. Bu xaritada o‘lkamiz hududining yer yuzasi 
balandligiga ko‘ra turli ranglarda tasvirlangan.
O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasida turli 
Xaritadagi balandlik shkalasi yordamida o‘lkamiz hu-
dudining yer yuzasi tuzilishini aniqlash mumkin.


Tabiiy xaritada mamlaka timiz hududining g‘arbiy 
qismi, asosan, yashil rangda tasvirlangan. Bu joylar-
ning balandligi dengiz sathidan 200 m gachadir. 

Yüklə 4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə