Akrom abbasovich karimov, farxod rashidovich islomov, anvar ziyadullaevich avloqulov


Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar (Comparatives)



Yüklə 2,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#131840
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183
xalqaro audit (1)

 
Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar (Comparatives) 
- taqqoslash maqsadida taqdim 
etilgan oldingi hisobot davri yoki davrlar bo’yicha bir biri bilan aloqador summalar 
va boshqa yoritishlar. Taqqoslanadigan ko’rsatkichlar quyidagicha taqdim etilishi 
mumkin: 
Bir biri bilan bog’langan ko’rsatkichlar (Corresponding figures)
- joriy davr 
bo’yicha moliyaviy hisobotning bir qismi kabi kiritilgan va joriy davr bilan bog’liq 
summalar va boshqa yoritishlar bilan kontekstda o’qish uchun mo’ljallangan. Ular
joriy davr moliyaviy hisobotning ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va faqat joriy 
davr bo’yicha ko’rsatkichlar kontekstida o’qilish uchun mo’ljallangan va mustaqil 
ravishda ko’riladigan to’liq moliyaviy hisobot emas. 
Taqqoslanadigan moliyaviy hisobot (Comparative financial statements) 

o’tgan davr bo’yicha moliyaviy hisobot joriy davr bo’yicha moliyaviy hisobot 
bilan taqqoslash uchun keltiriladi, lekin joriy davr bo’yicha moliyaviy hisobotning 
qismi bo’lib hisoblanmaydi. 
Tekshirish (Inspection) - 
yozuvlar, hujjatlar yoki moddiy aktivlarni tekshirishdan 
iborat. 
Tovlamachilik (Fraud) - 
rahbariyat tarkibi, xodimlar yoki uchinchi tomonlarning 
bir yoki bir necha shaxslari tomonidan moliyaviy hisobotni noto’g’ri taqdim 
etilishiga olib keladigan va bilib turib qilgan harakatlariga taaluqli. 
Faoliyat uzluksizligi to’g’risida taxmin (Going concern assuption) 
- yaqin 
kelajakda korxona o’z faoliyatini uzluksiz davom ettiradi degan taxmin; korxona 
tugatilishi to’g’risida niyatga yoki tugatilishi lozim yoxud faoliyat hajmini 
ahamiyatli darajada kamaytiradi degan taxminga ega emasligi. Natijada aktivlar 
uzluksiz ishlatilishi asosida, masalan sotilishning sof qiymati yoki tugatilish 
qiymatida emas, balki dastlabki yoki tiklash qiymati bo’yicha baholanadi. 

Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə