Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva



Yüklə 3,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/191
tarix04.05.2023
ölçüsü3,91 Mb.
#108225
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
1300-Текст статьи-4755-1-10-20200629

 
Muhimlilik (Materialiti) 
- ma’lumot inobatga olinmagan yoki noto’g’ri 
ko’rsatilgan taqdirda u foydalanuvchilarning moliyaviy hisobot asosida qabul 
qilgan iqtisodiy qarorlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lsa, bunday ma’lumot 
muhimli hisoblanadi. Muhimlilik ma’lum sharoitlarda inobatga olmaslik yoki 
noto’g’ri ko’rsatish to’g’risida fikr qabul qilish paytida modda yoki xato miqdoriga 
bog’liq. Binobarin, muhimlilik ma’lum bir pog’ona yoki hisoblash nuqtasi va 
ma’lumot foydali bo’lishi uchun boshlang’ich sifat tavsifi hisoblanadi.
 
Nazorat muolajalari (Control procedures) 
- sub’ektning aniq masalalarini echish 
uchun nazorat muhitga qo’shimcha ravishda sub’ekt rahbariyati tomonidan 
belgilangan muolaja va siyosat.
 
Nazoratli muhit (Control environment) - 
ichki nazorat tizimi va u sub’ekt uchun 
muhimliligiga sub’ekt direktori va rahbariyatining umumiy nuqtai-nazari, 
xabardorliligi va harakatini qamrab oladi. 
Nazorat testlari (Test of control) 
- quyidagilar samaradorligi yuzasidan auditorlik 
dalillarini olish maqsadida amalga oshiriladi: 
(a) buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari tashkil etilishi, ya’ni ular 
ahamiyatli noto’g’ri ko’rsatishlarni oldini olish, aniqlash va tuzatish uchun 
qanchalik yaxshi tashkil etilganligi; 
(b) ichki nazorat butun davr mobaynida o’z vazifasini bajarishi. 


416 
Noaniqlik (Uncertainty) 
sub’ektning bevosita nazoratida bo’lmagan, lekin 
kelajakda moliyaviy hisobotga ta’sir etishi mumkin bo’lgan harakatlar va 
xodisalardan kelib chiqadigan vaziyat.
 
Nomuvofiqlik (Noncompliance) 
- amaldagi qonunlarga yoki me’yoriy hujjatlarga 
zid holda audit o’tkazilayotgan ob’ekt tomonidan bilib turib yoki bilmasdan yo’l 
qo’ygan xato va kamchiliklari.

Yüklə 3,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə