Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ moliyaviy strategiyasi va ularning moliyaviy holati tahlili



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#135473
1   2   3   4   5   6
aksiyadorlik-jamiyatlarining-korporativ-moliyaviy-strategiyasi-va-ularning-moliyaviy-holati-tahlili

Keywords:
financial strategy, marketing, corporation, consumers, corporate 
environment, corporate management, investors, investment activities, banking, SWOT, 
finance 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1417


KIRISH 
Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi subyekt, 
xususan, aksiyadorlik jamiyatlari ham kuchli raqobat sharoitiga moslashishi, bozorda 
o’z o’rnigi ega bo’lishi va uzoq yillar mobaynida samarali faoliyat yuritishi uchun 
uzoqni ko’zlangan va tashqi vositalar oʻzgaruvchanligi sharoitida uzoq muddatli 
moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, ular muvaffaqiyatini ta’minlashning eng 
samarali yoʻllarini tanlash, moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish 
yoʻnalishlarini samarali tashkil etish yoʻlida moliyaviy faoliyat va moliyaviy 
munosabatlarni rivojlantirishning barcha asosiy yoʻnalishlarini belgilab olishi zarur. 
bugungi kunda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda, ayniqsa, sanoat sohasida 
mulkchilikning bunday shakli muhim o’rin tutadi. Korxonalar faoliyati davomida 
moliyaviy munosabatlarning to’g‘ri tashkil etilishi qo’yilgan maqsadga erishishda 
muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda asosiy e’tiborni 
korxonalar moliyasini boshqarishni to’g‘ri tashkil etishga qaratish maqsadga muvofiq. 
Korporativ moliyani boshqarishni to’g‘ri tashkil etish esa bevosita korporativ 
moliyaviy strategiyaga bog‘liq. Aynan shu xususiyati bilan korporativ moliyaviy 
strategiyaning o’rni muhim ahamiyat kasb etadi. Korporativ koliyaviy strategiya 
iqtisodiy faoliyat sub’ektlarning kelajakdagi faoliyat barqarorligi ta’minlab beradi. 
Shuningdek, ham makro darajada ham mikro amalga oshiriladigan istalgan masala 
ijobiy hal bo’lishi uchun oldindan strategik rejalar ishlab chiqish va ularni samarali 
amalga oshirish zarur. 
Respublikamizda korporativ tuzilmalarning eng keng tarqalgan turlaridan biri 
sifatida aksiyadorlik jamiyatlari keltiradigan bo’lsak, 2017-yil 1-yanvar holatiga 
respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 659 tani tashkil 
etgan bo’lsa, keying yillarda ularning soni 613 gacha qisqargan bo’lib, buning sababi 
sifatida aksiyadorlik jamiyatlari soni pasayishiga qo’yilgan talablar yuqoriligini 
ko’rsatish mumkin. Shuningdek samarasiz ishlayotgan aksiyadorlik jamiyatlarining 
tugatilayotganligi bilan izohlashimiz mumkin.. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI 
O’zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy islohotlarning asosiy negizini mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va uni 
xususiylashtrish tashkil etadi. Aksiyadorlik jamiyatlari bugungi kunda mamlakat 
iqtisodiyotining ko’plab sohalarida etakchi mavqeni egallagani holda, keng tarqalgan, 
boshqaruv, kuzatuv va ijro organlari orqali korporativ munosabatlarga faol 
kirishadigan yuridik shaxslar hisoblanadi. Aksiyadorlik jamiyatlari dastlab XVII asrda 
Evropada dengiz orqali savdo-sotiq sohasida faoliyat yuritgan mulkdorlar o’rtasida 
tashkil etilgan. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga doir huquqiy normalar ilk bor 
1808-yilda Fransiya savdo kodeksida belgilangan. 
Mazkur faoliyatning qonuniy negiziga ko’ra mamlakatimizda bunday jamiyat 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1418


yuridik shaxsni ta‟sis etish yoki qayta tashkil etish (qo’shib yuborish, bo’lish, ajratib 
chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin. Jamiyatni ta‟sis etish yo’li 
bilan tashkil etish muassislarning qaroriga ko’ra amalga oshiriladi.
1
Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta‟sis etish yoki qayta tashkil etish (qo‘shib 
yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin. 
Jamiyatni ta‟sis etish to’g’risidagi qaror ta‟sis yig‘ilishi tomonidan qabul qilinadi. 
Jamiyat bir muassis tomonidan ta‟sis etilgan taqdirda jamiyatni ta’sis etish haqidagi 
qaror shu muassis tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi. Jamiyatning muassislari 
uni tashkil etish to‘g‘risida o’zaro ta‟sis shartnomasini tuzadilar, shartnomada ularning 
jamiyatni ta‟sis etishga doir birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibi, jamiyat 
ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori, muassislar o’rtasida joylashtirilishi lozim 
bo’lgan aksiyalarning turlari, ular uchun to’lanadigan haqning miqdori va uni to’lash 
tartibi, muassislarning jamiyatni tashkil etishga doir huquq va majburiyatlari 
belgilanadi. Jamiyatni ta‟sis etish to’g‘risidagi qaror muassislarning ovoz berish 
natijalarini hamda jamiyatni ta‟sis etish, uning ustavini tasdiqlash, jamiyatning 
boshqaruv organlarini shakllantirish masalalari yuzasidan muassislar qabul qilgan 
qarorlarni aks ettirishi kerak. 
Jamiyatni ta‟sis etish, uning ustavini tasdiqlash to’g‘risidagi va muassis 
tomonidan jamiyatning aksiyalari haqini to’lash uchun kiritilayotgan qimmatli 
qog‘ozlarning, o’zga mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega 
bo‘lgan boshqa huquqlarning pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar 
muassislar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadi. Chet ellik investorlar ishtirokidagi 
jamiyatni tashkil etish O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq 
amalga oshiriladi. 
Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda aksiyadorlik 
jamiyatini ta‟sis etish to‘g‘risidagi qaror davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli organ 
tomonidan qabul qilinadi. Jamiyat muassislari va aksiyadorlarining soni cheklanmaydi. 
Jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi ta‟sis shartnomasini imzolagan yuridik va 
jismoniy shaxslar jamiyatning muassislari (muassisi) deb e‟tirof etiladi. 
Agar qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorida boshqacha qoida belgilanmagan 
bo’lsa, davlat organlari jamiyatning muassislari (aksiyadorlari) bo’lishi mumkin 
emas.
2
Ushbu masalalarni hal etish uchun aksiyadorlik jamiyatida tavakkalchilik 
darajasini nazorat qilishda kuzatuv kengashining ahamiyati bayon etilgan qoidalarni, 
korporativ boshqaruv darajasini baholash mezonlarini, korporativ boshqaruvni 
1
O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarni himoya qilish 
to’g’risida”qonun. 2–bob, 9- modda. -Т.26.04.1996 
2
O’zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarni himoya qilish 
to’g’risida”qonun. 2–bob, 9- modda. -Т.26.04.1996 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1419


samarali olib borishga qaratilgan ichki hujjatlarni hamda korporativ boshqaruv 
tizimida tanglik vaziyatlari vujudga kelganda ko’riladigan chora-tadbirlar taktikasini 
ishlab chiqish va tartibga solish talab etiladi. Bu borada aksiyadorlik jamiyatlarini 
qayta tashkil etishda ularning joylashtirilish usullaridan samarali foydalanishni yuzaga 
keltiradi (1-chizma). 
Ta’kidlab o’tish kerakki, korporatsiya tushunchasi hozirgi sharoitlarda yana bir 
o’ziga xos jihatni kasb etmoqda. Undagi bir nechta yuridik shaxslar tomonidan tashkil 
etilgan xo’jalik subyektini belgilash uchun foydalanilib, ularning har birini boshqa 
mulkiy munosabatlar, birgalikda biznes yuritish, umumiy maqsadlar va manfaatlar
umumiy tashkiliy struktura bilan bog‘liq mustaqil iqtisodiy subyekt sifatida ko’rib 
chiqish mumkin.
Tadbirkorlik korporatsiyalari foyda olish uchun yaratiladi. Bular jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
-
AQShda korporatsiyalar faqat aksiyadorlik kapitali asosida tuziladi; 
1-rasm. Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil qilishdagi joylashtirish usullari
3
-
AQShda korporatsiyalar faqat aksiyadorlik kapitali asosida tuziladi; 
-
Yevropada ma’suliyati cheklangan jamiyat, shirkatlar, kooperativlar, ochiq 
aksioner jamiyatlari, yopiq aksionerlik jamiyatlari. 
Tadbirkorlik korporatsiyasi sifatida quyidagilar bo’lishi mumkin: 
-
alohida tijorat tashkiloti; 
-
integratsiyalangan korporativ tuzilma (konsern, xolding va boshqalar). 
TAHLIL VA NATIJALAR
Istiqbolli moliyaviy tahlil asosida moliyaviy rejalashtirish amalga oshirilganda 
asosiy jihat sifatida xo‘jalik sub’ekti faoliyat yuritayotgan biznes muhiti maydonga 
chiqadi. O‘z navbatida biznes muhiti xo‘jalik sub’ekti moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga 
ta’sir etuvchi shart-sharoitlar va turli ichki hamda tashqi omillar tizimini qamrab oladi.
 
Iqtisodchi olim M.Porterning “Raqobatni besh kuchi” modeli ham tashqi muhit 
tahliliga qaratiladi. Dissertatsiya ishimizda tadqiq etilayotgan “Qo‘qon mexanika 
3
Matnga muvofiq muallif tomonidan tuzildi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1420


zavodi” aktsiyadorlik jamiyati misolida tashqi moliyaviy muhit tahlilini M.Porterning 
“Raqobatni besh kuchi” modelidan foydalangan holda amalga oshiramiz.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə