Biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllarining



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#134889
  1   2   3
Xaydarov Baxrom Xolmuradovich



140 
BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINING TURLARI VA SHAKLLARINING 
AHAMIYATI 
 
Xaydarov Baxrom Xolmuradovich 
O‘zbekiston Milliy universiteti, Jizzax assistenti 
Abdihomidov Zarif Sherzod o`g`li 
O‘zbekiston Milliy universitet, Jizzax filiali, talaba 
Komiljonov Jamshidbek Rasulbek o`g`li 
O‘zbekiston Milliy universiteti, Jizzax filiali, talaba 
 
Annotatsiya
:
 Ushbu maqolada biznes va tadbirkorlik tushunchasi, biznes va 
tadbirkorlik faoliyati, ularning turlari, shakllari haqida hamda biznes va 
tadbirkorlikni rivojlantirishning jamiyatdagi o`rni va ahamiyati haqida so`z boradi. 
Kalit so‘zlar

Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, tavakkalchilik, tijorat, ishlab 
chiqarish, konsalting tadbirkorligi, yakka yartibdagi tadbirkorlik, ishlab chiqarish 
tadbirkorligi, tovar birjalari. 
Bizga ma‘lumki, biznes va tadbirkorlik har qanday davlat iqtisodiyotida asosiy 
rol o`ynaydi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik jahon mamlakatlari tajribasida 
o`zining yuksak natija va muvaffaqiyatlari bilan mustahkam o`rin egallagan bo`lib, 
aksariyat xalqlarda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-70 foizni tashkil etadi. 
Kichik biznesning rivojlanishi iqtisodiyotdagi jo`shqinlik va samarali raqobat muhiti 
uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish, iste‘mol sektorini kengaytirish orqali talabni 
rag`batlantirish, iste‘mol bozorini tovar va xizmatlar bilan to`ldirish, atrof-muhitni 
muhofaza qilish, byudjet tushumlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Shunga asosan, 
ko`plab rivojlangan davlatlar kichik biznes faoliyatini har tomonlama qo`llab-
quvvatlashga intiladi. 
Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati, bu-biznesdir) 
— bu tavakkalchilik asosida 
amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish ishlarini bajarish yoki 
xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil 
faoliyat sanaladi. 
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan 
qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan, o`zi tavakkal qilib va o‗z mulkiy 
javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir. 
Tadbirkorlik faoliyatini maqsadi, turi va yo`nalishiga qarab ishlab chiqarish
tijorat, moliyaviy va konsalting turlariga ajratish mumkin. Va bular ham o`z 
navbatida quyidagi turlarga bo`linib ketadi. 


141 

Ishlab chiqarish: innovatsion, ilmiy-texnik, tovar ishlab chiqarish, xizmat 
ko`rsatish, iste‘mol tovarlarini ishlab chiqarish, iste‘mol xizmatlari ko`rsatish, 
axborot; 

Tijorat: savdo, savdo-xarid, savdo-vositachilik, tovar birjalari; 

Moliyaviy: bank, sug`urta, auditorlik, lizingli, fond birjalari; 

Konsalting: umumiy bosharish, mamuriy boshqarish, moliyaviy boshqarish, 
xodimlarni boshqarish, marketing, ishlab chiqarishni boshqarish, axborot 
texnologiyasi. 
Ishlab chiqarish tadbirkorlikni yetakchi turi deb atash mumkin. Bunda 
mahsulot, tovarlar ishlab chiqariladi. Biroq bozor iqtisodiyotiga o`tishda aynan shu 
faoliyat sohasi eng ko`p salbiy o`zga
rishlarga duchor bo‗ldi: xo`jalik aloqalari uzildi, 
moddiy-
texnik ta‘minot buzuldi, mahsulotni sotish keskin pasaydi, korxonalarning 
moliyaviy ahvoli yomonlashdi. 
Shunga qaramay ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlikning asosiy turi 
desak xato bo`lm
aydi. Ze‘ro, bunday tadbirkorlik faoliyatida mahsulot, tovarlar 
ishlab chiqariladi, xizmat ko`rsatiladi, ma‘lum ma‘naviy qadriyatlarlar yuzaga keladi. 
Ishlab chiqarish tadbirkorligining innovatsion turida yangi g`oyalar, yangiliklar 
va innovatsiyalar amalga oshiriladi. Tovar ishlab chiqarish tadbirkorligi turida tovar 
ishlab chiqarish bilan bog`liq jarayon amalga oshiriladi. Iste‘mol tovarlarini ishlab 
chiqarish tadbirkorligida aholi ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli tovarlar ishlab 
chiqarish bo`yicha ishlar amalga oshiriladi. 
Tijorat (arab. 
— savdo-sotiq) — savdo va savdo-vositachilik faoliyati, tovarlar 
va xizmatlarni sotishda ishtirok etish yoki sotishga koʻmaklashish, kengroq maʼnoda 
esa tadbirkorlik faoliyati. Foyda olishga qaratilgan har qanday xatti-harakat tijoriy 
faoliyat bo`ladi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar ishlab 
chiqarish korxona samaradorligining 10-12 %ini tashkil etsa, tijorat faoliyati esa bu 
ko`rsatkichni yana 20-30 %ga oshiradi. 
Tijorat tadbirkorligi faoliyati tovar birjalari yoki savdo tashkilotlari bilan ham 
bevosita bog`liq. 
Moliyaviy tadbirkorlik 
– pul va qimmatli qog`ozlar oldi-sotdisi bilan bog`liq 
tadbirkorlik faoliyati. Moliyaviy tadbirkorlikda qimmatli qog‗ozlar (aksiyalar, 
obligatsiyalar va boshqalar), valuta qimmatliklari va milliy pullar oldi-sotdi qilinishi 
uning o‗ziga xos xususiyati hisoblanadi. 
―Moliyaviy tadbirkorlik‖ tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. 
Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishdan iborat. 
Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. 


142 
Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug`urta muassasalari shaklida 
ham faoliyat yuritadi. 
Moliyaviy tadbirkorlik faoliyati turlaridan bir bu auditorlikdir. Auditorlik 
faoliyati 
— auditorlik tashkilotlarining auditorlik xizmatlarini ko`rsatish bo`yicha 
tadbirkorlik faoliyati. Yana bir tadbirkorlik faoliyatlaridan biri lizing hisoblanadi. Lizing

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə