Biznes va tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllarining



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#134889
1   2   3
Xaydarov Baxrom Xolmuradovich

 
– 
bu uzoq muddatli ijara bo`lib, uning oxirida ijaraga olingan obyektni sotib olish 
imkonini beradi. 
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq 
samara beradi. Bu ko`rsatkich 5-10% ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O`zbekistonda 
tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmoqda. Bu tadbirkorlik turi 
ko`p yo`nalishlardan iborat bo`lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon 
iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi. 
Konsalting (maslahat berish) - bu biznes-jarayonlarni optimallashtirish
faoliyatning asosiy ko`rsatkic
hlarini oshirish va takomillashtirish bo‗yicha keng 
ko`lamli iqtisodiy, sanoat, tijorat va boshqa masalalar bo`yicha korxonalar rahbarlari 
va xususiy tadbirkorlarga pullik ekspert maslahatlarini berishdir. Konsaltingning 
maqsadi boshqaruv tizimining ( boshqaruv ) belgilangan maqsadlariga erishishida 
yordam berishdir. 
Tadbirkorlik faoliyati turlari nisbatan mustaqil bo`lib, bir-birini to`ldirib keladi. 
Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish 
tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak. 
O`zbekiston Respublikasida ―Tadbirkorlik to`g`risida ‖gi qonunning 5-
moddasiga binoan tadbirkorlikning quyidagi shakllari mavjud: 

Yakka tartibdagi tadbirkorlik; 

Xususiy tadbirkorlik; 

Jamoa tadbirkorligi; 

Aralash tadbirkorlik. 
Yakka tartibdagi tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatini amlga oshirishning eng 
oddiy shakli bo`lib, uni tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1995-yil 14-fevralda
gi qarori bilan tasdiqlangan «O`zbekiston 
Respublikasida xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom» bilan belgilanadi. Ushbu 
nizomga muvofiq yakka tadbirkor o`z faoliyatini yuridik shaxs tashkil qilmay amalga 
oshirishi mumkin. Yakka tartibdagi tadbirkorlar odatda mayda ishlab chiqarish bilan 
shug`ullanadilar. Yakka tartibdagi tadbirkorlik o`z navbatida ikki turga bo'linadi: 
shaxsiy tadbirkorlik; birgalikdagi tadbirkorlik. 


143 
O`zbekiston Respublikasida «Xususiy tadbirkorlik to`g`risidagi Nizom»da 
korlikdan farq
i xususiy tadbirkorlik faoliyatiga quyidagicha ta‘rif berilgan: 
Xususiy tadbirkorlik fuqarolar (alohida fuqaro) tomonidan o`z tavakkalchiliklari 
va mulkiy javobgarliklari ostida, shaxsiy daromad (foyda) olish faoliyatidir. Xususiy 
tadbirkorlikning yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlikdan farqi shundaki, 
bu yerda faoliyat yurituvchilar o`z faoliyatini yollanma ishchi kuchi yordamida olib 
boradilar. Ular yuridik shaxs sifatida faoliyat ko`rsatadilar va o`z korxonalarini davlat 
ro`yxatidan o`tkazishga majburdirlar. 
Tadbirkorlikning keyingi shakli jamoa tadbirkorligi bo`lib, bir guruh 
fuqarolarning o`zlariga ma‘qul bo`lgan mulkchilik shakllarida jamoaga birlashib, 
jamoa korxonalarini tashkil etishlari va shu asosda tadbirkorlik faoliyatini amalga 
oshirishlaridir. Jamoa tadbirkorligi faoliyati firmalar faoliyatida o`z ifodasini topadi. 
Firma muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishga 
ixtisoslashgan, bozordagi talab va taklifga qarab ish tutadigan, iqtisodiy jihatdan 
erkin va mustaqil korxonadir. 
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati 
ma‘no jihatidan keng ma‘noli tushuncha. Biznes va tadbirkorlik faoliyati o`ziga xos 
ahamiyatga ega bo`lib, bunda tadbirkorlik shakillariga qarab xar xil turdagi 
imtiyozlar ega va jamiyat ayni shu tadbirkorlik, biznes, tijorat va boshqa tarmoqlar 
orqali o`zi uchun o`z kelajagini barpo qila oladi desak, yashash uchun zamin yarata 
oladi desak mubolag`a bo`lmaydi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə