Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ moliyaviy strategiyasi va ularning moliyaviy holati tahlili


- bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhitdagi o‘zgarishlar



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#135473
1   2   3   4   5   6
aksiyadorlik-jamiyatlarining-korporativ-moliyaviy-strategiyasi-va-ularning-moliyaviy-holati-tahlili

 
- bilvosita ta’sir etadigan tashqi moliyaviy muhitdagi o‘zgarishlar;
 
- bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi moliyaviy muhitdagi o‘zgarishlar;
 
- ichki moliyaviy muhitdagi o‘zgarishlar. 
Agrobank davlatga qarashli universal bank bo’lib, aktivlari bo’yicha mamlakat 
bank sektorida beshinchi o’rinni egallaydi. Bank o’z mijozlariga mamlakatimizning 
barcha hududlaridagi 170 ta filialida keng ko’lamli moliyaviy xizmatlarni taklif etadi. 
Bank faoliyatining asosiy yo’nalishlari qishloq xo’jaligi va kichik va o’rta biznes 
sohasida, shuningdek, tijorat korporativ va chakana biznesda davlat dasturlarini amalga 
oshirishdan iborat. Biz quyida dast avval kuchli va zaif tomonlarini ko’rib o’tamiz va 
umuman olganda strategik tomondan tahlil qilib chiqamiz.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1422


Bankning 
rivojlanish 
strategiyasining 
asosiy 
qoidalari.
 
Mijozlarni 
segmentatsiyalash amalga oshirish va e’tibor mahsulotdan mijozlar segmentlariga 
o’tadi. Maqsadli segmentlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi takliflar ishlab 
chiqiladi va mahsulot shartlari ularning afzalliklariga ko’ra moslashtirish zarur 
hisoblanadi. 
 
• Mahsulotlarning jab etuvchi mahsulotlari, sotib olish mahsulotlari va o’zaro 
sotiladigan mahsulotlarni ajratgan holda, fokusli mahsulotlar uchun shart-sharoitlar 
bozorga qaraganda yaxshiroq amalga oshiriladi, qolganlari uchun raqobatchilar bilan 
teng ravishda o’rnatiladi. 
• Bank masofaviy xizmatlarni yanada rivojlantirish va ularga xizmat ko’rsatish 
jarayonlarini o’tkazishni davom ettirishni rejalashtirmoqda. Filiallarda asosiy e'tibor 
mahsulotlarni sotish va yangi mijozlarni jalb qilishga qaratilmoqdadi. 
Bundan tashqari, bank bank xizmatlaridan foydalanmayotgan hududlardagi 
mahalliy aholiga murojaat qilib, filiallarning keng tarmog‘i orqali mijozlar bazasini 
kengaytirishni rejalashtirmoqda. Bank xizmat ko’rsatish darajasi bo’yicha hududlarda 
yetakchi o’rinni egallashni maqsad qilgan bo’lib, bu yo’nalishda quyidgilar belgilanib 
olingan. 
• tijorat yo’nalishida bank chakana biznes va kichik va o’rta biznesni 
rivojlantirishga e'tibor qaratadi. 
• mijozlarni segmentatsiyalash joriy qilinadi va e’tibor mahsulotdan mijozlar 
segmentlariga o’tadi. Maqsadli segmentlarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi 
takliflar ishlab chiqiladi va mahsulot shartlari ularning afzalliklariga ko’ra 
moslashtiriladi.
Bankning strategik maqsadlari: 2024-yilga borib bank aktivlari bo’yicha O’zbekiston 
banklari orasida beshinchi o’rinni saqlab qolishni rejalashtirmoqda. Kredit 
portfelining rejalashtirilgan sezilarli o’sishi va biznes samaradorligini oshirish 
hisobiga bank foydani 2024-yilgacha 921 milliard so’mgacha oshirishni 
rejalashtirmoqda. 
2-rasm. 2024-yilga qadar bank foydasining o’sishi prognozi (milliard so’m)
5
Bank 2024-yilga kelib o’z kapitali rentabelligini (ROE) 12,2 foizga oshirishni 
maqsad qilgan. 
5
Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1423


3-rasm ROE (Bank kapitalining rentabelligi) 2024 yilgacha (%)
6
Bank yangi mijozlarni faol jalb qilishni va ularning sonini 2019-yilga nisbatan 2,3 
barobarga oshirishni, 2024-yilga kelib 5,4 million mijozga erishishni rejalashtirmoqda. 
4-rasm Faol mijozlar soni (ming kishi) 
2024-yilgacha bo’lgan davrda bank umumiy kredit portfelini 2024-yilgacha 51 
trillion so’mga yetkazmoqchi. 
5-rasm Kredit portfeli (milliard so’m) 
Bankning mijozlar mablag‘larini jalb qilish bo’yicha strategiyasishundan iboratki 
jozibador shartlarga ega depozitlarni rivojlantirish, savdo hajmini oshirish va 
mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash orqali bankning resurs bazasida depozitlar 
ulushini oshirishga qaratish hisoblanadi. 2024 yil oxiriga kelib korporativ va chakana 
depozit portfellarining nisbiy ulushini saqlab qolgan holda jami moliyalashtirish qariyb 
52 trillion so’mgacha oshadi. 
6-rasm To’plangan mablag'lar (milliard so’m)
7
6
Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi. 
7
Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1424


2019-yilda operatsion xarajatlarning operatsion daromadga (CIR) ulushi 64,6% 
ni tashkil etdi. 2024-yilgacha biznes jarayonlarini avtomatlashtirish va ma’muriy 
xarajatlarni optimallashtirish hisobiga bu ko’rsatkichni 45,8 foizga kamaytirish 
rejalashtirilgan. 
7-rasm CIR (%)
8
Bankning maqsadli biznes modeli: Davlat dasturlarini amalga oshirish bank, 
birinchi navbatda, hozirgi keng mijozlar bazasi - hududlardagi davlat dasturlari 
ishtirokchilariga xizmat ko’rsatishni maqsad qilgan. Bank ushbu mijozlarga davlat 
dasturlari doirasidagi kreditlarni ham, oʻzaro sotish yoʻli bilan qoʻshimcha mahsulot 
va xizmatlarni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Keng filiallar tarmog'i va faol 
rivojlanayotgan masofaviy yo’llar tufayli bank boshqa banklarning vakolatxonalari 
mavjud bo’lmagan chekka hududlarda ham aholi uchun bank xizmatlaridan 
foydalanish imkoniyatlarini oshiradi. Bank davlat dasturlari doirasida yillar davomida 
to’plangan mijozlar tajribasini qi’llagan holda undan. mijozlar ko’lami kengaytirishda 
foydalanish o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan Mijozlar bilan o’zaro hamkorlik 
tajribasiga asoslangan jamlangan ma’lumotlar orqali bankka mijozlarning xizmat 
ko’rsatish, aloqa kanallari va boshqalar bo’yicha o’z afzalliklarini tahlil qilish imkonini 
beradi. 
Bank, shuningdek, fermerlar va ularning mahsulotlarini ulgurji va chakana 
xaridorlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni osonlashtirish uchun fermerlar bozorini 
yaratishni ko’rib chiqmoqda. 
XULOSA 
Aksiyadorlik jamiyatining turli toifadagi rahbarlari, yetakchi mutaxassislari va 
xodimlari mehnatini eng yangi texnologiyalarni, shuningdek, hisoblash texnikasini 
qo’llash orqali maksimal darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur. 
Moliyaviy strategiyaning to’g‘ri belgilanishi va o’z vaqtida to’liq amalga oshirilishi 
korporativ tuzilmalaming kelajakda ham raqobat kurashida ustun bo’lishini 
ta’minlaydi. Umuman, tijorat tashkilotlari strategik muvaffaqiyatini ta’minlashda 
moliyaviy strategiya muhim rol o’ynaydi. Korxonalarda o’z faoliyat sohasiga ko’ra 
turli xil moliyiy strategiyalarni joriy qilishi va qo’llashi mumkin. Tavsiya etiladan 
muhim strtegiyalardan alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 
-
moliyaviy rejalashtirishiga ko’ra 
-
moliyaviy maqsadlariga ko;ra 
-
maqsad belgilanishiga ko’ra 
8
Aksiyadorlik jamiyatining biznes rejasi asosida ishlab chiqildi. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.848
May 2023 / Volume 4 Issue 5
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1425


-
davriyligiga ko’ra 
Koxona moliyaviy strategiyasini ishlab chiqishda o’zining xususyatlaridan va 
moliyaviy boshqaruvchilaridan kelib chiqqan holda tanlashi va amalga oshirishi 
mumkin. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə