Aktabgacha kichik, o‘rta va katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodlari va vositalari. Reja



Yüklə 36,1 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü36,1 Kb.
#141201
Maktabgacha kichik, o‘rta va katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodlari va vositalari


2-Mavzu: Maktabgacha kichik, o‘rta va katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodlari va vositalari.
Reja:

  • Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning vazifalari.

  • Maktabgacha o‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari.

  • Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun rivojlantiruvchi markazlarda ishlash usullari.

Tayanch tushuncha va iboralar: Ta'lim, tarbiya, bilish faoliyati, fan, shaxs, til, tafakkur, nutq, mantiqiy, ijodiy fikrlash, usul, og‘zaki usul, ko‘rgazmalilik usuli, amaliy usul, o`yin, ijodiy ish, evristik, o‘zaro hamkorlik, kuzatish, suhbat.
1. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Uch-besh yoshli bolalarda kattalarning mehriga, ularning tushunishiga va u bilan muloqot qilishiga ehtiyoj saqlanib qoladi. Kattalarga nisbatan ishonchga asoslangan muloqot va uning emotsional ahvolini (quvonch, zavq-shavq, qayg‘u, xotirjamlik, jahldorlik va h.k.) his qilishga, kayfiyat o‘zgarganligi sabablarini tushunishga qodirlik rivojlanadi. Kattalar bilan muloqotning yangi shakli – qiziqarli mavzularda muloqot qilish vujudga keladi va rivojlanadi. U dastlab kattalar bilan birgalikdagi bilish faoliyatiga (masalan, o‘yin, predmetlar va o‘yinchoqlar bilan tajriba o‘tkazish, qog‘ozdan va tabiiy materialdan narsa yasash va boshq.) qo‘shilib ketgan, so‘ngra, bola hayotining beshinchi yili oxiriga kelib muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmagan bilish mavzularidagi «nazariy» muloqot ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Bolalarning katta yoshli odam bilan muloqotga bo‘lgan ehtiyojining qondirilmasligi ular o‘rtasida emotsional jihatdan begonalashuvga olib keladi. U turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: ba’zi bolalar indamas, hurkak, arzimagan narsaga ham yig‘lab yuboruvchi bo‘lib qoladilar; boshqalari esa – negativizm, tajovuzni namoyon qilishadi. Bola hayotining to‘rtinchi yilida tengdoshi uning uchun eng avvalo, birgalikdagi amaliy faoliyat (rasm chizish, narsa yasash, tuzish 80 va h.k.) ishtirokchisi, o‘yindagi sherik sifatida qolaveradi. Bola tengdoshiga eng oddiy talablar, iltimoslar bilan murojaat qiladi va tengdoshining harakatiga baho beradi. Besh yoshli bolalar tengdoshlarining hadeb u yoki bu narsani so‘rab, jonga tegishini salbiy baholaydi. Besh yoshga kelib, tengdoshlari bilan muloqotga va ular bilan bolalar jamiyatini vujudga keltiradigan birgalikdagi o‘yinlarga bo‘lgan ehtiyoj keskin ortadi. Bola hayotining beshinchi yiliga kelib, u o‘z tengdoshlari o‘rtasida o‘z o‘rnini anglay boshlaydi. Kommunikativ ko‘nikma rivojlanadi: bola salomlashadi va xayrlashadi, do‘stini ismini aytib chaqiradi, to‘rt-besh yoshlarga kelib – sherigini u o‘ynayotgan rol nomi bilan chaqiradi («hoy, shofyor, arqon g‘ildirakning tagiga tushib ketdi»). Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish bolaga o‘zining «men»ini anglash imkonini beradi. Aynan muloqotda «men» obrazining shakllanishi ro‘y beradi. Qulay tarbiya sharoitlarida, ya’ni kattalar va tengdoshlari bolaga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘layotganida uning ma’qullanishiga, ijobiy bahoga, tan olishga bo‘lgan ehtiyoji qondiriladi. Salbiy muloqot tajribasi tajovuzga, o‘ziga nisbatan ishonchsizlikka, odamovi bo‘lib qolishga olib keladi. Bolaning o‘ziga-o‘zi baho berishi, odatda yuqori bo‘ladi. Kichik bolakay o‘z shaxsini haddan tashqari yuqori baholashi tabiiy, o‘rinlidir va bu kimdir uning shaxsiy xususiyotlarini salbiy baholagan («qizg‘anchiq») yoki uning xulq-atvorini, faoliyatini qandaydir bir ideal bilan, masalan tengdoshi bilan taqqoslagan taqdirda, shaxsni himoya qilishning o‘ziga xos mexanizmi hisoblanadi. Yosh o‘tishi bilan bolaning o‘z aytgan so‘zlariga va xatti-harakatlariga, shuningdek, faoliyatning har xil turlaridagi o‘z imkoniyatlari va yutuqlariga mos tarzda baho berish rivojlanadi. Besh yoshga kelib o‘zi sodir etgan xatti-harakatlarni ularning boshqa odamning va uning o‘zining jismoniy va emotsional ahvoli uchun keltirib chiqaradigan oqibatlari nuqtayi nazaridan baholashi mumkin. Unga «Agar men birovga yomonlik qilsam, bu unga ham, menga ham yoqmaydi, ikkimiz ham xafa bo‘lamiz. Agar men yaxshi ish qilsam, ikkovimiz ham xursand bo‘lamiz» degan fikr-mulohazaning mazmuni tushunarli bo‘ladi. Bolada qiziqishlar va qadriyat 81 yo‘nalishlari, o‘g‘il bolalar va qizlarga xos bo‘lgan muayyan faoliyat turlarini va o‘zini tutish usullarini afzal ko‘rish shakllana boshlaydi (masalan, qizaloqlar qo‘g‘irchoq o‘ynashsa, o‘g‘il bolalar mashinalarni o‘ynaydilar va h.k.). Uch yashar bola nutqini rivojlantirishga oid vazifalar: – bolaning imkon doirasi va undan tashqaridagi nutq vositalari bilan faol muloqotga kirishishi, kattalarning savol va takliflariga javob berishi, o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifoda qilgan holda tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishga intilishini qo‘llab-quvvatlang; – tengdoshlari ishlariga qiziqishi, o‘z taassurotlarini ular bilan o‘rtoqlashishni istashi, o‘yin harakatlari, ro‘y berayotgan hodisaga munosabatini nutq bilan ifodalashga qiziqishini rag‘batlantiring; – bolangizning lug‘at zaxirasini kishilar, o‘simliklar, oziq-ovqatlar, kiyim-boshlar, mebellar, uy hayvonlari, o‘yinchoqlar, narsa-buyum qismlari (ko‘ylak yengi, cho‘ntaklari va yoqasi; mashina eshigi va g‘ildiragi kabilar) nomlari bilan boyitib boring. Gapda so‘zlarni birbiriga to‘g‘ri bog‘lashni (masalan, «Uyda ketdi» emas, «uyga ketdi», «Kecha boraman» emas, «Bugun boraman») o‘rgatishga alohida e’tibor bering; – bolalarni unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgating. 2. Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirishning metodik masalalari. Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti to‘laqonli ijtimoiy rivojlanishning muhim shartidir. Shundan kelib chiqqan holda, bolada muloqotga intilish, muloqot bo‘yicha sheriklarining talabiga javob berish, ijtimoiy jihatdan o‘zini tutishga moslashuvchanlik va xushmuomalalilik kabi xislatlarni tarbiyalamoq zarur. Kattalar (ota-onalar, pedagoglar) shuni tushunishlari lozimki, qator holatlarda salbiy muloqot tajribasi bolani biron-bir harakatga undamaydi, balki bolani insoniy munosabatlar olamida o‘zini ko‘rsatishdan «aynitadi», himoya mexanizmlari – o‘zi bilan insoniy olam o‘rtasidagi «devor», atrofdagi olamni «ko‘rmaslik» paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin: bola odamlar haqidagi savollarga javob bermaydi, suratlarda odamlarni «ko‘rmaydi», odamlar va hayvonlarni tasvirlovchi o‘yinchoqlar bilan o‘ynamaydi. Muloqotdan 82 faol bosh tortayotgan bolaning dunyosiga qo‘pol aralashish salbiy oqibatlarga va tajovuzga olib keladi. Salbiy kechinmalar cho‘qqisida o‘ziga nisbatan tajovuz tug‘uladi. Bolaga oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotsida psixologik jihatdan qulay bo‘lishi, uning kattalar va tengdoshlari o‘rtasida emotsional jihatdan qulay muhit yaratish, ular bilan o‘zaro munosabatlardan quvonch va zavq olishlari uchun quyidagilar zarur: - bolaga kattalar va tengdoshlarining turli emotsional holatdagi hissiyotlari va kechinmalari olamini ochib berish; - bolaning boshqa bolalar bilan ishongan holatda muloqot qilishi uchun sharoit yaratish; - quvonchli, qayg‘uli, xotirjam, emotsional holatini ko‘rish va tushunishga bo‘lgan intilishni rivojlantirish; - o‘zini tutib turish va g‘azab, qo‘rquv, jahl hislarini ijtimoiy jihatdan maqbul shaklda namoyon qilishni rivojlantirish (boshqa bolani turtmaslik, urmaslik, o‘yinchoqni qo‘ldan tortib olmaslik va h.k.); - jamiyatda qabul qilingan muloqot usullaridan foydalanish ko‘nikmasini tarbiyalash: ochiq chehra bilan salomlashish va xayrlashish, o‘z iltimos va takliflarini xushmuomalalik bilan bildirish; yordam berganlik, mehmon qilganlik uchun, o‘yinchoqni berib turganlik uchun minnatdorchilik izhor qilish; o‘rtog‘ining iltimosiga xushmuomalalilik bilan javob qaytarish; javobini xotirjamlik bilan tinglash; o‘rtog‘ini xafa qilmaydigan ohangda o‘z noroziligini izhor qilish. Pedagogik ishlar to‘g‘ri tashkil qilinganida maktabgacha yoshdagi bola besh yoshga kelib ijtimoiy rivojlanishning quyidagi ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi: - insoniy munosabatlarni tushunadi, atrofdagilarning unga nisbatan yaxshi va yomon munosabatlarini his qiladi va anglaydi; otaonasining, tengdoshining emotsional ahvolidagi o‘zgarishlarni payqaydi; diqqat-e’tibor, hamdardlik izhor qiladi; - «men xohlayman!» vaziyatga oid bevosita istagini to‘xtatib turishga qodir. Empatiya (hamdardlik) va emotsional ekspressiya (quvonch, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash) xususiyatidagi kechinmalar bola xulq-atvori va muloqotining tartibga soluvchisiga aylanadi; 83 - bolalar barqaror o‘yin birlashmalariga kirishi mumkin, muloqotda va birgalikdagi faoliyatda quvonch, zavqlanish, qayg‘u va boshqa holatlarni ifodalash uchun emotsional ekspressiv nutqiy va nonutqiy vositalardan foydalanadi. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur. 3. Nutqiy muloqotni rivojlantirish. Bolalardagi ko‘plab nutqiy muloqot va ko‘nikmalar mashg‘ulotlardan tashqarida shakllanadi. Maktabgacha ta’limda bolalarning kattalar (pedagoglar, tibbiyot hamshiralari, tarbiyachi yordamchisi va boshq.) bilan muloqoti har xil faoliyat turlarida ro‘y beradi. Mehnat jarayonida - xo‘jalik-maishiy, qo‘l va qishloq xo‘jaligi mehnatida bolalarning lug‘ati boyiydi, aniqlashadi va faollashadi. O‘yin faoliyati mobaynida pedagog ularda mustaqil nutqiy faoliyatni shakllantiradi. Bolalarda lug‘at, mashg‘ulotlarda olingan bilim mustahkamlanadi va faollashadi. O‘yinlarda pedagogning ishtirok etishi lug‘atning boyishiga, nutqiy muloqot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi. Qurilishga oid o‘yinlarni tashkil etish jarayonida tarbiyachi bolalar uchun qiyin bo‘lgan so‘zlarning (sifatni, miqdorni, hajmni va narsalarning fazoda joylashuvini belgilash va boshq.) katta guruhini aniqlashtiradi, faollashtiradi. Matnli, harakatchan musiqiy o‘yinlar, sahnalashtirish o‘yinlari bola nutqining ifodaliligini shakllantirish, to‘g‘ri sur’at, nafas olish, yaxshi diksiyani mashq qilishda yordam beradi. Ko‘pgina o‘yinlar jarayonida bolalar badiiy matnlar bilan tanishadilar, esda saqlab qoladilar va ularni mustaqil ravishda qo‘llay boshlaydilar. Didaktik o‘yinlar yordamida bolalarda atrof olam haqidagi bilimlar mustahkamlanadi, lug‘at mustahkamlanadi, aniqlashtiriladi va faollashtiriladi. Didaktik o‘yinlar nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni mashq qilishda (ibora tuzish, so‘zni o‘zgartirish, hikoya to‘qish va h.q.) qo‘llaniladi. Maishiy faoliyat bolaning kattalar bilan muloqoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Maishiy faoliyat nutqni rivojlantirish vosi- 84 tasi bo‘lib xizmat qilishi uchun pedagog uni boshqarishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan maishiy faoliyat jarayonida (ovqatlanish, kiyinish, gimnastika, sayohat va h.k.), ya’ni agarda pedagog, ayniqsa, kichik guruhlar pedagogi maishiy buyumlar nomlarini, ularning qismlari, sifati, xususiyati, qo‘llanish maqsadini batafsil tushuntirsa, ular bilan tegishli harakatlarni amalga oshirsa va buni sharhlab bersa, bolalarga savol bersa, ularga maishiy lug‘atdan foydalanishni o‘rgatsa bolalarning lug‘ati boyiydi. Agarda pedagog o‘z nutqida tashbeh, qiyoslash, sinonimlar, xalq og‘zaki ijodi (maqollar, matallar, sanoq she’rlar)dan keng va mohirona foydalansa, uning nutqi bosiq va ifodali bo‘ladi. Bolalar badiiy adabiyoti bolalarni har tomonlama rivojlantirishning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi, u bolalar nutqini rivojlantirish va boyitishga ulkan ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar kitoblari she’riy obrazlarda bolaga jamiyat va tabiat hayotini, insoniy his-tuyg‘ular va munosabatlar dunyosini ochib beradi hamda tushuntiradi. Badiiy so‘z bola nutqini boyitadi, uni obrazli, ifodali qiladi, jaranglayotgan ona nutqning go‘zalligini tushunishga yordam beradi. Maktabgacha ta’limda nutqni rivojlantirishning muhim vositasi sifatida badiiy so‘zdan tashqari tasviriy san’at, bayramlar va tomoshalardan foydalaniladi. Ularning qimmati shundaki, u ijobiy hissiyotlarni hosil qiladi, bu esa o‘z navbatida tilni o‘zlashtirish darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Quvonch hissi, hayajonlanganlik, ko‘tarinkilik holati, g‘ayrioddiy narsani kutish bolalarning qabul qilish qobiliyatini oshiradi, materialni eslab qolishni kuchaytiradi, bolalar nutqining ifodaliligiga ta’sir ko‘rsatadi. Suratlar, amaliy san’at buyumlarini tomosha qilishda bolalar ko‘p savol beradilar, olgan taassurotlarini atrofdagilarga aytishga oshiqadilar. Bolalar kun bo‘yi mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, xo‘jalik-maishiy va mehnat faoliyatida o‘z pedagoglari bilan muloqotda bo‘ladilar. O‘z-o‘zidan maktabgacha ta’limda nutqiy muhitni rivojlantirish imkoniyatlari butunlay pedagog nutqining sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Maktabgacha davrdagi kichik yoshli bolalarni nutqiy tarbiyalash uchta o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq sohani tashkil etadi. 85 Bular: – atrofni o‘rab turgan olamdagi hodisalarni (real voqelikni) anglash va so‘z bilan belgilash; – atrofdagilar bilan aloqalarni va nutqiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish; – tilni (uning ovoz tarkibini, lug‘atni, grammatik qurilishini) oddiy anglash. 4. Kichik yoshdgi bolalar uchun mashg‘ulotlar ishlanmasi. Mashg‘ulot – maktabgacha ta’limda o‘qitishning asosiy shakli sanalib, u hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Mashg‘ulot tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi mashg‘ulotda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarni esa aniqlab, mustahkamlaydi, bolalarning amaliy mashg‘ulotini tashkil etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar guruhlari bilan bog‘liqlikda mashg‘ulotlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Kichik yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir. Katta va tayyorlov guruhlaridagi mashg‘ulotlar orqali bolalarda tashabbuskorlik va mustaqillik, bilimga qiziquvchanlik, faol tafakkur qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosalar chiqarish kabi malakalar tarkib toptirib boriladi. Bolalarda kuzatuvchanlik, mas’uliyat hissi takomillashtirib boriladi, ularda aqliy mehnat qilish malakasi va xohishistagi tarbiyalanadi. Mashg‘ulotlarda ta’lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo‘r berishni talab etadi, ya’ni u bolaning faol harakatlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg‘ulotga tayyorlanishda bolaning yoshi, imkoniyatini e’tiborga olish zarur. Shuningdek, mashg‘ulotning vaqti, kun tartibidagi o‘rni, dasturning har bir bo‘limlarini to‘g‘ri almashtirib turishni oldindan o‘ylab, aniq belgilab olish zarur. Har bir yosh guruhida necha marta mashg‘ulot o‘tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg‘ulot yosh guruhlari bo‘yicha 86 necha daqiqa davom etishi «Bolajon» tayanch dasturida ularning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilab berilgan. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur. Didaktik maqsadiga ko‘ra mashg‘ulotlar quyidagi turlarga bo‘linadi: yangi bilim va ko‘nikmalarni hosil qiluvchi mashg‘ulotlar, o‘zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlovchi mashg‘ulotlar, nazorat mashg‘ulotlari va majmuaviy mashg‘ulotlar.
1. O‘rta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vazifalari. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishda tevarak-atrof bilan tanishtirish va nutqni rivojlantirish bo‘yicha olib boriladigan ishlar katta o‘rin egallaydi. Bu ishlar faqat mashg‘ulotlardagina amalga oshirilmasdan, balki bolalarning kundalik hayotida ham, mehnat faoliyatida va o‘yin faoliyatida amalga oshiriladi.  bolaning o‘z qarindoshlari, qo‘shni tengdoshlari shaxsiga va faoliyatiga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash, birgalikdagi o‘yinlarda ularning dialogik nutqini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish;  turli muloqot vositalari, ya’ni so‘z, yuz ifodasi (imo-ishora) dan muayyan vaziyatni hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan holda foydalanishni o‘rgatish;  bolalarning ertak va kichik hikoyalarni so‘zlab berishga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash;  bolani «tovush», «so‘z», «gap» atamalari bilan tanishtirish kabilardan iborat. O‘rta guruhda bolaning narsa (buyumlar) to‘g‘risidagi bilimlarini chuqurlashtirish bo‘yicha mukammal ish olib borish ko‘zda tutilgan. Bu guruh bolalarining faol lug‘ati narsalarning nomlarini, qismlarini, ularning sifatlarini va xususiyatlarini (rangi, shakli, uzunligi, tashqi ko‘rinishi va boshqalar) hamda fazo va vaqtni bildiruvchi so‘zlar hisobiga boyib boradi. Bolalarning o‘z nutqlarida umumlashtiruvchi so‘zlarni, ya’ni kiyim-kechak, oyoq kiyim, mebel, idish-tovoqlar, sabzavotlar, meva- 91 lar, gullar, qushlar, hayvonlar va hokazolarni ishlatishga o‘rgatiladi; tanish buyumlarni guruhlashga va ularni tasniflashga (idish tovoqlar, choy idishlar, ovqat suzadigan idishlar, oshxonada ishlatiladigan idishlar, oyoq kiyimlar, qishki va yozgi kiyimlar) o‘rgatiladi. 4–5 yoshli bolalar jamiyat hayotining ayrim hodisalari bilan tanishtiriladi, kishilar mehnati, ularning kasblari, mehnat qurollari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirilib boriladi va buning natijasida ularning lug‘atlariga mehnat faoliyatining xususiyatlarini, ishchilar (mehnatkashlar) o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarini bildiruvchi so‘zlar kiritib boriladi. O‘rta guruhda ona shahriga, qishlog‘iga bo‘lgan qiziqish va muhabbatni tarbiyalash davom ettiriladi. Ularning nutqida jamoat binolarining nomlarini bildiruvchi so‘zlar faollashtirib boriladi: pochta, maktab, do‘kon, kinoteatr va hokazolar, faollashtirib boriladi hamda shahar va qishloqlarni, obodonlashtirish bo‘yicha olib boriladigan mehnat faoliyatlarini bildiruvchi so‘zlar hisobiga (yangi ko‘prik qurishyapti, shahar bog‘i tashkil qilindi) lug‘atlari boyitib boriladi. Bola tilining lug‘at tarkibini egallash bilan birga uning grammatik qurilishini ham egallay boshlaydi. O‘rta guruh yoshdagi bola nutqi uchun quyidagi xususiyatlar xosdir: Bola besh yoshga yetganda uning faol lug‘ati boyib, munosabat doirasi kengayib, oddiy yoyiq gaplardan foydalana boshlaydi. So‘z turkumlaridan otni tez o‘zlashtiradi, vaqt, son shaxs kabi kategoriyalardan foydalanadi, sodda va murakkab jumlalar tuzadi. To‘rt yoshli bolalar o‘z nutqlarida bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar, otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladilar. Otlardan so‘ng so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlarni o‘zlashtira boshlaydilar. Lekin yangi o‘zlashtirilgan so‘zlarni hamma vaqt ham yangi grammatik shaklda eslab qola olmaydi, yoyiq gapdan foydalangan vaqtda uning mazmuni va shaklini tekshirib ulgira olmaydi. Fe’llarning zamonga qarab o‘zgarishini (hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon) tezda to‘g‘ri o‘zlashtirib ololmaydilar, nutqlarida fe’llarning zamon qo‘shimchalarini almashtirib yuboradilar. Ayrim bolalar nutqida gaplaridagi so‘zlar bir-biriga to‘g‘ri bog‘lanmaydi, ayrim so‘z turkumlarini tushirib qoldiradilar. To‘rt yoshli bolalarni so‘zlashuv (dialog) nutqiga o‘rgatishda bolalarga berilgan savollarga bitta-bittadan javob berishga, jamoa bo‘lib so‘zlashishga, suhbatda qatnashishga, o‘rtog‘ining javobini qunt bilan tinglashga va savollar berishga o‘rgatiladi. O‘rta guruhda bog‘lanishli nutqni rivojlantirishda yangi vazifa, ya’ni hikoya qilishga o‘rgatish kiritiladi. 4–5 yoshli bolalarni buyumlarni tasvirlashga (o‘yinchoqlarni, o‘simliklarni, kiyimlarni), ularning o‘ziga xos belgilarini aytishga, bolalarga tanish bo‘lgan qisqa ertaklarni (masalan: «Echki bolalari bilan»), mashg‘ulotlarda birinchi martda o‘qib berilgan uncha katta bo‘lmagan hikoyalarni qayta hikoya qilishga o‘rgatiladi. 4–5 yoshli bolalar nutqning tovush tomoni ayrim xususiyatlari bilan ajralib turadi: birinchi xususiyati shundan iboratki, ular boshqa kishilar nutqidagi tovushlarni tez idrok etadilar, ikkinchi xususiyati esa tovush talaffuzidagi kamchiliklarni sezish qobiliyati yetarli rivojlanmagan bo‘ladi va uchinchi xususiyati hali bolalarda artikulatsiya apparati yetarli darajada rivojlanmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarda nutq, tovush madaniyatini tarbiyalash asosan fonematik eshitishni va ona tilidagi hamma tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni shakllantirishga qaratilgandir. Nutqning mazmundorligi, intonatsion ifodaliligi, ovoz kuchi, tempi, so‘zlarda urg‘ularni to‘g‘ri ishlatish, gapirganda to‘g‘ri nafas olish, va chiqarishni ham tarbiyalash zarur. Ayniqsa, hushtakli (s-z), shovqinli (sh, j, ch) va sonor tovushlarni (l, r) to‘g‘ri talaffuz etilishiga alohida ahamiyat berish kerak. O‘rta guruhda bolalarning badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishi rivojlantirib boriladi. Ularga kitob o‘qib beriladi, hikoy qilinadi, kitobdagi rasmlarni ko‘rib chiqish, uni to‘g‘ri idrok qilish o‘rgatiladi. Tarbiyachi bolalarga asar mazmunini tushunib olishiga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholay olishga yordam beradi, badiiy so‘z jozibasini his eta olish qobiliyatini tarbiyalaydi. Bolalarni qisqa she’rlarni badiiy aytishga va xotirada saqlab qolishga (yod olishga) o‘rgatadi. 2. O‘rta yoshdagi bolalar nutgini o‘stirishning metodik masalalari. Ilk turdagi nutqiy rivojlanishda 4–5 yoshdan maxsus tayyorgarliksiz hikoya qilib berish boshlanadi. Bolalar sehrli ertaklar 93 va bo‘lgan voqealarni bir-biriga so‘zlab beradilar, o‘yinchoqlardan foydalangan holda o‘ziga xos hikoyalar to‘qiydilar. Agarda bola yetti yoshida tanish an’anaviy ertakni (“Zumrad va Qimmat», “Egri va To‘g‘ri» kabi) mustaqil hikoya qilib bera olsa, o‘yinchoqlar, sur’atlar asosida kichik og‘zaki insho to‘qiy olsa bular uning nutqi yetarli darajada rivojlanayotganini bildiradi. Bola nutqini ma’nodosh, shakldosh va ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtiruvchi nomlar bilan boyitishga harakat qiling. Unga yangi so‘zlarni o‘zlashtirishiga yordam bering. Bolada to‘g‘ri gapirishga intilishni qo‘llab-quvvatlang. Bolaning so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishiga ahamiyat bering. - tez aytish va qisqa she’rlarda tovushlarni to‘g‘ri ifodalashiga erishing. Uning ifoda, intonatsiya sur’ati va baland-pastligiga rioya qilishga o‘rgating. Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha katta yoshga yetib bola eng oddiy notiqlik sirlarini o‘rgana boshlaydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qiladi, u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushlardan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir. Ota-onalarning vazifasi esa farzandi nutqining to‘g‘ri rivojlanishi uchun g‘amxo‘rlik qilishdan iborat. Katta guruh bolalarining kuzatgan voqeani esda saqlashi asosida nutqni rivojlantirishga yordam beruvchi hikoyasi ham samarali ekanligi namoyon bo‘ldi. Ko‘rganlarini esda saqlash asosida hikoya tuzish bilan bir qatorda, o‘ylab, tasavvur etish, hikoya qilish ham nutq o‘stirishning samarali usullaridan sanaladi. Tasavvur etish kichik va o‘rta yoshdagi bolalarda o‘yin, ko‘rish, rasm chizish vositasida paydo bo‘lsa, nutq faoliyatida katta yoshida tarkib topa boshlaydi va ijodiy xususiyat kasb etadi. Bola bunda hikoyani o‘zi yaratadi, ijod qiladi, qahramonlarining harakatlarini o‘ylab topadi. Bu faoliyatda o‘ylash, o‘ylab topish, ijod qilish muhim sanaladi. Bunda dastlab tarbiyachi hikoyani boshlab berishi, so‘ng bolalar davom ettirishi mumkin. Ana shu davom ettirish, tugallash jarayonida 94 bola o‘ylaydi, ijod qiladi. O‘ylash, hikoya mazmunini «to‘qish»da bolalar voqea bo‘lgan joy, vaqti, mazmuni, qahramonlarning xattiharakatlariga alohida e’tibor beradilar. Ayniqsa, mazmun bilan birga bolalarning nutq shakliga e’tibor beriladi. To‘rt yoshli bolalarni mashg‘ulotlarda o‘rgatish ayrim xususiyatlari bilan o‘ziga xosdir. To‘rt yoshli bolalarning fizologik va psixologik jihatdan rivojlanishida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Biroq bu yoshdagi bolalarning diqqati beqaror, irodasi kuchsiz bo‘lib, tashqi va tasodifiy vaziyatlar ta’siri ostida tez-tez o‘zgarib turadi, histuyg‘ulari kuchli bo‘lib, buning natijasida qobiliyati shunchalik tez pasayadi. O‘rta guruh yoshdagi bolalarda zarur bo‘lgan nutq malakalarini shakllantirish ko‘p martda takrorlashni talab etadi (masalan: aniq tovush talaffuzini tarbiyalashda, nutq ma’lum bir grammatik shakldagi so‘zdan foydalanishda, surat asosida tasviriy hikoya tuzishda, she’r yod oldirishda). Har bir takrorlangan material bolalarda qiziqish uyg‘otishi va diqqatini o‘ziga tortishi kerak. Nutqni o‘stirish mashg‘ulotlarida bolaning o‘zi gapiradi, tarbiyachining tushuntirishlari va o‘rtoqlarining javoblarini tinglaydi. Lekin to‘rt yoshli bolalarda biror mavzuda hikoya qilib berish yoki tengdoshlarining nutqini tinglash qobiliyati endigina shakllanib borayotgan bo‘ladi. Bu xususiyatlarni tarbiyachi har doim mashg‘ulotlarni rejalashtirishda, uni o‘tkazishda hisobga olishi shart.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Maktabgacha yoshdagi bola nutqning grammatik tizimi qanday shakllantiriladi?
2. Muloqotning qanday vositalarini bilasiz?
3. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan muloqot qay tarzda
amalga oshiriladi?
4. Maktabgacha katta yoshdagi bolalar uchun qanday
mashg‘ulotlar ishlanmasi tavsiya etilgan?
5. Muloqot, til va nutqning tahlili va rivojanish asoslari haqida
nimalarni bilasiz?
Yüklə 36,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə