Аl вukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi


O‘rta asrlar Evropasida Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə26/341
tarix21.10.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#129553
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   341
Àl âukhari university nodavlat oliy ta’lim muassasasi 2

O‘rta asrlar Evropasida Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari.
Ba’zida “Uyg‘onish davri” atamasi keng ma’noda uzoq muddat davom etgan ma’naviy va ijodiy turg‘unlikning o‘rniga keluvchi tez, intensiv madaniy rivojlanish ma’nosida tushuniladi. VIII-IX asrlardagi Karolinglar Renessansi, Evropada shaharlar taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda ro‘y bergan XII asr Renessansi, shuningdek, gruzin, eron, arman, arab, hind, xitoy Renessansi haqida so‘z borganda atama ayni keng ma’nosida qo‘llaniladi deyish mumkin. Tor ma’noda esa XIV asrda SHimoliy Italiyada boshlanib, XVI asrda G‘arbiy Evropaning kattagina qismiga yoyilgan hamda Antik madaniyat ideallari va qadriyatlarining qayta “uyg‘onishi”, qayta qadr topishi bilan tavsiflanuvchi davr tushuniladi. “Uyg‘onish davri” atamasi xuddi “O‘rta asrlar” kategoriyasi singari nafaqat xronologik, balki ma’naviy mazmunga ham ega. Mazkur davrni “O‘rta asrlar”dan ham, “Yangi davr”dan ham ajratib turadigan aniq chegarani belgilash imkonini beruvchi uning o‘ziga xos jihati ko‘proq ma’naviy hayot sohasida namoyon bo‘ladi. Agar ushbu o‘ziga xoslik ko‘zdan qochirilsa, “Uyg‘onish davri”ni yo “O‘rta asrlar”, yo “Yangi davr”ning qismi sifatida olib qarash yoki bo‘lmasa, ularning o‘zaro almashinuv paytidagi nomustaqil davr o‘laroq baholashga to‘g‘ri keladi.
Har qanday hayot voqe’ligiga mutlaqning majozi namoyon bo‘lish shakli o‘laroq qarash bu davrning eng asosiy ma’naviy xususiyati sanaladi. O‘rta asrlarda xudo ayro holda, yangi davrda olam xudodan alohida tasavvur qilindi. Uyg‘onish davrida esa xudo va olam munosabatlari Foma Akvinskiy tushuntirganidek, “oqibatdan sababga” yo‘naltirilgan tarzda emas, aksincha, obrazdan proobrazga, majozdan ma’noga, hodisadan mohiyatga tomon yo‘nalgan tarzda talqin etildi. Bruno va Kampanella hayotlariga o‘lim xatari tahdid qilgan kezlarda ham, hatto qiynoqlar ostida jon taslim qilganlarida ham o‘zlarining haqiqatga nisbatan shaxsiy qarashlari va borliqni ilmiy bilish borasidagi huquqlari uchun emas, insonning, olam va undagi narsalarning ilohiy qadr-qimmati uchun kurashganlar. Ular bu qarashni nafaqat inkvizitsiya, balki tabiatdan yaxlit, to‘laligicha iste’mol qilish tarafdori bo‘lgan endigina etishib kelayotgan korchalon tadbirkorlar oldida ham qat’iy turib himoya qilganlar. Uyg‘onish davrida ro‘y bergan tabiatga munosabatning o‘zgarishi Nikolay Kuzanskiyning: “Olam – markazi hamma joyda, chegarasi esa hech qaerda bo‘lmagan sfera (soha) dir”, degan so‘zlarida yaqqol ifodasini topadi. Garchi mazkur ta’kid Neoplatonizmni yuzaga keltirgan bo‘lsa ham, uni uyg‘onish davriga yaqin deyish mumkin.
O‘rta asrlarda borliq Aristotel metafizikasi va Ptolamey kosmologiyasiga muvofiq ravishda cheklangan, o‘tib bo‘lmas “qo‘zg‘almas yulduzlardan iborat makon” ko‘rinishida tasavvur etilgan. O‘sha zamonlar insonining aqli ham, tasavvuri ham cheksizlik oldida ojiz qolgan. Ta’bir joiz bo‘lsa, cheksizlik O‘rta asrlar tafakkurini sarosimaga solgan deyish mumkin. Ehtimol shundan ham ular olamni o‘z aqliy imkoniyatlariga mos holda cheklangan shaklda tasavvur qilgan bo‘lsalar ajabmas. Garchi Yer olam markazida tursa ham, unga oy ostidagi nur singan ko‘rinishda tushadigan (nur erga oy orqali tushishi nazarda tutilmoqda) borliqning qismi deb qaraganlar. O‘rta asrlar odamini orzu-umidga to‘la nigohini ko‘kka qadagan inson obrazida tasvirlash mumkin. Aniqrog‘i, ular – “O‘rta asr kishilari” – o‘z istak va intilishlari ro‘yobini osmon bilan bog‘lab, o‘lim esa uning badali deb bilganlar. Jism to‘siqlariga (materiyaning) erdan yulduzlar ruhi tomon qochish lozim bo‘lgan. Obrazli qilib aytganda, yangi davrga kelib olam hech qanday chek va chegaraga ega emas deb tushunildi. Aql va iroda garchi cheksizlikni tan olsa-da, hali-hanuz undan sarosimada edilar. Hamon aql cheksizlikni to‘la tasavvur qilishga ojiz edi. SHu sababdan yangi davrda insoniyat fanni qalqon qilib ko‘tardi. Markazning yo‘qligi boshlang‘ich nuqtaning, ma’noning, hayot tayanchlarining yo‘qligini anglatardi.
Uyg‘onish davriga kelibgina insoniyat anglanmagan tarzda bo‘lsa-da, cheksizlik haqida o‘ylab ko‘ra boshladi. Uyg‘onish davri kishisi tabiatning har nuqtasida xudo namoyon, “har jabhada markaz mavjud”, shuning uchun ham butun olam tayanch, hayot va ma’noga to‘la, deb hisoblardi. Uyg‘onish davri mutafakkirlari jonli mavjudotlarning cheksiz darajada turli-tuman shakllarini bilishgan, shuning uchun ham har qanday olam sayyoralar va yulduzlarda hayot kechirish uchun qulay shart-sharoit mavjud deb hisoblashgan. Ular kosmosni xalq bilan to‘la muhabbat va uyg‘unlik hukmron bo‘lgan go‘zal shahar sifatida tasavvur qilganlar. Tabiatga munosabat masalasida XIX asr romantiklari va Shellinggacha bo‘lgan davr yangi zamon falsafasining uyg‘onish davridan ko‘ra O‘rta asr tafakkuri bilan yaqinligi ko‘proq ko‘zga tashlanadi: tabiatga nisbatan yuqoridan turib past nazar bilan qaralgan, nari borsa, unga befarq munosabatda bo‘lingan. Insoniyatning ehtiyoji, ayniqsa, moddiy ehtiyojini qondirish uning eng asosiy vazifasi sanalgan.
Tabiat oldidagi ulkan hayrat, uning ulkan e’tirofi, haqiqiy bilimga chanqoqlik va tabiatga ham shu yo‘sinda munosabat bildirish, uyg‘onish davri dunyoqarashining o‘ziga xos xususiyatlari o‘laroq namoyon bo‘ladi. Tabiatni bilish hamda u orqali o‘zlikni va uning yaratuvchisi bo‘lmish xudoni bilishni anglatgan. Uyg‘onish davrida erkakka nisbatan ayol, ayniqsa, uning yaratish – “tug‘ish”i tabiatga yaqinroq deb hisoblangan. Qolaversa, yuqoridagi tabiatga oid mulohazalar ayolga ham taalluqli. O‘rta asrlarda esa ayolga yovuzlikning uyasi deb qaralgan edi. U vaqtlarda undan mumkin qadar qochish, uni iloji boricha jilovlab turish zarur, degan fikr keng targ‘ib qilingan. Bu esa zaminiy, mislsiz go‘zallik sohibasi bo‘lmish o‘sha zamon Madonnasi timsolini yuzaga keltirdi. Bulardan tashqari, Uyg‘onish davrining quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ham ajratib ko‘rsatish mumkin:
Yunonlar va rimliklardan so‘ng Evropa sahnasiga chiqqan German qabilalari qanchalik yuksak madaniy taraqqiyotga erishgan bo‘lmasinlar, antik sivilizatsiyadan keyingi butun boshli davr uyg‘onish davri mutafakkirlari tomonidan “Varvarlar davri” deb baholandi. Bu uyqudan uyg‘ongani uchun G‘arb ko‘p jihatdan Sharq oldida qarzdor sanaladi. Uyg‘onish davridan oldingi asrda Portugaliyadan G‘arbgacha, Indoneziyadan Sharqqacha bo‘lgan hududga yoyilgan arab-musulmon olami yuksak madaniy qadriyatlar va an’analarning tashuvchisi bo‘ldi. Salb yurishlari davridayoq o‘sha zamonlarda musulmon dunyosining qalbi sanalgan
Quddusi sharifda evropalik ritsarlar o‘zlarining ma’rifatli raqiblaridan ko‘p narsani o‘rgangan edilar. Keyinchalik arab mamlakatlari bilan savdo aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, madaniy qadriyatlar, badiiy did va ilmiy-falsafiy g‘oyalarning o‘zaro almashinuviga xizmat qildi. Italyan gumanistlari O‘rta asr an’analari va qadriyatlari, ta’lim darajasi, ayniqsa, iste’moldagi til – “xalqchil lotin tili”ga varvarlikning sarqiti sifatida qaraganlar. Hali salb yurishlari davrida “haqiqiy iymon” – xudoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita murojaat, Isoning hayoti va o‘limi bilan belgilanuvchi muddat bilan cheklanardi. Evropalik ziyoratchilar esa bir qancha qotib qolgan iymon aqidalaridan chekinib, nisbatan jonliroq, nisbatan hayotiyroq shakllarini qabul qila boshladilar.Keyinchalik ruhning alanga misol intilishiga monand barcha rasmiy chegaralarni sidirib tashlaydigan yangi iymon shakllarini targ‘ib etuvchi Avliyo Bernar, avliyo Fransisk Assizskiy singari avliyolar paydo bo‘la boshladi. XIV-XVasrlarda evropaliklar xudoni anglash va diniy ma’noda o‘zlikni bilish borasida shunday nozik nuqtaga etib kelgandilarki, bunchalik o‘tkir hissiyotni na O‘rta asrlarda, na yangi davrda uchratib bo‘lmasdi. Hatto oddiy xalq ham e’tiqodning nozik jihatlarini qizg‘in muhokama qilardi. Bir to‘da Flagellantlar (Flagellantlar – “qamchilovchilar”, XIII-XIVasrlar, ayniqsa, 1348-yil “qora vabo” avjiga chiqqan paytlarda Germaniya va Italiyada keng tarqalgan tanani azoblash orqali gunohlardan poklanishni targ‘ib qiluvchi birodarlar) shaharma-shahar izg‘ib yurardi. Taqvodorlikning tashqi – inson ichki dunyosi bilan bog‘liq bo‘lmagan, cherkov vositasida amalga oshiriladigan shakli o‘z umrini o‘tab bo‘lgandi. Endi har bir kishi yaratuvchi va o‘z qalbi o‘rtasida ichki aloqa bog‘lashga intiladigan vaqtlar kelgandi. Uyg‘onish davrining etakchi mutafakkirlari o‘zlarigacha xristianlik paytlarini bid’at va irim-sirimlar zamoni deb hisoblay boshladilar. Ayniqsa, e’tiqod va o‘zlikni anglash borasida katta o‘zgarishlar fursati etganini bot-bot ta’kidlardilar.
Buyuk geografik kashfiyotlar davri. Uyg‘onish davriga kelib, madaniy hayotda ham, sivilizatsiya rivojida ham birdek katta burilish ro‘y berdi. XIV-XVI asrlarda hayot sur’atlarining keskin oshishi, Evropa xalqlari turmush tarzining tubdan o‘zgarishi, ularning tor, mahalliy hududlar chegarasidan chiqib, butunjahon miqyosida faoliyat ko‘rsatishiga sabab bo‘lgan ulkan kashfiyotlar qilindi. Bular orasida eng muhimlari sifatida kompas, porox hamda kitob chop etishning yo‘lga qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin.

  1. Kompas. Kompasning kashf etilishi dengizchilarga katta tavakkal bilan ummon orqali o‘zlariga noma’lum o‘lkalarga ham suzib borish imkonini berdi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dunyo hududining O‘rta asrlarda tasavvur qilingandan birmuncha kengligi ma’lum bo‘ldi, harakatsiz yulduzlar sohasi – qotib qolgan borliq haqidagi xayollar barham topdi. Insoniyat tafakkuri “Er qobig‘i”dan tashqariga chiqib, cheksizlik sari intilardi. Inson yangitdan o‘zini “dunyo fuqarosi” o‘laroq tasavvur qilib, “global dunyoqarash” sohibiga aylana boshladi.

  2. Porox. Evropada poroxning kashf etilishi (u kompas cingari allaqachon

Xitoyda kashf etilgan edi) bilan, uni turli vayronkor qurollar: to‘p va zambaraklar, o‘qotar qurollar yasashda qo‘llanila boshladi. Hatto Venetsiyaning zambarak va yadrodan tashkil topgan qurol-aslahalari uning harbiy qudrati ramzi va Sharq bilan o‘zaro savdo va madaniy aloqalarining tayanchi ekanligi to‘g‘risida afsona ham mavjud.

  1. Kitob chop etishning yo‘lga qo‘yilishi. Evropada birinchi marta XVasrda kitob nashr etilgan. Biroq bunday kitoblar nisbatan birmuncha qimmat va kamyob bo‘lgan. Tommazo Kampanellaning g‘ururlanib: “XVII asrda o‘tgan besh ming yildagidan ko‘ra ko‘proq kitob chop etildi”, deb aytgan so‘zlarida jon bor.

Davrning asosiy yutuqlari sirasiga yuksak mahorat bilan ishlangan haykaltaroshlik, me’morchilik va tasviriy san’at namunalarining yaratilishi, Lyuterning diniy islohoti kabilar kiritiladi. Antik falsafaning yangitdan chuqur tadqiqi Uyg‘onish davrining falsafiy fikr sohasidagi ulkan xizmatlaridan sanaladi.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   341




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə