Algebraik materiallarni o‘rganish metodikasi tazagul Sabirovna Matniyazova Xorazm viloyati, Shovot tumani, 29-maktab Annotatsiya



Yüklə 259,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix31.03.2023
ölçüsü259,16 Kb.
#103810
  1   2
algebraik-materiallarni-o-rganish-metodikasi



ALGEBRAIK MATERIALLARNI O‘RGANISH METODIKASI 
 
Tazagul Sabirovna Matniyazova 
Xorazm viloyati, Shovot tumani, 29-maktab 
 
Annotatsiya:
Boshlang‘ich sinflarda arifmetik materiallarni o‘rganib yakunlash 
algebraik materiallarni va matematika simvolikani o‘rganish bilan umumlashtiriladi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar alfavitni matematik simvol tarzida qo‘llay 
boshlaydilar. Shu orqali algebraik ifoda, tenglik, tengsizlik, tenglama to‘g‘risida 
boshlang‘ich ma’lumot oladilar. 
Kalit so’zlar:
algebra, geometrik materiallar, boshng’ich tushunchalar 
METHODOLOGY OF STUDYING ALGEBRAIC MATERIALS 
Tazagul Sabirovna Matniyazova 
Khorezm region, Shovot district, School №29 
Abstract:
Completion of arithmetic in elementary school is generalized to the 
study of algebraic materials and mathematical symbolism. In elementary school, 
students begin to use the alphabet as a mathematical symbol. In this way, they get an 
idea of algebraic expressions, equations, inequalities, equations. 
Keywords:
algebra, geometric materials, basic concepts 
Bular to‘g‘risida ma’lumot berishning asosiy maqsadi arifmetik amallarning 
mohiyatini to‘laroq ochish, shuningdek, keyingi sinflarda o‘rganiladigan algebra fani 
uchun zaruriy tayyorgarlikni amalga oshirishidir. 
Lekin, algebraik misollarni yechish algebra qoida va qonuniyatlarga 
asoslanmasdan arifmetik qoidalarga asoslanadi. 
Masalan, 3+a=10 dan a qo‘shiluvchini topish no’ma’lum komponentni topish 
qoidasi bilan yechiladi. 
Algebra materiallarini o‘rganish algebraik ta’riflarga asoslanmaydi. 
Ma’lumki, boshlang‘ich sinf dasturining asosiy mazmuni natural sonlarni 
og‘izaki va yozma raqamlash va ular ustida 4 arifmetik amallarni bajarish malakasini 
berishdir. Shuning uchun 1-sinfdan boshlab sonlarni o‘qish va yozish malakalari bir 
necha bosqichga bo‘lib o‘qitiladi. 
Masalan, 10 ichida og‘zaki va yozma raqamlash, 100, 1000 va ko‘p xonali 
sonlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Sonli ifodalar deganda sonni biror amallar 
bilan birlashtirilgan yoki alohida yozilgan bir xonali, yoki ikki xonali yoki ko‘p 
xonali sonlarni o‘qish va yozishni tushunamiz. 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
664


Geometrik materiallarni o‘rgatish metodikasi 
Mavzu bo‘yicha o’quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga talablar: 
Har bir o’quvchi: 
– I–V-sinflar uchun matematika kursi bo‘yicha geometrik materiallarni 
o‘rganish vazifalarini; 
– Matematika boshlang‘ich kursiga kiritilgan geometrik xaraktyerdagi 
masalalarni hamda ularni o‘rganish tartibini; 
– Geometrik materiallar bilan tanishuv tufayli o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi 
arifmetik masalalarni; 
– Geometrik tasovvurlarni shakllantirish metodlari va usullarini; 
– O‘quvchilar tomonidan yechish jarayonida geometrik xaraktyerdagi 
masalalarni o‘zlashtirib olishga xizmat qiluvchi mashqlarni ; 
– Geometrik materiallarni o‘rganish davomida foydalaniladigan ko‘rgazmali 
qo‘llanmalar va didaktik o‘yinlarni; 
– Geometrik mazmundagi masalalarning o‘zlashtirilishini tekshirishning turlicha 
ko‘rinishlari,shakli va usullarini bilishi kerak. 
Shuningdek har bir o’quvchi: 
– O‘qitish davomida geometrik elementlar bo‘lgan arifmetik materiallarning 
o‘zaro aloqasining tatbiq etilishini bilishi; 
– Geometrik tasavvurlarni shakllantirish metod va usullarini maqsad sari 
yo‘naltirib, qo‘llay olishi; 
– Geometriya elementlari bo‘lgan mashqlarni tanlab olabilishi va maqsad sari 
yo‘naltira olishi; 
– Geometrik misollarni o‘rganishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali qo‘llanmalar 
va didaktik o‘yinlardan foydalana olishi; 
– 
Geometriya 
elementlarini 
o‘zlashtirishni 
tekshirishning 
turlicha 
ko‘rinishlarini,shakl va usullarini qo‘llay olishi; 
– Тekshiruv maqsadlariga mos sinov topshiriqlari va mustaqil ishlarni tuza olishi 
kerak. 
Geometriya materialini o‘rganish metodikasining umumiy tavsifnomasi 
(xarakteristikasi) 
Geometrik material boshlang‘ich sinflar uchun mustaqil bo‘lim sifatida o‘quv 
dasturiga kiritilmaydi. O‘quv jarayonida geometriya elementlarini o‘rganish bilan 
bevosita bog‘lab olib boriladi. 
Geometrik mazmundagi masalalarni yechish, hisob-kitobga o‘rgatish davomida 
geometrik figuralardan, didaktik material sifatida foydalanish - bularning barchasi 
o‘quvchilarning geometrik taasurotlarini mustahkamlashga imkon beradi. 
Geometrik materiallarni o‘rganish: 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
665


– 
Geometrik 
figuralar haqidagi tasovvurlar 
zahirasini 
to‘plashga 
(kengaytirishga); 
– fazoviy fikrlashni taraqqiy ettirish,tahlil qilish, umumlashtirish, tasovvur etish 
ko‘nikmalarini shakllantirishga; 
– muhim amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga; 
– bolalarni keyinchalik geometriyani o‘rganishga tayyorlashga xizmat qiladi. 
«10 gacha bo‘lgan raqamlarni raqamlash» mavzusini o‘rganishda bolalar nuqta 
va kesmalar bilan tanishadilar,ulardagi uchburchak, to‘rtburchak, beshburchaklar va 
boshqa ko‘pburchaklar haqidagi tushunchalari kengayadi. 
«100 raqamigacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirish» mavzusini o‘rganishda 
esa to‘g‘riburchak, to‘g‘riburchakli to‘rtburchak, kvadratlar, ko‘pburchaklarning bir 
ko‘rinishi sifatida o‘rganadilar . 
2- va 3-sinflarda geometrik figuralari haqida tasavvur kengayadi va 
chuqurlashadi. Bunday tasavvurlarni shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan 
foydalanish mumkin: 
a) Geometrik figuralar va ularning elementlari chiziladi. (Bu holatda zaruriy 
atamalar o‘rganiladi, geometrik figuralarni tanib olish va o‘zaro farqlash 
ko‘nikmalari shakllanadi. 
b) Katak daftarda chizg‘ich va uchburchak figuralarni yasash. 
d) Figuralarni guruhlarga ajratish. 
e) Figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa figuralar yasash. 
f) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish. 
g) (3-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o‘qiy olish 
ko‘nikmalarini shakllantirish. 
Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida geometrik tasavvurni shakllantirish 
metodikasida ma’lum shakldagi real predmetdan uning tasviri tomon va aksincha, 
tasvirdan real predmet sari bormoq kerak.
Geometrik elementlarni o‘rganishda quyidagi metodlardan masalan; geometrik 
modellashtirishdan foydalanish, qog‘oz, cho‘plar, plastilin va simlardan figuralarning 
modellarini yasash, qog‘ozda geometrik figuralarni chizish - bolalar ongida 
geometrik tasovvurni rivojlantirishga omil bo‘ladi. Bunday sharoitda materialning 
turi, rangi, o‘lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda figuralarni 
shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini (shakli, geometrik 
sifatlarini) aniqlay olsinlar. Shunga diqqat qaratish kerakki, o‘quvchilar geometrik 
figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu figuralar tasavvurning to‘g‘ri 
bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, to‘g‘riburchakli to‘rtburakni o‘rganish jarayonida 
bolalar uning ikki asosiy sifati-to‘rtburchak ekanligi va burchaklari to‘g‘ri ekanligini 
tushunib yetishlari kerak. 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
666


Geometriyaning maktab kursida uning asosiy tushunchalari sinfdan sinfga 
o‘tgan sari o‘zgarib boradi, Masalan, «kesma», «burchak»,»ko‘pburchak» kabi 
tushunchalar noaniq tushunchalar guruhiga kiradi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilariga «Uchburchak nima?» deb savol berish noto‘g‘ri bo‘lar edi.Lekin bu 
savolni boshqa shaklda, «Uchburchak haqida nima deya olasiz?» degan savolga 
bolalar o‘z bilimi doirasida javob bera oladilar (uchburchakning uchta burchak, uchta 
tomonlari bor). 
Quyi sinf o‘quvchilarini geometrik figuralar bilan tanishtirishni erta boshlashga 
bo‘lgan harakat nafaqat dasturiy talablarni oshirishga, shu bilan birga materialni 
noto‘g‘ri o‘zlashti-rishga qadar xatolarga yo‘l qo‘yishga, masalan,o‘quvchilar 
kvadratning to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak ekanligini sezmaydilar, ko‘pburchakli 
figuralar hisobiga faqat besh-olti burchakli figuralarni kiritadilar. 
Boshlang‘ich sinflarda geometrik materialni o‘rganishda bolalar eng oddiy 
tushunchalar: to‘g‘ri va to‘g‘ri bo‘lmagan burchaklar, ko‘p burchakli figuralar 
(burchaklar soniga ko‘ra uchburchak, to‘rtburchak, beshburchak) bilan tanishadilar.
Mashg‘ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to‘g‘ri 
to‘rtburchak, to‘rtburchak yoki ko‘pburchakli figura deb atay olsinlar. 
Geometrik materialni o‘rganishda chizma va o‘lchov asboblarini qo‘llash, oddiy 
chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog‘liq bo‘lgan 
muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko‘nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. 
Bunday xolatlarda bajarilayotgan ishlarni so‘zlar bilan tariflay olish, dasturda ko‘zda 
tutilgan simvolika(belgi,ramz) va atamalarni qo‘llay olish muhim ahamiyatga egadir. 
Shuni ham nazarda tutish g‘arurki, boshlang‘ich sinflarda olingan geometrik 
figuralarni yasash va o‘lchashga doir ko‘nikmalar bolalar ongida uzoq vaqtlar 
saqlanib qoladi. 
Qurilmalarning aniqligi va o‘lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida 
boshlang‘ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o‘quvchilari chizg‘ich 
yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqlik bilan o‘lchash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari 
kerak.Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini muntazam 
kuzatib borish zarur bo‘ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar 
oldiga yozish va hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo‘yish 
kerak. 
Chizish va o‘lchashga oid ko‘nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va 
izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, 
mehnat darsi, tasviriy san’at, tabiatshunoslik mashg‘ulotlaridan ham foydalanish 
lozim. 
O‘quvchilarni geometrik figuralar bilan tanishtirish metodikasi. 
Mavzuni o‘rganishdan maqsad. 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
667


1. Nuqta, kesma, burchak, ko‘pburchak, to‘g‘riburchak, kvadrat kabi geometrik 
figuralar haqida aniq tasavvurlarni shakllantirish. 
2. Chizish asboblari yordamida va ularsiz geometrik figuralar yasash uchun 
amaliy tajriba va ko‘nikmalarni shakllantirish. 
3. O‘quvchilarning fazoviy tasvvurlarini rivojlantirish.
Boshlang‘ich 
sinflar 
o‘quvchilarining 
geometrik 
figuralar 
haqidagi 
tasovvurlarini shakllantirish metodikasi yuqorida zikr etilgan vazifalar alohida 
qo‘yadi va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
I bosqich (tayyorlov) - Bolalarda bo‘lgan geometrik figuralar haqidagi umumiy 
tasovvurlarni aniqlash. (bolalarning hayotiy tajribasi, model figuralardan foydalanib, 
amaliy ishlarni bajarish). 
II bosqich - O‘quvchilar bilan amaliy ishlar asosida ularda geometrik figuralar 
haqidagi tasovvurlarni shakllantirish. 
III bosqich – O‘rganilgan materialni xotirada mustahkam saqlab qolish uchun 
figuralar yasashga oid maxsus tanlangan mashq va masalalarni bajarish. 
O‘quvchilarda geometrik figuralar haqidagi umumiy tasavvurlari» 10 gacha 
bo‘lgan sonlarni o‘rganish» mavzusini o‘tish davomida yana bir bor aniqlanadi. 
Dastlab bu figuralar (aylana, uchburchak, kvadrat va hokazolar) materiali sifatida 
foydalaniladi. Unda bolalar hisob - kitobni bunday figuralar yordamida, masalan, 3 ta 
kvadrat, 8 ta aylana, 5 ta uchburchak kabi, katta yoki kichik uchburchaklar, qizil yoki 
zangori doiralarni sanash yo‘li bilan, olib boradilar. 
Bunday sharoitda geometrik figuralarning nomlari va talaffuziga diqqat 
qaratiladi. «Kesma» haqida gap borganda, o‘qituvchi yaqin atrofdagi predmetlar – 
(qalam, chizg‘ich)dan foydalanib, kesmani qog‘ozda qanday tasvir etish lozimligini 
ko‘rsatadi. 
Bolalar mavjud materiallardan – (doska yoki stolning qirrasi), so‘ngra, 
geometrik figuralardan (uchburchak tomonlari) kesmalarni topishni o‘rganadilar. 
Bunday holatda bolalarni «nuqta» va «kesma» tushunchalarini aniq ko‘rsata olishga 
o‘rgatish juda muhimdir .Kesmalarni yasashga oid ko‘nikmalarni shakllantirish 
jarayonida chizmalarning aniqligi va sifatiga talabni kuchaytirish kerak. Dastlabki 
onlardanoq chizg‘ich, qalam, qo‘lning holatining to‘g‘ri bo‘lishini nazoratda ushlash 
lozim. Bolalarni kesmalar yasashga o‘rgatishga doir mashg‘ulotdan kichik parcha 
keltiramiz. 
Bolalar o‘qituvchining topshirig‘i bilan katak daftar sahifasi boshidan 2 ta va 
chapdan 3 katak tashlab, nuqta qo‘yadilar. So‘ngra bu nuqtadan o‘ngga 5 pastga 2 
katak tashlab, 2 nuqtani qo‘yadilar. So‘ng bu nuqtalarni chizg‘ich yordamida 
birlashtiradilar (chizg‘ichni chap qo‘l bilan ushlab,o‘ng qo‘l bilan chizadilar). 
So‘ng daftarning yuqori qismida bir nuqtani tanlab, uni yasalgan kesmaning 
chap tomonidagi nuqtasiga tomon yana bir tik kesma tushiradilar. 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
668


Bolalarning to‘g‘ri burchak bilan tanishtirishda shunday amaliy mashqni 
bajarish mumkin: 
O‘qituvchi bolalarga bir varaqdan qog‘oz olib, uni avval o‘rtasidan buklashni, 
so‘ng yana bir bor buklashni ko‘rsatadi . 
Bu ishlarni o‘qituvchi bajarganda hamma bolalar ko‘rib turishi lozim. So‘ng 
bolalarga hosil bo‘lgan burchak - to‘g‘ri burchak modeli ekani tushuntiriladi. 
O‘qituvchi burchakning balandligi va tomonlarini ko‘rsatadi. 
So‘ng suhbat o‘tkaziladi: 
– qanday figura hosil bo‘ldi? (Тo‘g‘ri burchak). 
– uning tomonlari va balandligini ko‘rsating. 
-Endi o‘zingiz yasagan to‘g‘ri burchakni solishtiring 
Buning uchun ularning birini ikkinchisi ustiga shunday qo‘yingki, tomonlari bir-
biriga to‘g‘ri kelib burchakning quyi qismi ikkinchi burchakning quyi qismiga 
joylashsin. (o‘quvchilar ham o‘qituvchi bilan birga burchaklarni taqqoslaydilar); 
– Burchakning boshqa tomonlari haqida yana nima deyish mumkin.(Bu 
tomonlar ham mos tushdi) 
– Тo‘g‘ri burchaklar teng keldi.O‘zingiz yasagan uchburchakdan to‘g‘ri 
burchakni toping.(burchaklarni bir-biri ustiga qo‘yib, uchburchakdagi burchak ham 
to‘g‘ri ekanligini aniqlaydilar). 
Qo‘llarida bo‘lgan to‘g‘ri burchak modeli bilan ushbu tasvirdagi to‘g‘ri 
burchaklarni aniqlab, uning balandligi atrofini bo‘yash topshiriladi. 
Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan ko‘pburchaklar ichida to‘g‘ri burchak va 
uning ko‘p uchraydigan ko‘rinishi bo‘lgan kvadrat alohida o‘rinni egallaydi. 
O‘quvchilar har qanday kvadrat to‘g‘ri burchak ekanligini va aksincha har qanday 
to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat emasligini tushinib olishlari kerak. 
Тo‘g‘ri burchakni o‘rganishga bag‘ishlangan mashg‘ulotdan bir parcha har bir 
o‘quvchiga har xil rangga bo‘yalgan turlicha to‘g‘ri to‘rtburchaklar solingan konvert 
beriladi.
Suhbat: 
– Bu figuralar nima deb ataladi (to‘rtburchaklar). 
– Model yordamida ularning to‘g‘ri burchaklarini toping va o‘sha joyni bo‘yang; 
– Ikki to‘g‘ri burchagi bo‘lgan to‘rtburchakni toping. Ikki to‘g‘ri burchakli 
to‘rtburchakni ko‘rsating va to‘g‘ri bo‘lgan balandligini yonidan bo‘yang. 
– Uchta to‘g‘ri burchagi bo‘lgan ko‘pburchakli figurani toping. (O‘quvchilar 
bunday to‘rtburchaklarning hamma bo‘lagi to‘g‘ri ekanligini anglaydilar.) 
– Тo‘rt burchagi to‘g‘ri bo‘lgan to‘rtburchaklar to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklar 
deyiladi. Bolalar to‘g‘ri burchaklarning balandligi yaqinini bo‘yaydilar va 
o‘qituvchiga ko‘rsatadilar.
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
669


O‘quvchilar to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklarning muhim va muhim bo‘lmagan 
sifatlarini anglab olishlari uchun ba’zi vaqtlar dars mashg‘ulotlari davomida o‘yin 
sifat mashqlarni bajarishlari mumkin. Masalan:»Ortiqcha figurani olib tashla» 
mashqida bolalar to‘rtburchaklarning muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini 
topishlari uchun amaliy ko‘nikma beradi. 
Bolalarga har xil materiallardan yasalgan va turli ranglarga bo‘yalgan 
ko‘pburchaklar namoyish etiladi. 
– Xo‘sh, bu figuralarning qaysi belgisi barchasi uchun umumiydir?(Hammasi 
to‘g‘ri burchakli ko‘pburchaklardir.) 
– Qaysi figura ortiqcha? 
– Nega?(1,2,3,5 figuralarda to‘rtta tomon bor) O‘qituvchi bu figurani olib 
tashlashni taklif etadi. 
– Qolgan figuralarning o‘zaro farqi nimada? 
– Bu figuralarning umumiy sifatlari nima?(ularning ranglari turlicha,turli 
materialdan, qog‘ozdan va kartondan yasalgan) 
– Bu figuralar qanday nomlanadi? (to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklar.) 
– Nega olib tashlangan figurani to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak deb atash mumkin 
emas? (chunki,uning 6ta tomoni bor -to‘g‘ri burchaklarda esa 4 tomon va 4 burchak 
bo‘ladi) 
Bunday mashqlar bolalar ongida eng muhim tushuncha-to‘g‘rito‘rtburchak 
belgilarini mustahkamlaydi. 
Birinchi sinf o‘quvchilari bu tushunchani chuqurroq tushunib olishlari uchun 
shunday o‘yin o‘tkazish mumkin. 
O‘quv qurollari ichida turli o‘lchamdagi va rangdagi to‘g‘ri burchakli 
to‘rtburchaklar shakli ko‘rsatiladi shulardan bittasi to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak 
emas.
Bolalar bilan shunday suhbat olib boriladi. 
– Bu qanday figuralar?(Тo‘g‘riturtburchaklar ularda 4ta burchak va 4ta tomon 
bor). 
– Bu figuralarning qay biri ortiqcha? 
– Agar beshinchi figurani olib qo‘ysak qolganlarini qanday atash 
mumkin?(Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar) 
– Nega shunday deb atash mumkin?(Chunki ularning 4 burchagi to‘g‘ri 
burchakdir). 
– Beshinchi raqamli figurani nega bu guruhga qo‘shib bo‘maydi? Unda ham 
to‘rt tomon bor-ku! (Chunki, burchaklarning barchasi to‘g‘ri burchak emas) 
Mashqni bajarish davomida turli rangli, bir-birdan o‘lchamlari bilan farq 
qiluvchi, turlicha joylashtirilgan to‘rtburchaklardan foydalaniladi. 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
670


Тo‘g‘ri burchak belgilarini tushunib olish uchun bolalar bilan quyidagi 
mashqlarni bajarish tavsiya etiladi:
1. Chizmalar ichida, oddiy, hayotiy muhitda to‘g‘ri to‘rtburchakni boshqa 
figuralardan ajrata olish. 
2. Тo‘g‘ri to‘rt burchaklarni uning belgilari bo‘yicha topish. 
3. Boshqa geometrik figuralardan to‘g‘ri to‘rtburchak yasash.
4. Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar yasash.
Quyidagi amaliy ishlarni tashkil etish foydali hisoblanadi. 
Bolalar 71-rasmda tasvirlangan figuralar tasviri tushurilgan kartochkalarni 
oladilar. Barcha to‘g‘ri to‘rtburchaklarni bo‘yab, raqam sonlarini daftarga yozish 
tavsiya etiladi.
Kvadratni to‘g‘ri burchak deb ham, keyinroq ko‘pburchak deb atash mumkin 
ekanligi «Nomini ayting!»Uyinida ham o‘z tasdig‘ini topishi mumkin.O‘qituvchi 
paketdan figurani olib bolalarga faqat uning belgilarini aytadi va bolalardan bu nima? 
deb so‘raydi.Masalan: 
– Mening qo‘limda qizil rangli figura,uning to‘rt burchagi, to‘rt balandligi va 
to‘rt tomoni bor. Bu qanday figura?(Bu to‘rtburchak) 
– Mening qo‘limda kartondan yasalgan sariq figura bor.Uning 4 tomoni, 4 
balandligi va 4 burchagi bor.uning hamma burchaklari to‘g‘ri burchak bu figuraning 
nomi nima?(Bu - to‘g‘ri to‘rtburchak). Rasmlar. 
– Mendagi to‘rtburchak figuraning ikki burchagi to‘g‘ri burchak uni to‘g‘ri 
burchakli to‘rtburchak deyish mumkinmi? (Yo‘q, to‘g‘ri bo‘lganda barcha 
burchaklari to‘g‘ri bo‘lishi kerak).»Ortiqcha figurani olib tashla» o‘yinida ham 
foydalansa bo‘ladi. Doskaga turli rangli to‘g‘ri to‘rtburchak ilinadi.Undan ikkitasi 
kvadrat. 
– Bu figuralar nima deb ataladi? (Тo‘rtburchaklar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar). 
– Nima uchun bunday deb ataladi? Chunki to‘rttala burchagi teng, to‘rt tomoni 
bor. 
– Bulardan qay biri ortiqcha? (zangori to‘rtburchakni olib tashlansa, ikkita 
kvadrat qoladi). 
– Qolgan figuralar kvadrat ekanini kim isbotlab bera oladi? (to‘rt tomoni 
o‘lchanadi, agar ular teng bo‘lsa, demak, kvadrat). 
Bolalarga yana shunday topshiriq berish mumkin.: doskaga uchta kvadrat ilib 
qo‘yiladi. O‘quvchi ularning tomonlarini o‘lchab, bir-biriga solishtirishni taklif etadi. 
Bolalar tomonlarni o‘lchab, uchchala kvadrat o‘zaro teng ekanini bilib oladilar. 
Model to‘g‘ri burchak yordamida barcha burchaklarni to‘g‘ri bo‘lgan to‘rt 
burchaklarni topadilar: 
Bu figuralarni bir so‘z bilan nima deb atash mumkin? (Тo‘rtburchaklar) 
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
671


– Ularning ichidan qay biri ortiqcha? (Qizil). O‘qituvchi qizil rang figurani olib 
tashlaydi. 
– Yashil va zangori figuralarni nima deb ataymiz? (Kvadratlar). 
– Yana qanday atash mumkin? (Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar) 
– Nima uchun qizil rang figurani kvadrat deb atay olmaymiz? (Barcha 
burchaklari to‘g‘ri teng emas) 
– Demak, yashil va zangori figuralarni kvadratlar deb ataymiz. Daftaringizga 
kvadrat chizib, qizil qalam bilan bo‘yang. 
Bunday topshiriqlarni bajarib, o‘quvchilar kvadratning muhim belgilarini anglay 
boshlaydilar. Kvadrat tomonlari teng to‘rtburchak bo‘lib, bolalar endi uning u qadar 
muhim bo‘lmagan belgilari - rangi, materiali, o‘lchamlariga ham diqqat qaratishga 
o‘rgana boshlaydilar.
Boshlang‘ich matematika dasturida geometrik material katta o‘rinni oladi. 
Geometrik materialni o‘rganishning asosiy maqsadi geometrik figuralar (nuqta, 
to‘g‘ri va egri chiziq, to‘g‘ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko‘pburchak, aylana va 
doira) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi 
munosabatlari haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to‘la tizimini 
tarkib toptirishdan iborat. 
Gеоmеtrik figurаlаr hаqidаgi fаzоviy tаsаvvurlаr, gеоmеt-rik figurаlаrni 
chizmаchilik vа o‘lchаsh аsbоblаri yordаmidа vа bu аsbоblаrning yordаmisiz 
o‘lchаsh vа yasаshlаrning аmаliy mаlаkаlаrini (ko‘zdа chаmаlаsh, qo‘ldа chizish vа 
hоkаzо) tаrkib tоptirilаdi; o‘quvchilаrning nutq vа fikrlаshlаri shu аsоsdа 
rivоjlаntirilаdi. 
O‘quvchilаrdа gеоmеtrik tаsаvvurlаrni tаrkib tоptirish, ulаrni chizish vа 
o‘lchаsh mаlаkаlаri bilаn qurоllаntirish, ulаr tаfаkkurini rivоjlаntirish mаsаlаlаrigа 
gеоmеtriya elеmеntlаrini o‘rgаtishdа qo‘llаnаdigаn o‘qitish mеtоdlаri jаvоb bеrаdi. 
Gеоmеtriya 

Yüklə 259,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə