qisman o‘zlashtirib taqlid qilib yuradi. O‘qituvchi biror bo‘limni tugatib,
mustahkamlash bosqishini o‘tayotganda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni qay
darajada o‘zlashtirganligini aniqlash uchun “Ertakdagi haqiqat” usulidan
foydalansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda o‘quvchilarning ko‘pchiligiga
tanish bo‘lgan asar qahramonlaritanlanadi va dars jarayonida ishtirok etadi.
Masalan, Angliyadagi Hogvord – “Sehrgarlar maktabi”
dagi voqyelikni olish
mumkin. Hogvord maktabining asosiy qoidasi misol qilinadi, ya’ni sehrli tayoqcha
(sinfdagi har bir oquvchi hisobga olinadi) yordamida o‘quvchiga savol yoki
topshiriq yo‘llash mumkin. “Sehrli tayoqcha”ga avvaldan savol yozilgan qog‘oz
skoch yordamida o‘ralgan bo‘ladi. O‘quvchlardan eng faoli, ya’ni
Garri Poter
“sehrli tayoqcha”sini sinfdoshlariga yo‘llab javob beruvchi o‘quvchini
aniqlaydi.O‘quvchi o‘zininig ”Sehrli tayoqchasi”dagi savolni o‘qiydi. Javobi to‘liq
bo‘lmasa, parta qatorlariga ko‘ra o‘quvchilar guruhlanib eng to‘g‘ri javobni
aytishga harakat qiladi. To‘g‘ri javob bergan guruh a’zolari o‘qituvchi tomonidan
berilgan rag‘batlantirish jeytonlarini to‘plab boradilar. Dars yakunida g‘olib guruh
aniqlanadi va a’zolari rag‘batlantiriladi.
Ahamiyati: o‘quvchilar savollarga tezkorlik bilan javob berishga intiladilar.
Chunki ertak yoki asar qahramoni bo‘lib darsda ishtirok etish o‘quvch o‘smirlar
uchun juda qiziqarli jarayondir. Ularda mustaqil ravishda mantiqiy fikrlash, fikrini
erkin ifoda qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Ertakdagi biror qahramonga aylangan
o‘smir
javob berolmaslikdan uyalib, haqiqatga-ilm olishga ishtiyoqi kuchayib
borayotganini baholari ijobiy bo‘la boshlaganda sezadi. Ilm o‘rganishga doimiy
intilish rivojlanadi.