Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

Ahamiyati:
Iqtidorli va iste’dodli oquvchilar aniqlanadi. O‘smir yoshdagi 
o‘quvchilar 
she’r va g‘azallarni nazariy hamda mazmuniy badiiy tahlil 
qilish
orqali mantiqiy fikrlashga o‘rganadi. She’riyatni tushunib borib, qo‘liga 
qalam ham tutadi. 
“Nazariy 
tahlil” 
o‘yini. 
Bu 
usuldan 
g‘azallarni 
o‘rganishda 
foydalaniladi.
 
G‘azal o‘quvchilar tomonidan ifodali o‘qilgach, quyidagilarni 
aniqlaydilar: 
1.
Misra nechta? 
2.
Bayt nechta? 
3.
Qofiyadosh so‘zlarni yozing. 
4.
Radifni aniqlang (radif yo‘q bo‘lsa, “yo‘q” deb yozadi). 
5.
G‘azal zanjirini tuzing. 
6.
She’riy san’atlarni aniqlang. 
7.
Lug‘atdan so‘zlarni o‘rganing. 
8.
Qaysi vaznda va bahrda yozilganini aniqlang. 
Ahamiyati:
G‘azal yoki she’rni nazariy tahlil qilish o‘quvchi uchun juda oson 
bo‘lganligidan ko‘pincha sinfda o‘zaki bajarib, uyda yozib keladilar. Birinchi 
nazariy tahlil,ikkinchi mazmuniy badiiy tahlilni bajarish orqali o‘quvchilar javob 
berishda faol bo‘ladilar, o‘ziga ishonch paydo bo‘ladi. Hyech ikkilanmay 
taqdimotda ishtirok etadilar. 
“Ertakdagi haqiqat” o‘yini.
Bu usuldan barcha fanlarning mustahkamlash 
bosqichida foydalanish mumkin. Qo‘llanish tartibi: O‘quvchilar badiiy adabiyot 
o‘qiganda asardagi yetakchi qahramon ruhiy olamiga boshqa obrazlarga qaraganda 
oson kirib ruhan uyg‘unlashib ketadi. Natijada asarni o‘qib bo‘lgandan keyin ham 
bir necha kun sevimli qahramonining xayoloti bilan yashaydi, xulqi,fe’l-atvorini 


qisman o‘zlashtirib taqlid qilib yuradi. O‘qituvchi biror bo‘limni tugatib, 
mustahkamlash bosqishini o‘tayotganda o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni qay 
darajada o‘zlashtirganligini aniqlash uchun “Ertakdagi haqiqat” usulidan 
foydalansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda o‘quvchilarning ko‘pchiligiga 
tanish bo‘lgan asar qahramonlaritanlanadi va dars jarayonida ishtirok etadi. 
Masalan, Angliyadagi Hogvord – “Sehrgarlar maktabi” dagi voqyelikni olish 
mumkin. Hogvord maktabining asosiy qoidasi misol qilinadi, ya’ni sehrli tayoqcha 
(sinfdagi har bir oquvchi hisobga olinadi) yordamida o‘quvchiga savol yoki 
topshiriq yo‘llash mumkin. “Sehrli tayoqcha”ga avvaldan savol yozilgan qog‘oz 
skoch yordamida o‘ralgan bo‘ladi. O‘quvchlardan eng faoli, ya’ni Garri Poter 
“sehrli tayoqcha”sini sinfdoshlariga yo‘llab javob beruvchi o‘quvchini 
aniqlaydi.O‘quvchi o‘zininig ”Sehrli tayoqchasi”dagi savolni o‘qiydi. Javobi to‘liq 
bo‘lmasa, parta qatorlariga ko‘ra o‘quvchilar guruhlanib eng to‘g‘ri javobni 
aytishga harakat qiladi. To‘g‘ri javob bergan guruh a’zolari o‘qituvchi tomonidan 
berilgan rag‘batlantirish jeytonlarini to‘plab boradilar. Dars yakunida g‘olib guruh 
aniqlanadi va a’zolari rag‘batlantiriladi. 
Ahamiyati: o‘quvchilar savollarga tezkorlik bilan javob berishga intiladilar. 
Chunki ertak yoki asar qahramoni bo‘lib darsda ishtirok etish o‘quvch o‘smirlar 
uchun juda qiziqarli jarayondir. Ularda mustaqil ravishda mantiqiy fikrlash, fikrini 
erkin ifoda qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Ertakdagi biror qahramonga aylangan 
o‘smir javob berolmaslikdan uyalib, haqiqatga-ilm olishga ishtiyoqi kuchayib 
borayotganini baholari ijobiy bo‘la boshlaganda sezadi. Ilm o‘rganishga doimiy 
intilish rivojlanadi. 



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə