Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

To‘g‘ri javoblar









1













 
Shundan keyin har bir o‘quvchiga topshiriqli tarqatmalar tarqatiladi. Bunda 
ular 
“Mosini tanlang”
mashqini bajaradilar. O‘quvchilar har bir hikoyatga mos 
keladigan maqolni o‘z o‘rniga qo‘yadilar.
 
“Kabutar bilan zog‘” 
“Har kim oz o‘rnini bilishi lozim” 
“Maymun bilan najjor” 
“Ustoz ko‘rmagan shogird har 
maqomga yo‘rg‘alar” 
“Tuya bilan bo‘taloq” 
“Suvsizlikdan baliq o‘lsa, daryoga 
ne g‘am” 
“Toshbaqa bilan chayon” 
“Chayonning kasbi nish urmoq” 
“Dumsiz eshak” 
“Ko‘p gayugurgan –boridan quruq 
qolar” 
“Yolgonchi tuya” 
“Kasalni yashirsang, isitmasi 
oshkor qiladi” 
“Yodgor po‘stin do‘z” 
“Maqtanma g‘oz- hunaring oz” 


 
 
 


Xulosa 
Maktab – bolalarning dastlabki bilim oladigan maskani ekanligi barchamizga 
ma’lum. Shu bois, ta’lim — tarbiyaning aynan maktab davridan qattiq nazorat 
ostiga olinishi katta ahamiyatga ega. O‘quvchilarning har bir fanni mukammal 
o‘zlashtirishi ertangi kunning yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishib chiqishida 
muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilarning darsga bo‘lgan e’tibor va intilishlarini 
shakllantirish o‘qituvchi oldidagi dolzarb, ayni paytda muqaddas vazifadir. Maktab 
o‘quvchilarining har bir fanni puxta o‘zlashtirishi, yetarli ko‘nikma va bilimlarga 
ega bo‘lishida o‘qituvchidan ijodkorlik va albatta chuqur bilimdonlik talab etiladi. 
O‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan har bir darsga puxta tayyorgarlik 
ko‘rish va uni namunali darajada tashkil etish bugungi kun o‘quvchisini ta’lim 
jarayonining faol sub’ektiga aylantiradi. Deyarli barcha o‘qituvchilar kundalik 
dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyaning qaysidir shakliga murojaat qiladi. 
Bu jarayon, o‘z navbatida, o‘quvchida darsga bo‘lgan muhabbatining 
uyg‘onishiga, qiziqish va intiluvchanlik xislatlarining yuzaga chiqishiga turtki 
beradi. 
Didaktik-ta’limiy o‘yinlarning asosiy turlari: Intellektual (aqliy), harakatli va 
aralash o‘yin turlari. Fanlarning o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarda tahlil 
qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o‘lchash, yasash, sinash, 
kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki 
jamoa tarkibida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilganligi. O‘yinlar 
mohiyatiga ko‘ra, bir necha turlarga bo‘linadi. Biz dars mobaynida bularni 
qo‘llaymiz. O‘yinda ishtirok etuvchilar soniga ko‘ra didaktik-ta’limiy o‘yin turlari: 
Individual o‘yinlar, Guruhli o‘yinlar, Ommaviy o‘yinlar, Syujetli rolli o‘yinlar, 
Ijodiy o‘yinlar, Ishbilarmonlar o‘yini, ta’limiy mashqlar. O‘quvchilar faoliyatiga 
ko‘ra turlari: o‘quvchi faoliyatini o‘zlashtirishni talab etadigan o‘yinlar, bilimlar 
mustaqil qo‘llaniladigan o‘yinlar, zakovatni rivojlantiruvchi o‘yinlar. Didaktik 
maqsadiga ko‘ra: Ta’lim-tarbiya beruvchi o‘yinlar, Bilimlarni mustahkamlovchi 


o‘yinlar, O‘quv materialini takrorlovchi o‘yinlar, Bilimlarni nazorat qiluvchi 
o‘yinlar. 
O‘qituvchi o‘rni bilan ulardan foydalansa, muvaffaqiyatlarga erishib, 
o‘quvchilarning e’tiboriga tushishi aniq. Ta’limning ta’sirchanligi haqida o‘ylash 
muallimning faoliyatiga mezon bo‘lishi kerak. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə