Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

 
 


III BOB. Ishning amaliyotga tatbiqi 
3.1.
Adabiy ta’limni rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni 
o‘rganishning ahamiyati 
Pedagoglarimiz doimo ma’naviy boy bo‘lishga intilib kelganlar. Chunki 
ma’naviyat shunday bir ummonki, har bir pedagog undan kuch-qudrat olib
ilhomlanib, tafakkur imkoniyatlarini ijodiy boyitishi mumkin. Vatanni sevish, 
millatidan g‘ururlanish, ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganish va o‘rgatishda 
pedagoglarimiz “Mening tajriba va malakalarim, o‘z kasbimga bo‘lgan 
munosabatim qay darajada?”, “Hozirgi ta’lim talablariga javob bera oladigan 
mukammal bilim va salohiyatga egamanmi?” kabi savollar atrofida mushohada 
yuritishi zarur. Borliqni, o‘ta murakkab hamda tez o‘zgaruvchan hayotni yaxlit bir 
tizim sifatida o‘rganish, ro‘y berayotgan voqyea va hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘liqlikni tushunish, o‘tmish, hozirgi davr va kelajakning bir-biriga ta’sirini 
anglashda nostandart vaziyatlarda ham eng maqbul va orginal qarorlar qabul eta 
oladigan yosh avlodni tarbiyalash mas’uliyati har bir pedagogning zimmasidadir. 
Bunday ta’lim-tarbiya yo‘sinini yo‘lga qo‘yishda, albatta, pedagogik mahorat va 
kasbiy madaniyatga egalik kerak bo‘ladi. 
Maktab ta’limida namunali pedagogik mahoratga ega o‘qituvchilarimizning 
darslarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, ta’limiy o‘yinlar va AKTdan 
foydalanib tashkil qilishlari tahsinga loyiq. Lekin shunday holatlar ham uchrab 
turibdiki, har bir dars, har bir mavzuning o‘ziga xos texnologiyasini to‘g‘ri 
qo‘yishga aksariyat o‘qituvchilarimiz e’tibor bermayotganligi kishini o‘ylantiradi. 
Axir “pedagog” yetakchi degani-ku! Yosh avlodning qiziqishi, iqtidori, 
qobiliyatini maktabda shakllantirish emas, rivojlantirish kerak. Daryoda oqayotgan 
suv sokin, jimirlab yoki shiddatli to‘lqin bo‘lib oqishi mumkin. Mushohada 
qiladigan bo‘lsak, qay holatda suv manzilga tezroq yetadi? Biz adabiy ta’limda 
didaktik o‘yinlardan foydalanishning ahamiyatini alohida ko‘rsatib o‘tamiz.



Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə