Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

«Adabiy muzey» o‘yini.
Bu o‘yin ham badiiy asarni tahlil qilish jarayonida 
juda qo‘l keladi. O‘qituvchi «muzey» zallari bo‘ylab xayolan sayohat uyushtiradi. 
Har bir zal asarlarning janriga mos nomlanadi. Masalan: hozir biz siz bilan 
muzeyning «Ertaklar zali»ga tashrif buyuramiz. Bu zalda sehrli buyumlar bor. 
O‘ylab ko‘ringchi, ular kimga tegishli.
1.
Oltin tuflicha – “Bulbul” ertagidagi imperatorga; 


2.
Qizil sharf – “Kichkina shahzoda”ga; 
3.
“Pingvin” markali muzlatgich – “Shahzoda Plombir”dagi sinor 
Molteniga. 
«Hammualliflar» o‘yini.
O‘qituvchi matnni o‘qiydi yoki o‘quvchilar matn 
bilan mustaqil tanishadilar. Topshiriq: – Matnning davomini o‘ylab toping. 
Kelgusida qanday voqealar sodir bo‘lishi mumkin ekanligini o‘ylab ko‘ring.
– Qahramonlardan qaysi biri voqealarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatgan? U ishtirok 
etmasa asar mazmuni qanday o‘zgaradi?
– Sujetning rivojiga qaysi voqea ta’sir qilgan? 
«Domino» (So‘z top) o‘yini.
Bu o‘yin darsning kirish yoki mustahkamlovchi 
qismida o‘tkazilishi mumkin. O‘qituvchi biron ijodkor ismini aytadi, o‘quvchilar 
davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi harfda tugasa, o‘quvchi shu 
harfdan boshlangan so‘zni matn ichidan topib aytishi kerak. Masalan: Oybek, 
Krilov, Vadud Mahmud, Dumbadze va hokazo. 
«Maqollar zanjiri» o‘yini
. Bu o‘yinda o‘quvchilar Vatan haqidagi 
maqollardan ketma-ket aytadilar. Navbati kelganda maqol ayta olmagan o‘quvchi 
o‘yinda ishtirok etmaydi. Baliq suv bilan tirik, Odam – el bilan. Vatan qadrini 
bilmagan, o‘z qadrini bilmas. Bulbul chamanni sevar, Odam – Vatanni. Vatanni 
sotgan er bo‘lmas… 
«Davomini top» o‘yini.
Aytar so‘zni ayt, Aytmas so‘zdan…... (qayt) Aytilgan 
so‘z – otilgan….. (o‘q) Tilga e’tibor – ….. e’tibor. (elga) Tilingda bo‘lsa boling, 
Kulib turar …….. (iqboling) Til –… kaliti (dil) Tili shirinning …… ko‘p. (do‘sti). 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə