Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

“Noto‘g‘ri jumla” o‘yini 
Bu o‘yin suratlar asosida o‘tkaziladi. O‘qituvchi ma’lum adibning suratini 
tasvirlab berish jarayonida adibga tegishli bo‘lmagan jumlalarni ham ishlatadi. 
O‘quvchilar ziyraklik bilan shu jumlani topishlari lozim. 
O‘quvchilardan bu o‘yin davomida ziyraklik, sinchkovlik, kuzatuvchanlik va 
diqqat talab qilinadi. Ya’ni ular suratni kuzatish bilan birga tinglab turadilar. Har 
bir noto‘g‘ri jumlalar topa bilishi, ularning sinchkovligini, o‘ziga bo‘lgan 
ishonchini va darsga qiziqishini orttiradi. 
Bu o‘yindan faqat adabiyot darslarida emas, balki darsdan tashqari 
mashg‘ulotlarida ham foydalanish mumkin. 
1-variant: 1907-yil 17-sentabrda Qo‘qon shahrida temirchi oilasida dunyoga 
keldi. Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan «Qo‘shchinor chiroqlari» 
va “Diyonat” (1951) romani jamoalashtirish mavzusiga bag‘ishlangan. U o‘zining 
«Shohi so‘zana» (1951), Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), 
«Ayajonlarim» (1967), “Kuyov” komediyalari bilan o‘zbek dramaturgiyasi 
rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. (javob: Abdulla Qahhor. Lekin “Diyonat” romani 
va “Kuyov” komediyalari uning qalamiga mansub emas) 
2-variant: XX asr o‘zbek adabiyotining rivojiga ulkan va bebaho hissa 
qo‘shgan ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi. 
Adabiyotimizga «Tuyg‘ular» she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. “O‘ch”, “Oygul 
bilan Baxtiyor” dostonlari muallifi.
(Javob: Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek. “Oygul bilan Baxtiyor” dostoni 
uning qalamiga mansub emas) 
3-variant: 1941-yil 21-martda Qashqadaryo viloyati, Koson tumaniga qarashli 
Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Ilk she’riy to‘plami “Mitti baliqcha” deb nomlangan.
“Sohibqiron” romani muallifi. 
(Javob: Abdulla Oripov. Ilk to‘plami nomi “Mitti yulduz”, “Sohibqiron” 
roman emas, drama) 


Harakatli o‘yinlar

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə