Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

O‘yin- munozaralar
muayyan muammo bo‘yicha bahslar tashkil etilishini 
ko‘zda tutadi. 
Bahs muammoni muhokama qilish jarayonidir. Uning usuli esa guruh bo‘lib 
tadqiq qilishdir. Unda har bir ishtirokchi hamsuhbati (raqibi)ning fikrini asoslash, 
uni inkor etish orqali haqiqatni tiklashda o‘z monopoliyasini o‘rnatadi. 


Bahs munozara borishining turli variantlari mavjud: 
Evristik yondashuv
da tomonlardan biri muammoning yechimi bo‘yicha 
o‘zining yondashuvini qabul qilishga urinmasdan ishontirish metodi, ichki tuyg‘u, 
sog‘lom aqldan foydalangan holda bahs ishtirokchilarini o‘zining nuqtayi nazariga 
oqdirib oladi. 
Mantiqiy yondashuv
dagi bahsga o‘ta mustahkam mantiqiy tahlil va dalil-
isbotlar xarakterli bo‘lib, uning vositasida ishtirokchilar yakuniy xulosalarga 
keladilar. 
So‘fiyona yondashuv
. Unda tomonlardan biri o‘z raqibini donolik qilib 
mag‘lub qilishi ham mumkin. 
Avtoritar yondashuv
. Unda tomonlardan biri o‘zining obro‘sidan foydalanib, 
o‘z nuqtayi nazarini o‘tkazishi mumkin. 
Tanqidiy yondashuv
. Bahs ishtirokchilaridan ba’zilari o‘z raqibining faqat 
kamchiligi, kuchsiz o‘rni va mavqeiga diqqatni jalb qiladi va, aksincha, raqibining 
fikridagi ijobiy unsurlarni ko‘rishga intilmaydi va muammoning yechimi bo‘yicha 
o‘z takliflarini ham bera olmaydi. 
Dogmatik yondashuv
. Unda tomonlardan biri bahsni haqiqatni o‘z manfaati 
uchun o‘zining shaxsiy maqsadlariga muvofiq keladigan tomonga boshlab ketadi. 
Pragmatik yondashuv
. Ishtirok etuvchilardan biri va har bir tomon faqatgina 
haqiqatni o‘rnatish uchungina bahs yuritmaydi, balki undan o‘zlarining yashirin va 
bahs ishtirokchilariga ma’lum bo‘lmagan amaliy manfaatlariga burish uchun 
foydalanadi. 
Bahsni o‘tkazishda quyidagi qoidalarga ahamiyat berish lozim: 
opponentining o‘z fikrini asoslovchi so‘zini tinglab, kuzatib 
borishi; 
opponentini so‘zlashdan to‘xtatib qo‘yishga shoshilmasligi; 
mayda-chuyda detallarga e’tibor qaratmasligi, eng muhimini 
ko‘rishga, tushunishga harakat qilishi; 
kuchsiz ctrinlar, dalil-isbotlar, misollarni topish va tahlil qilish
opponentini o‘zidan kuchli deb hisoblamaslik; 


o‘ziga haddan tashqari bino qo‘yish va ishonishga ruju 
bermaslik; 
Qo‘rqish raqib oldida mag‘lubiyat ekanligini esda tutish. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə