Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

Imitatsion o‘yinlar. 
Bunday o‘yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari 
faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish 


majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o‘tkazish va b;), faoliyat holati va 
shartlari andoza qilib olinishi ham mumkin. 
Stsenariyda bunday o‘yin tuzilmasi to‘la yozib chiqiladi va imitasiya 
qilinadigan obyektlar va jarayonlar belgilanadi. 
Operatsion (voqeiy) o‘yinlar
. Bunday o‘yinlarda aniq o‘ziga xos voqea-
xodisaining bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o‘yinlar ish jarayoniga xos 
modellashtiriladi. 
Rol ijro etish o‘yinlari
. Unda konkret shaxsning hulqi, xatti-harakati, o‘z 
vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi. 
Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi 
o‘ynaladi. Bu o‘yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo‘ljalni to‘g‘ri baholay 
olishni o‘rgatish, o‘zining xulqiga to‘g‘ri baho berish, boshqa kishilarning 
imkoniyatlarini baholay olish va ular bilan muloqot o‘rnata olishga o‘rgatishdir. 
Psixodrama va sosiodrama
. Bu ham o‘ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy 
psixologik maqsadni ko‘zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila 
olish, boshqa kishining holatini o‘zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali 
muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi. 
Tadbirkorlik o‘yinlari texnologiyasi. 
Bu texnologiya tayyorgarlik davrini ham o‘z ichiga oladi. U stsenariyni yozib 
chiqish, vaziyat va obyektlarni shartli belgilar asosida tasvirlashdan boshlanadi. 
Stsenariy mashg‘ulotning o‘quv maqsadi, o‘rganilayotgan muammoning tavsifi, 
qo‘yilgan vazifani asoslash, o‘yinning rejasi, vaziyatning mazmuni va 
qatnashuvchi shaxslarning tavsiftni o‘z ichiga oladi. 
O‘yinga kirishish. Bu bosqichda ish rejimi aniqlanadi, mashg‘ulotning bosh 
maqsadi shakllantiriladi, muammoni qo‘yish va vaziyatni tanlash asoslanadi. 
O‘tkazish bosqichi. U o‘yin jarayonidir. O‘yin boshlangach, hech kim unga 
aralashmaydi va uning borishini o‘zgartira olmaydi. O‘yinni faqat uni 
boshqaruvchi tuzatib borishi mumkin. 


Tahlil bosqichi. O‘yin natijalari muhokama qilinadi va baholanadi. Bu 
bosqichda ekspertlarning fikrlari eshitiladi. O‘zaro fikr almashinib bo‘lingach, 
talabalar o‘z xatti-harakatlari va xulosalarini himoya qiladilar. 
Shunday qilib, tadbirkorlik va evristik o‘yinlar bo‘lg‘usi mutaxassisning 
ilmiy-ijodiy tajribalarini rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. 
Oliy maktab muammolarining tadqiqotchilari quyidagi tadbirkorlik va evristik 
o‘yin turlarini farqilaydilar: 
1.
Mutaxassislar orasida o‘z vazifalarini, dasturlar va rollarini ta?sim qilish 
asosidagi tadbirkorlik va evristik o‘yinlar. Bunday mutaxassislar sirasiga 
quyidagilar kiradi: 

kelgusida ishlash kutilayotgan muassasada faol ijodiy ishlovchilarni 
va ulami ishlab chiqishda, aniqlash bilan band bo‘lgan “vazifa tadqiqotchilari”; 

ijodiy guruhdagi barcha ishtirokchilarningfaolligi sathida shu 
guruhning o‘ziga xos katalizatorlik vazifasini bajaruvchi “faollashtiruvchilar”; 

ilmiy muammoning yechimiga yordam beradigan yo‘llar va betakror 
fikrlar taklif qiluvchi “g‘oyalar ishlab chiquvchi” talabalar; 

g‘oyalarning tug‘ilishiga va ularning boshqa ijodiy guruh a’zolari 
tomonidan idrok qilinishiga yordam beradigan “rezonator” (tarqatuvchi) , 
talabalar; 

muammoni yechishning eng maqbul (optimal) variantini qayta ishlab 
chiqish va topish bilan band bo‘lgan “nazoratchi” talabalar. 
Bunday o‘yinlarni muayyan obyektda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. 
Rahbarlar va o‘qituvchilar oldindan rollarni belgilab qo‘yadilar. Masalan, agar 
o‘yin konstruktorlik byurosining tuzilmasini o‘zlashtirishga qaratilgan bo‘lsa, 
quyidagilar belgilanadi: 
«KB boshligi»; 
«Bosh konstruktor»; 
«Ixtirochi»; 
«Opponent»; 
«chizmakash»; 


«tekshiruvchi»; 
«maslahatchi»; 
«nazoratchi» va b. 
Shundan so‘ng quyidagilar tuzib chiqiladi: 
1.
Har birining egallaydigan vazifalari va xatti-harakatlari bahosi 
bo‘yicha yo‘riqnoma; 
2.
O‘yin jarayonining asosiy davriyligi bo‘yicha dastur ishlab 
chiqiladi. 
3.
O‘yin jarayonida tortishish, musobaqalashish (bahs-munozara 
yuritish), ruhiyatining bo‘lishini ta’minlash zarur. 
O‘yin o‘tkazish chog‘ida “buyurtmachi” rolini bajaruvchi rahbar u yoki bu 
tadbirlarning bajarilish sifatiga va bu tadbirlarda rol ijro etgan (qatnashgan, ishtirok 
etgan) talabalarga baho beradi. Shu baholar asosida butun guruhning hamda 
alohida talabalarning rol ijro etishi bahosi chiqariladi. 
Bunday o‘yinlarni tashkil etish bo‘lg‘usi mutaxassis qobiliyatini diagnostika 
qilishni taqozo qiladi. Shu maqsadda talabalarni rol ijro etishlarini almashtirib 
turish ham tavsiya etiladi. Chunki har bir talaba u yoki bu rolda o‘z imkoniyatlarini 
sinab ko‘ra olsin, ya’ni “oddiy”dan “KB boshlig‘I” darajasidagi rollarni ijro 
etishga imkoniyat berilsin. 
2.
Ijodiy faoliyatning biror bosqichida muayyan strategiya, taktika va 
metodlarni qo‘llash malakasini shakllantirishga qaratilgan tadbirkorlik va rol 
o‘yinlari. 
Masalan, “
Ilmiy-tadqiqot ishlarida ma’ruza, munozara”
tarzidagi o‘yin. 
Bu o‘yindagi asosiy rollar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 
“Boshlovchilar” – o‘qituvchi, ishlab chiqarish mutaxassisi; 
“Peshqadamlar” – muhokama qilinadigan muammoning muayyan masalasi 
bo‘yicha vaziyatni tasavvur qila oladigan ma’ruzachilar; 
“Bezakchilar” – peshqadamlarning ma’ruzalari va chiqishlarini ko‘rgazmali 
tasavvur etishlari va tushuntirishlarini ta’minlovchi o‘yin ishtirokchilari. 


“Assistentlar” peshqadamlar yordamchilari bo‘lib, ular peshqadamlarga va 
opponentlarga ko‘rgazmali chiqishlariga yordam beruvchi o‘yin ishtirokchilari. 
“Rasmiy opponentlar” – peshqadamlarning maruzasi va boshqa materialar 
bo‘yicha rasmiy tanqidiy ruhda chiqish qiluvchilar; 
“Norasmiy opponentlar” – muammo bo‘yicha guruh bo‘lib yoki mustaqil 
ilmiy-tadqiqot olib boruvchi barcha boshqa talabalar – o‘yin ishtirokchilari; 
“Chalg‘ituvchilar” – korxona yoki ilmiy muassasada qo‘shimcha salbiy 
xodisai, faktlarni bayon qilish asosida o‘yin ishtirokchilarining faolligiga sabab 
bo‘ladigan savollar qo‘yishi lozim bo‘lgan o‘yin ishtirokchilari. Korxona yoki 
ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari
aspirant, talabalari bu “vazifa”ni bajarishlari mumkin. 
“Registratorlar” – munozaralarni yozib oluvchi o‘yin ishtirokchilari; 
“Ekspertlar” – ma’ruza muhokamasidagi chiqishlar va yechimning guruh 
bo‘lib qabul qilinishi bo‘yicha obektiv baho beruvchi o‘yin ishtirokchilari. Bu 
vazifada korxona va ilmiy muassasa mutaxassislari, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari 
va ilmiy xodimlari, aspirant va talabalar qatnashishlari murnkin. 
Bunday o‘yinlarda quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi: 
bo‘lgusi mutaxassisni axborotlar almashishga o‘rgatish; 
ularda o‘z nuqtayi nazarlarini asoslash va himoya qilish, boshqa 
kishilarning g‘oyalariga kirib bora olish, guruh bo‘lib yechim qabul qila 
olish malakasini shakllantirish. 
O‘yin-munozaralar 
bo‘lg‘usi 
mutaxassisda 
ilmiy-ishlab 
chiqarish 
muammosini bilish va echishga, mustaqil fikrlashga, obektivlikka nisbatan 
qiziqishni shakllantiradi hamda muammolarni qo‘yish, uni muhokama qilish, 
ularni echishda o‘zini tuta bilish ko‘nikmalarini hosil qiladi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə