Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Rollarga bo‘lib ijro etiladigan o‘yinlar



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

 
Rollarga bo‘lib ijro etiladigan o‘yinlar
.
Bu usulni bir fan, bir tsiklga kiruvchi 
fanlar yoki bir auditoriyada dars beruvchi turli fan o‘qituvchilari amalga 
oshirishlari mumkin. O‘qituvchilarning o‘yinlarda o‘z ixtiyorlari bilan qiziqib 
ishtirok etishlari bu usulning muhim sharti bo‘lib hisoblanadi. Ishtirokchilar soni 
4-6 kishidan iborat bo‘lishi etarli. O‘qituvchilar talabalar qiyofasiga kirib, ularning 
idroki, reaktsiyasi va ular dars davomida duchor bo‘ladigan qiyinichiliklarni 
anglatuvchi harakatlarni bajaradilar. O‘yin natijalari asosida o‘qituvchilar faoliyati 
ham modellanadi. 
3. Imitatsion-rollarga bo‘lib modellash.
Bu usulda 4-6 kishidan iborat 
o‘qituvchilar guruhi talabalar qiyofasiga kiradilar hamda o‘qituvchi ular bilan aniq 
o‘quv maqsadlari va mezoniy yo‘nalgan testlar bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi. 
Talabalarning fikrlashdagi harakat modellari yaratiladi va ular alohida 
kartochkalarga yoziladi. O‘qituvchi qiyofasini bajaruvchi o‘yin ishtirokchilarining 
o‘z xatti-harakati, fikrlashining borishi bo‘yicha bergan ma’lumotlarni saralab 
kartochkalarga yozib boradi. Shuningdek, kartochkaga o‘z xatti-harakatlarini ham 
yozib boradi. 
So‘ngra o‘qituvchi va “talabalar” faoliyatining umumiy manzarasi va har bir 
ishtirokchi fikrlashining borish sxemasi chizmakashlik varaqiga tushirilib, darsning 
o‘ziga xos sxema-diagrammasi yaratiladi. 
Bu usul alternativ (turli variantli) rejalarni sinab ko‘rishda, ularga tegishli 
tuzatishlar kiritishda qo‘llaniladi va bu bilan haqiqiy o‘quv jarayonini 
ixchamlashtirib, uning samaradorligini oshirishga erishiladi. 
Namuna «Bahsda g‘olib kelish san’ati»
Bu o‘yin 2,3 soatga mo‘ljallangan. Shuning uchun uni darsdan tashqari 
to‘garak mashg‘ulotlarida qo‘llash mumkin. 


O‘yinning maqsadi — talabalarning bahs-munozara olib borish malakalari va 
qobiliyatlarini rivojlantirish va baholash. 
Munozara — bahsning muammolari. Bahs-munozaraga olib ciqiladigan 
muammo talabalar uchun dolzarb va qiziqarli bo‘lishi kerak. 
Namuna tariqasida quyidagi savollarni qo‘yish mumkin: 
1.Mening ijodiy, raqobatbardoshlik shaxsiyatim g‘oyasi qanday? 
2.Shaxsning ijodiy, ziyolilik, raqobatbardoshlik xususiyati nimalarda 
ko‘rinadi? 
3.Shaxsning mustaqil rivojlanish jarayonini men qanday tasavvur qilaman. 
4.Bozor iqtisodi munosabatlari sharoitida o‘zimni qanday unga bahshida 
qilaman. 
O‘yin ishtirokchilarining rollari va vazifalari. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə