Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

 
 
II BOB. Adabiyot darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish
 
2.1. Adabiyot darslarida didaktik o‘yinlarni noan’anaviy ta’lim 
metodlari asosida o‘rganish 
2.2. Badiiy asarlar orqali didaktik o‘yinlarni tashkil qilish
III BOB. Ishning amaliyotga tatbiqi………………………………….
 
3.1. Adabiy ta’limni rivojlantirishda didaktik o‘yinlarni o‘rganishning 
ahamiyati
3.2. Ochiq dars ishlanmasi 
XULOSA…………………………………………………………….…
.……
 
FOYDALANILGAN 
ADABIYOTLAR 
RO‘YXATI…………………..… 
 


ISHNING UMUMIY TAVSIFI 
Mavzuning dolzarbligi. 
Mustaqillikdan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy – 
siyosiy, ma’naviy – ma’rifiy, madaniy, ilmiy, ta’limiy muhit, “Kadrlar tayyorlash 
milliy dasturi”, “Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinishi va tarixiy 
ahamiyati, Yurtboshimiz tomonidan ilm-fanga alohida e’tibor berilayotganligi 
tufayli ta’lim sohasida keng imkoniyatlar, qulay sharoitlar yuzaga keldi. Birinchi 
Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida quyidagilarni 
a’lohida e’tirof etadilar: “Istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga 
ega bolgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy oʻquv yurtlarida tahsil 
olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm ma’rifat sirlarini oʻrganayotgan, 
hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab oʻquvchilar, 
katta hayotga kirib kelayotgan, oʻz iste’dodi va salohiyatini yorqin namoyon 
etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu - intilishlarimiz bugunning 
oʻzida oʻz hosilini berayotganining guvohi boʻlmoqdamiz”.
Mazkur davrda darsliklarning yangi avlodi tushunchasi hayotiylik kasb etdi. 
Har bir sinf uchun darsliklarning yangi avlodi shakllantirildi. Bu davrda yaratilgan 
dastur va darsliklarda asosiy maqsad milliy qadriyatlarimiz asosi sanalmish 
adabiyotimizning bebaho merosi, an’analari bilan tanish boʻlgan oʻquvchilarning 
bilimlarini sistemali yoʻsinda umumlashtirish va egallangan koʻnikmalarini 
mustahkamlashga qaratila boshlandi. Binobarin, adabiyot fanidan mavzularni 
chuqur anglash ehtiyojini toʻldirish, oʻquvchilar toʻla anglab etmagan yoki 
tushunilishi qiyinchilik tugʻdiradigan mavzularni kengroq izohlash va shu orqali 
etarli nutqiy malakani shakllantirish, adabiy-badiiy matnlar ustida ishlash 
koʻnikmalarni oʻstirish kabi vazifalarni bajarish nazarda tutilgan.
Kuzatishlardan ma’lum boʻladiki, darslik va dasturni tuzishda ta’lim 
bosqichida chuqur oʻzlashtirilmagan bilimlarni singdirishga e’tibor berilgan. Ular 
mazmunida oʻquvchilarning muayyan mavzu yuzasidan mustaqil fikr 
yuritishlariga, 
oʻz ustilarida koʻproq ishlashlariga, bilim egallashning 
tipiklashtirishdan umumlashtirishga qarab borish, dalillarni sharhlash va asoslash 
yoʻsinlariga asosiy diqqat qaratilgan. Amaldagi dasturlar boʻyicha mavzular


birinchidan, umumiy oʻrta maktabning sinovdan oʻtgan yangi dasturlari negizida 
yaratilganligi, ikkinchidan, oʻzlashtirilayotgan bilimlarning amaliy tadbiqi bosh 
mezon sifatida tanlanganligi hamda tarixiylik, izchillik, milliylik va zamonaviylik 
tamoyillariga toʻla boʻysundirilganligi bilan ajralib turadi. SHu bilan bir qatorda
doimiy taraqqiyot yaratilgan oʻquv adabiyotlarini ilmiy-metodik tomondan 
kuzatishni ham talab etadiki, bu tabiiy jarayondir. Xuddi shu jihat adabiyot 
darslarida didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanishga ham aloqador. Mazkur 
holat ishimiz dolzarb mavzulardan biriga bagʻishlanganligini koʻrsatadi, albatta. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə