Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

11
 
Узнадзе Д.Н. Основы экспериментальной психологии. – 
М., 1965.
12
Выготский, Л. С.  Мышление и речь. М.-Л.: Соцэкгиз, 1934.
13
 Леонтьев А. А., Леонтьев Д. А., Соколова Е. Е. Предисловие // Леонтьев А. Н. Деятельность, 
сознание, личность. — М.: Смысл, 2005. 


Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga 
bog‘liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi. 
O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalarni bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi. 
Ular quyidagilar. 
maftunkorlik; 
kommunikativlik; 
o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish; 
davolovchilik; 
tashxis; 
millatlararo muloqot; 
ijtimoiylashuv. 
Pedagogik o‘yinlar
1. O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteriga 
— “ijod maydoni”ga ega bo‘ladi. 
O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro kurash, musobaqalashish, 
raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. 
O‘yinning o‘yin mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va 
vaqtincha izchilligini ko‘zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador 
qoidalari bo‘lishini ko‘rsatadilar. 
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi 
sifatida qaraydilar. 
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga 
oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subekt sifatida o‘z 
imkoniyatlarini to‘la amalga oshiradi. 
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish 
shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish 
ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi. 
Jarayon sifatida o‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni 
qamrab oladi: 
o‘ynash uchun olingan rollar; 


bu rollarni ijro etish vositasi bo‘lgan o‘yin harakatlari; 
predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o‘yin narsalari 
o‘rnida qo‘llash; 
o‘yinda ishtirok etuvchilarning real o‘zaro munosabatlari; 
(o‘yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mavnun) — ijro 
sohasi. 
O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini 
o‘zlashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. 
O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida 
tashkil etiladi. 
O‘yinlar turli maqsadlaiga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ular didaktik, taibiyaviy, 
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo‘llaniladi. 
O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatda 
bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo‘llash, umumta’lim malaka va ko‘nikmalarini 
rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan 
bo‘ladi. 
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan 
yondashuvlar, 
nuqtayi 
nazarlar, 
ma’naviy, 
estetik 
va 
dunyoqarashni 
shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, 
kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo‘ladi. 
Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash 
malakasi, o‘xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, 
optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatmi motivatsiyalashni rivojlantirishga 
qaratilgan bo‘ladi. 
Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, 
muhit sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, 
muloqotga o‘rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi. 
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o‘yin degan tushuncha mavjud. 
Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli 
shakldagi pedagogik o‘yinlar «o‘yinli pedagogik texnologiyalar»ni tashkil etadi. 


Pedagogik o‘yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi. 
Pedagogik o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinli usullar 
va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi. 
G.K. Selevko tomonidan pedagogik o‘yinlar tasnifi va uni amalga 
pshirishning asosiy yo‘nalishlari ishlab chiqilgan. 
Pedagogik o‘yinlar quyidagi asosiy yo‘nalishlarda bo‘ladi: 
didaktik maqsad o‘yinli vazifa shaklida qo‘yiladi; 
o‘quv faoliyati o‘yin qoidalariga bo‘ysunadi; 
o‘quv materialidan o‘yin vositasi sifatida foydalaniladi; 
o‘quv jarayoniga didaktik vazifa o‘yinga aylantirilgan tarzda 
musobaqalashish unsurlari kiritiladi; 
didaktik vazifaning muvaffaqiyatli bajarilishi o‘yin natijalari bilan boglanadi. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə