Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

Mavzuning o‘rganilishi. 
Adabiyot darslarini tashkil etishning ilmiy-metodik 
asoslari haqida S. Dolimov
1
, A.Zunnunov
2
, Q.Yo‘ldoshev
3
, B.To‘xliyev
4

R.Niyozmetova
5
, M.Mirqosimova
6
va boshqalarning ilmiy tadqiqot ishlarida 
atroflicha fikr yuritilgan. Ammo adabiyot darslarida didaktik o‘yinlardan 
foydalanish xususida alohida tadqiqotlar amalga oshirilgan emas. 
Malakaviy bitiruv ishimizning obyekti va predmeti. 
Ushbu tadqiqotda 
obyekt qilib, 5-11-sinflar hamda akademik litseylar uchun tayyorlangan adabiyot 
darsliklari olindi. Uning predmeti esa darslik materiallari bilan chambarchas 
bogʻliqlikda xarakterlanadi.
Malakaviy bitiruv ishimizning metodologik asosi va metodlari. 
Prezidentimizning 
ilm-fan, 
ta’lim-tarbiya 
haqidagi 
qarashlari, 
soha 
mutaxassislarining mavzuga doir fundamental asarlari ishimizning metodologik 
asosini belgilaydi. Shuningdek, qiyoslash, tavsiflash, sistem-struktur kabi metod va 
tahlil usullaridan ham foydalaniladi.
Malakaviy bitiruv ishining maqsad va vazifalari. 
Tadqiqotdan koʻzlangan 
maqsad 5 va 11-sinflar hamda akademik litseylar darslik materiallarida taniqli 
ijodkor va jamoat arboblari hayoti va ijodi haqidagi materiallarning berilishi, 
asarlaridan keltirilgan materiallar, ular uchun ajratilgan soatlar miqdori, tuzilgan 
1
Долимов С., Убайдуллаев С, Ахмедов К, Адабиёт ўқитиш методикаси. – Т.: Ўқитувчи, 1967 
2
Zunnunov A. Pedagogik tadqiqot metodikasi. –Тoshkent, 2000. 
3
Yo`ldoshev Q. Adabiyot o`qitishning ilmiy-nazariy asoslari. –T.: O`qituvchi. 1996. 
4
To’xliyev B. Adabiyot o’qitish metodikasi. – Toshkent, 2012. 
5
Niyozmetova R. Adabiyot darslaridan mustaqil ishlar. –T.: O`qituvchi. 1984. 
6
Mirqosimova M. Badiiy tahlil usullari. – T.: RO`MM. 1993. 


savol va topshiriqlar ustida ishlashda didaktik o‘yinlardan foydalanish hamda 
ularning oʻquvchi bilim olishidagi ahamiyati, kabi metodik masalalarni 
oʻrganishga qaratilgan. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni 
belgilab oldik: 

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari dastur va darsliklarida berilgan 
mavzularni sinchiklab o‘rganish; 

Adabiy ta’limda didaktik o‘yinlardan foydalanish xususida 
mavjud manbalarni tahlil qilish; 

Didaktik 
o‘yinlarning o‘quvchi psixologiyasiga ta’siri 
yuzasidan bildirilgan mulohazalarni o‘rganish; 

O‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda 
adabiy ta’limni tashkil etish bo‘yicha mulohazalar yuritish

Adabiyot darslarida didaktik o‘yinlardan foydalangan holda 
namunaviy dars ishlanmasi tayyorlash. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə