Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Adabiy ta’limni rivojlantirishda didaktik o‘yinlar orqali integrativ



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

 
1.2. Adabiy ta’limni rivojlantirishda didaktik o‘yinlar orqali integrativ 
yondashuv
Didaktik o‘yinlar yordamida bir necha fanni adabiyot bilan bog‘lash mumkin. 
Integratsiya o‘yin texnologiyalari yordamida yanada oson amalga oshiriladi.
Adabiyot fani istalgan fan bilan aloqaga kirisha oladi. Chunki badiiy asar 
hayotning hamma qatlamini qamrab oladi. 
Adabiyot darslari boshqa o‘quv 
predmetlaridan alohida, mustaqil yashay olmaydi. Aksincha, u ta’lim bosqichlarida 
o‘rganiladigan xilma-xil o‘quv predmetlari, xususan, adabiyot, matematika, fizika, 
informatika, xorijiy tillar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganilsa, o‘z samarasini 
beradi. Chunki ta’lim tizimida fanlararo aloqadorlik – integratsiya darslarini tashkil 
etish o‘quvchilarning mavzuni tez va oson anglashiga olib keladi. Adabiyot 
darslari asosida so‘z va matn turgani uchun ham bu imkoniyat yanada kengayadi. 
Chunki matn vazifasini istagan o‘quv fani materiali bajara oladi. Umuman 
olganda, fanlararo aloqalarni amalga oshirishning turli xil usullari mavjud. 
Adabiyot darslarida badiiy matnning til xususiyatlarini, uslublarini o‘rganish, shu 
orqali o‘quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda bajariladigan ish 
turlaridan biri undan biror til hodisasi yoki uslubini aniqlash va izohlash, bunda 


o‘quv fanlararo integratsiyalashdan foydalanishdir. Mazkur ish usuli mohiyatan 
hosil qilinayotgan bilimlarni mustahkamlash jarayonini ifoda etadi. Dastlab 
o‘qituvchi uslublar haqida umumiy ma’lumot beradi va o‘quvchilarga kerakli 
manbaalarni yozdirib o‘tadi. Mavzu tushuntirib berilgan keyin, bevosita boshqa 
fanlar bilan bog‘laydi. 
Ta’lim bosqichlarida, xususan, ona tili darsi jarayonida 
“Uslubiyat” mavzusini o‘tishda qo‘shimcha manbalardan foydalanish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. 
Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga har-xil turdagi 
matnlar aks etgan tarqatma materiladan foydalanashi mumkin. 
Bu bilan o‘qituvchi 
darsning qiziqarli o‘tishi va shu bilan bir qatorda o‘quvchining faol bo‘lishiga 
imkon yaratadi. 
Masalan, quyidagi materiallardan foydalanishimiz mumkin: 
1

-Yaxshi ham boshqa bolalar bilishmadi, dedi Gulchehra xo‘rsinib . –
bilishganda, bittasi emas, bittasi aytib qo‘yardi. 
-Ha, rozi bo‘ldi Abdulla, rosa to‘polon bo‘lardi. 
-Men amakidan qo‘rqaman. Ko‘zi yomon. 
Gulchehra Dadavoy amakining ko‘zlarini ko‘rsatmoqchi bo‘lib olaydi, 
o‘xshata olmadi. Abdulla kulib yubordi.
(O‘.Umarbekov. “Odam bo‘lish qiyin” asaridan) 
2

Qalandarovning hovlisi kattagina ekan. Bir tomonda uncha did bilan 
solinmagan bo‘lsa ham, kattagina imorat, sirkor ayvon: uning ro‘parasida 
hovuz, chog‘roq shiypon, sim tortib ko‘tarilgan tok, bog‘cha, poliz… lekin 
bularning hammasi hovli egasining havasi zo‘ru, hafsala va didi yo‘qligini 
ko‘rsatib turar edi: tokning bir necha novdasi simga o‘z holicha tirmashibdi-
yu, qolgani yerda yotibdi; meva daraxtlarining ostini, polizini sho‘ra va 
g‘umay bosib ketibdi. 
(A.Qahhor. “Sinchalak” qissasidan) 
3

-Vatan, istiqlol, ma’naviyat… bu so‘zlar inson ongidagi eng buyuk 
tushunchalarni ifodalashda pur hikmat so‘zlardir. Agar insonda shu 
so‘zlarning birortasi yo‘q bo‘lsa, hayotning qayeridir kemtik bo‘lib 
turaveradi. 


(Gazetadan) 
4

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI 
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini 
joriy etish to‘g‘risida 
Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasiga asoslanib 
va o‘zbek yozuvining lotin alifbosiga o‘tilgan 1929-1940-yillardagi ijobiy 
tajribasidan kelib chiqib, jamoatchilik vakillari bildirgan istak-xohishlari 
inobatga olingan holda respublikaning har taraflama kamol topishi va jahon 
kommunikatsiya tizimiga kirishni jadallashtiruvchi qulay sharoit yaratishga 
xizmat qiladi. 
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 
Toshkent shahri, 1993-yil 2-sentabr 
5

Yomg‘ir-suyuq tomchi holidagi atmosfera yog‘ini. Tomchining diametri
0,5-0,6mm bo‘ladi.Yomg‘ir bulutlardagi mayda suv zarralarining qo‘shilib 
yiriklashuvidan hosil bo‘ladi. Yomg‘ir ikki xildir: jala yomg‘ir, shivalama 
yomg‘ir. Jala yomg‘ir to‘p-to‘p bulutlardan yog‘adi, ko‘p vaqt o‘tmay 
to‘xtaydi, tomchilari yirik bo‘ladi. 
(Darslikdan) 
Matnlardan ko‘rinib turibdiki, har bir uslubni o‘quvchiga tushuntirishda 
boshqa fanlar bilan bog‘langan. O‘quvchilar qo‘lidagi matnlar jamlanmasini 
o‘qituvchi bilan birgalikda kuzatib boradilar va bu uning ko‘z o‘ngida qolishiga 
yordam beradi. O‘qituvchi tushuntirishni boshlaydi: birinchi matn badiiy asardan 
olingan bo‘lib, so‘zlashuv uslibiga, aynan, badiiy so‘zlashuv uslubiga xosligini va 
so‘zlashuv uslubiga xos belgilarni ko‘rsatib o‘tadi. Ikkinchi gapda esa, badiiy 
uslub ishtirok etganini va bu uslubni yoritish uchun badiiy asarga yuzlanganini 
aytadi. Uchinchi gapda publitsistik uslubning yozma shaklini aytib, bu uslubning 
muhim xususiyati axborot berish va ta’sir etish bo‘lib, soddalilik, tushunarlilik, 
adabiy til me’yorlariga qattiy amal qilishi ekanligi eslatilib o‘tib ketiladi. 
To‘rtinchi matn rasmiy uslubida yozilganligini tushuntish bilan bir qatorda rasmiy 


uslub turlariga yana bir marotaba to‘xtab, quyida berilgan matn rasmiy uslubning 
sof qonunchilik uslubida yozilganligini sharhlab o‘tadi. Va nihoyat, beshinchi 
matnda o‘qituvchi ilmiy uslubni organish uchun fizika faniga murojat etganligini 
aytib o‘tadi va ilmiy uslubni yana bir bor takrorlab o‘tadi. O‘qituvchini bu usul, 
yani uslubiyat mavzusini boshqa predmetlarga murojaat etish yo‘li bilan o‘rganish 
o‘quvchi tez va oson organishini va mavzuni yana bir bor takrorlanishini 
ta’minlaydi. Integratsiya uslubidan foydalanib bo‘lgandan so‘ng o‘qituvchi 
quyidagi “Charxpalak” metodini qo‘llab, o‘quvchining mavzuni qay darajada 
o‘rganganligini tekshirish mumkin. 
CHARXPALAK 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə