Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti


Boshlovchi — o‘qituvchi o‘yinning ma’nosi, asosiy bosqichlari va  ishtirokchilarning vazifalarini aytib beradi.  Ikki raqobatbardosh



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

Boshlovchi
— o‘qituvchi o‘yinning ma’nosi, asosiy bosqichlari va 
ishtirokchilarning vazifalarini aytib beradi. 
Ikki raqobatbardosh
7-10 kishidan iborat guruhlar yuqoridagi savollar 
bo‘yicha munozaraga kirishadilar. 
Boshlovchi 
- o‘qituvchi o‘yinni lozim topgan oqimga yo‘llab turadi, uning 
a’zolari faolligini ta’minlab turadi, munozaraning to‘g‘riligini kuzatadi, unga 
yakun yasaydi. 
Ekspert
— talabalar munozara ishtirokchilariga baho beradi, guruhga va 
uning a’zolariga quyidagi me’yorlarga asoslangan holda baho qo‘yadi: 
a) ifodaning mantiqiyligi va asoslanganligi; b) nutq madaniyati, notiqlik 
san’ati usullarini egallaganligi; v)xulosalarning isbotliligi; g) bahs usullaridan 
rang-barang va samarali foydalanishi; d) savollar g‘o‘ya olishi.
O‘yin bosqichlari: 
Birinchi bosqich
tashkiliy bosqichdir. Unda raqobatga kirishuvchi jamoalar va 
ekspertlar guruhi shaldlantiriladi. O‘qituvchi o‘yinning maqsadi va qoidalarini 
bayon qilib beradi. 


Ikkinchi bosqich
o‘yinjarayonidir. O‘yin davomida jamoalar tashabbusni 
qo‘lga olishlari mumkin va unda munozarani kutilmagan darajada yangi o‘ylash va 
topish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Uchinchi bosqich
o‘yinga yakun yasashdir. Bu bosqichda ekspertlarning har 
biriga o‘z mulohazalarini bildirish uchun imkoniyat beriladi, ular esa o‘z
baholarining me’yorlarini hamda bahs-munozara ishtirokchilarining chiqishlari 
natijalarini asoslab beradilar. 
Ekspertlar vazifasi: 
Jamoaning g‘alabasini asoslash: a) o‘yin ishtrokchilaridan eng xushmuomala; 
b) eng aqlli; v) eng obro‘li; g) eng ijodkorlarini aniqlab beradi. 
O‘yin yakunida o‘qituvchi o‘yinni tahlil qilib beradi va yakun yasaydi. 
Ayniqsa, o‘qituvchi o‘yinning borishi, uning muvaffaqiyati va kamchiliklariga 
urg‘u berishi lozim. Shuningdek, istiqbolda e’tibor berilishi kerak bo‘lgan 
muvaffaqiyatli, munozarali, ijodiy vaziyatlarni farqilab berishi kerak. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə