Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə1/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ish HRM


1.Mavzu: “Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat”
REJA
1. Ofitserning pedagogik faoliyatda pedogogik qobiliyati.
2. Pedagogik qobiliyatlarning tavsifi.
3. Pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish yo‘llari.
1.Ofitserning pedagogik faoliyatda pedogogik qobiliyati
pedagoglik sharafli, lekin murakkab kasbdir. Yaxshi o‘qituvchi, tarbiyachi bo‘lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o‘zi yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bo‘ysunuvchilarni o‘qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan usuliy g‘oyalar bayon etiladi, ularning individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Harbiy qism hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Ta’lim-tarbiya jarayoni har doim ham bir tekis bo‘lavermaydi. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ham uchrab turadi. Bu esa o‘qituvchi-ofitserdan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi.
Mahoratli pedagog – o‘z ishining ustasi, yuksak madaniyatli, o‘z ixtisosligini chuqur biladigan, pedagogika, psixologiya muammolari va fanning tegishli sohalari bilan yaxshi tanish bo‘lgan, ta’lim va tarbiya metodikasini puxta egallagan mutaxassisdir.
Shuning uchun ham harbiy-pedagogik jarayonni amalga oshiruvchi ofitser quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– pedagogik faoliyatga qobiliyatli, ijodkor, ishbilarmon bo‘lishi;
– milliy madaniyat va umuminsoniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni mukammal egallagan, diniy ilmlardan ham xabardor, ma’naviy barkamol, yetuk inson bo‘lishi;
– vatanparvarlik burchini to‘g‘ri anglagan, e’tiqodli fuqaro bo‘lishi;
ixtisosga doir bilimlarni, psixologik, pedagogik bilim va mahoratni, Shuningdek, nazariy ilmlarni mukammal egallagan mutaxassis bo‘lishi;
– erkin va ijodiy fikrlay oladigan, talabchan, adolatli, odobli pedagog bo‘lishi darkor.
Shunday qilib, pedagogik mahorat har bir pedagog erishishi mumkin bo‘lgan shakllangan bilim, ko‘nikma va malakalar hamda rivojlangan qobiliyatlar asosida doimiy ravishda takomillashib boradigan ta’lim va tarbiya berish san’atidir.
Ofitser pedagogik mahoratining muhim tarkibiy qismlaridan biri pedagogik qobiliyatdir.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə