Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə2/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ish HRM

Qobiliyatinsonning individual salohiyati, imkoniyatlari, u yoki bu sermahsul faoliyatni egallash mahorati bilan bog‘liq bo‘ladigan individual–psixologik xususiyati bo‘lib, uning yordamida inson teng bo‘lgan boshqa sharoitlarda ushbu faoliyatni tez va puxta, oson va mustahkam ravishda tashkil qilish va amalga oshirish yo‘llarini o‘zlashtirib oladi.
Qobiliyat bilim, malaka, ko‘nikma emas, balki ular asosida shakllanib va rivojlanib, faoliyat usullarini egallash tezligi, teranligi va mustahkamligida namoyon bo‘ladi. Pedagogik qobiliyat shaxsga pedagogik faoliyat davomida yuqori natijalarga erishishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Qobiliyatlar individul-psixologik xususiyatlar bo‘lishi bilan birga ular shaxsning ma’lum bir boshqa xususiyatlari va xislatlariga – aql-idrok fazilatlariga, xotira, xarakterining o‘ziga xos xususiyatlariga, emotsional xususiyatlariga va shu kabilarga bog‘liq bo‘ladi.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida, ya’ni bir odamning boshqa bir odamdan farq qiladigan belgilari sifatida tahriflanadi.
Kishi egallab oladigan faoliyat (mehnat, o‘qish, sport, harbiy xizmat va shu kabi faoliyatlar) uning psixologik xususiyatlariga (aqliy xususiyatlariga, emotsional-irodaviy sohalariga, sensomotorikasiga) yuksak talablar qo‘yadi. Bu talablarni qandaydir bitta sifat, hatto taraqqiyotning yuksak darajasiga erishgan bo‘lsa ham, qondira olmaydi. Alohida olingan bitta psixik xususiyat faoliyatning yuksak mahsuldorligini ta’minlay olmaydi. Qobiliyatlar murakkab strukturaga ega bo‘lgan psixik fazilatlar yig‘indisidan iboratdir.
Qobiliyat sifatida namoyon bo‘ladigan fazilatlar yig‘indisining tuzilishi oqibat natijada konkret faoliyat talablari bilan belgilanadi va faoliyatning har xil turlari uchun turlicha bo‘ladi.
Masalan, matematikaga bo‘lgan qobiliyatlarning tuzilishi bir qator xususiy qobiliyatlarni o‘z ichiga oladi: matematik materiallarni umumlashtirish qobiliyati, matematik mulohaza yuritish jarayonini va tegishli matematik harakatlarni qisqartirish qobiliyati, fikr yuritish jarayonining qaytarilish qobiliyati, matematik masalalarni hal qilish chog‘ida fikrlash jarayonining epchilligi va shu kabilar. Adabiy qobiliyatlarning tuzilishi estetik tuyg‘ularning yuksak taraqqiy etgan darajasini, xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlar mavjudligini, til hissini, boy fantaziyani, odamlar psixologiyasiga nisbatan zo‘r qiziqishni, o‘z-o‘zini ifodalash ehtiyojini va shu kabilarni taqozo qiladi. Musiqiy, pedagogik, konstruktorlik, tibbiy va juda ko‘plab qobiliyatlar tuzilishi ham o‘ziga xos xarakterga egadir. Hatto bir komponentlarni boshqalari kompensatsiya qilish va almashtirish borasida keng imkoniyatlar mavjudligini e’tiborga olinadigan bo‘lsa, ta’lim va tarbiya jarayonida qobiliyatlarni hisobga olishga da’vat etilgan va agarda ular yo‘q bo‘lib qolganda yoki yetarli darajada ifodalanmagan taqdirda zaruriy sifatlarni pedagog uchun professional yoki maxsus qobiliyatlarning o‘ziga xos tuzilishini bilish juda ham muhimdir.
Konkret qobiliyatlar strukturasini tashkil etadigan shaxs xislatlari va xususiyatlari orasida ba’zi birlari yetakchi o‘rinni egallasa, boshqalari yordamchilik rolini o‘ynaydilar. Jumladan, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida pedagoglik odobi, kuzatuvchanlik, o‘z tarbiyalanuvchilariga muhabbat, ularga nisbatan yuksak talabchanlik bilan qo‘shib olib boriladigan bilim berishga ehtiyoj, yordamchilik tarzida shular jumlasiga kiradigan bir qator tashkilotchilik qobiliyatlari kompleksi va boshqalar yetakchi fazilatlar hisoblanadi. Yordamchi fazilatlarga quyidagilar kiradi: artistlik, notiqlik mahorati va boshqalar. Mutlaqo ravshanki, pedagogik qobiliyatlarning ham yetakchi, ham yordamchi komponentlari ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan birlikni hosil qiladi va shu bilan birga pedagog shaxsi va uning xususiyatlari bilan bog‘langan individuallashtirishni tashkil etadi.
Qobiliyatlar umumiy va maxsus turlarga bo‘linadi va har birining o‘z psixologik tizimi va tuzilishi bo‘ladi. shaxsning umumiy qobiliyatlari undagi shunday individual sifatlar majmuiki, ular odamga bir qancha faoliyat sohasida ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatish va yuqori natijalarga erishishga imkon beradi. Masalan, harbiy oliy o‘quv yurtining kursanti ham ijtimoiy-gumanitar, ham aniq fanlar, ham texnika fanlari sohasidagi bilimlarni o‘zlashtira oladi. Bunda undagi umumiy bilimdonlik, nutq qobiliyatlari, tirishqoqlik, chidam, qiziquvchanlik kabi qator sifatlar yordam beradi.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə