Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat


Pedagogik mahoratning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə9/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Mustaqil ish HRM

2.Pedagogik mahoratning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar.
Shuningdek, bu kasbiy-shaxsiy xususiyatlar ofitser-o‘qituvchiga, o‘quvchi yoshlarning ruhiy-jismoniy rivojlanishlari, o‘quv-biluv faoliyatlarining aktivlaShuvini ta’minlash kabi bir necha pedagogik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishning tamal toshi bo‘la oladi.
Qayd qilib o‘tganimizdek harbiy raxbar mahorati har bir ofitser-o‘qituvchi uchun xos bo‘lgan ta’lim-tarbiya ishlarini doimo yuksakka ko‘tarishga, uni takomillashtirishga asos bo‘luvchi san’atdir. Bu san’at o‘z ishini bilish faoliyatini muntazam tartibga solib, nazorat qilib, yuksaklikka ko‘tarish bilan tavsiflanadi. Unda eng asosiysi pedagogik-psixologik nazariyalarni samarali qo‘llash nazarda tutilgan.
“Harbiy rahbar mahorati” fani pedagogik fanlar tizimida kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlash va takomillashtirish fani sifatida maydonga keladi. Zero, “Harbiy rahbar mahorati” - bu pedagogik faoliyatni ustalik bilan boshqarishni o‘rgatuvchi fandir. Shunday ekan, kasbiy-pedagogik mohirlik pedagogik-psixologik tayyorgarlikda, ofitser-o‘qituvchining ta’lim, tarbiya, ma’lumot tushunchalarining mohiyat-mazmunini, shaxs psixologiyasini, uning biologik shartlangan xususiyatlari (nerv tizimi, temperament, layoqat-qobiliyatini, xarakterlarini bilish jarayonlari (sezgi, idrok, diqqat, xotira, tafakkur, xayol)ni, emotsional irodaviy xususiyatlar (hissiyot, emotsiya, irodalari)ni, ijtimoiy yo‘nalgan xususiyatlari (ehtiyoj, qiziqish)ni, orttirilgan kasbiy xususiyatlar (bilim, ko‘nikma, malaka, odatlar)ni o‘rganib, anglab olish asosida shakllanib boradi. Harbiy raxbar mahorati fani esa qayd etilgan xususiyatlarning o‘z mohiyatidan kelib chiqib ularni amalda qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi. Shu asosda ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, aniq tashkil qilish, o‘zlashtirish imkoniyatlaridan aniq foydalanish, shart-sharoitlarini yaratish imkoni tug‘iladi.
Ushbu xulosalardan kelib chiqib, harbiy raxbar mahoratini shakllantirishda mutaxassislik kasbini tez va oson egallash yo‘lini anglash muhim rol o‘ynaydi. Zero, harbiy raxbar mahorati bu maqsadning aniqligi, sub’ekt va ob’ekt aloqasining uzviyligini ta’minlovchi pedagogik hosiladir. Shu o‘rinda e’tirof etish joizki, uning shakllanishi va takomillaShuvi, murakkab va o‘zoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Bu jarayon ofitser-o‘qituvchidan pedagogik-psixologik, nazariy va metodik tayyorgarlikni chuqur egallash bilan birga pedagogik axborotlarni qunt bilan muntazam o‘qib borishni, mavjud nazariy-amaliy pedagogikyutuqlardan o‘z faoliyatida o‘rinli foydalana olishga o‘rganishni talab etadi.
Ofitser-o‘qituvchi harbiy raxbar mahoratini shakllantirishning birinchi sharti faoliyatdir. Zero, harbiy raxbar mahoratini egallash va takomillashtirishda faoliyat yetakchi omildir. Zero, mehnat, bilish, mahorat, ijod. Inson hayoti va faoliyatining bosh mezoni. Bu mezon kundalik ish, faoliyat orqali amalga oshiriladi. Mehnat qilish, izlanish jarayonida, ya’ni amaliyot jarayonida yutuqlar qo‘lga kiritiladi, mahoratga erishiladi. Kasbiy mahorat sirlarini o‘rganishga harakat qiluvchi har bir ofitser-o‘qituvchi, avvalo, egallashi lozim bo‘lgan pedagogik bilim va axborotlarga ega bo‘lishga intilishi, qilayotgan ishining barcha qirralarini aniq tasavvur etishga harakat qilishi va natijalarni taxlil kilib, baholab borishi, yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklarining mohiyatini tushunishga harakat qilishi lozim. Bu holatlar, albatta, faoliyat orqali amalga oshiriladi. Harbiy raxbar mahoratini egallashda ham ofitser-o‘qituvchining pedagogik faoliyati asosiy rol o‘ynaydi. Harbiy raxbar mahorati pedagogik faoliyat bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun harbiy raxbar mahoratini shakllanish jarayonining mohiyatini ochib chiqishdan oldin, ma’lum darajada pedagogik faoliyat xususida fikr yuritishni lozim, deb bilamiz. Chunki, ofitser-o‘qituvchining kasbiy mahorati mehnat orqali qo‘lga kiritiladi, mehnat esa, faoliyatning tarkibiy qismlari (o‘qish, ijtimoiy ish, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va h. k.)dan biri hisoblanadi. Shu asosda pedagogik faoliyat ofitser-o‘qituvchi mehnatining istiqboli, texnologiyasi, vazifalari va ta’sir ko‘rsatish usullarining majmuidir.
Qayd etilganidek mahorat bu yuksak qudrat hisoblanadi. Shunga ko‘ra harbiy raxbar mahoratini shakllantirish muayyan sohani mukammal egallash, nazariy, amaliy ma’lumotlarga to‘liq ega bo‘lish, kasbiy tayyorgarlik ustida tinmay ishlash bilan birga kasbiy pedagogik mehnatning betakror, noyob, mohir ustasi bo‘lish uchun ofitser-o‘qituvchiga ilhom, ijod va o‘z kuchiga ishonchni tarbiyalash kerak. Mana shu ilhom, ijod va ishonchni yo‘lga qo‘yuvchi, uning imkoniyatlarini to‘la ishga soluvchi kuch faoliyatdir. Faoliyatni aniq yo‘lga qo‘yish, uni boshqarish, amalga oshirish, o‘qitish, tarbiyalash, bilim olish saviyasini yuksaltirishni, amalga oshirish ta’minlanadi. Shuning uchun harbiy raxbar mahoratini shakllantirishda pedagogik faoliyat muhim o‘rin tutadi.
O‘zbekiston Entsiklopediyasida qayd qilinishicha «Faoliyat – atrofdagi olamga nisbatan insonning o‘ziga xos aktiv munosabat shakli. Olamni maqsadga muvofiq va qayta o‘zgartirish faoliyatining mazmunini tashkil qiladi. Har qanday faoliyat maqsad, usul, natija va jarayonlardan iborat». Faoliyat turlari, shakllari xilma – xildir. Har qanday faoliyat singari o‘qituvchilik faoliyati ham maqsad, usul, vosita, ob’ekt va sub’ektdan iborat. pedagogik maqsad - o‘qitish, tarbiyalash va Shu asosda talabalar shaxsini shakllantirish demakdir iborat. Usul esa tarbiyalanuvchilar obro‘sini egallash, hurmatiga sazovor bo‘lish va ta’sir ko‘rsatishdir. pedagogik mehnatning ob’ekti sifatida – o‘qituvchi shaxsi turadi, uning xarakteri, irodasi, ongi, aqli, odob-axloqining asosi hisoblanadi. pedagogik faoliyat sub’ekti esa – tarbiyalanuvchiga ta’sir ko‘rsatuvchi – pedagogning o‘zi. Chunki, u o‘quvchi - talabalarga tabiat, jamiyat, tafakkur qonunlari to‘g‘risida ma’lumot berish uchun, avvalo, ularni o‘z faoliyatining ob’ektiga aylantiradi. Shu tariqa bilimlar o‘zlashtiriladi, o‘zlashtirilgan bilimlar o‘quvchi-talabalarga yetkaziladi. “pedagogik faoliyat, -deb yozadi psixologiya fanlari doktori, professor A.K.Markova o‘zining “O‘qituvchi faoliyati, muloqoti va shaxsi” nomli maqolasida,-o‘qituvchi mehnatining umumiy strategiyasi, texnologiyasi, vazifalarini hal qilishga qaratilgan hamda pedagogik ta’sir o‘tkazish vositalari bilan amalga oshiriladigan professional aktivligidir”.
pedagogik faoliyat talaba – yoshlarga ta’lim - tarbiya berish jarayonida ularga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Natijada talabalarga bilim beriladi, ularning shaxsiy sifatlari tarbiyalanadi, psixologik xususiyatlari rivojlantiriladi. Bunda esa talaba yetuk mutaxassis sifatida kamol to‘a boradi. Shuning uchun kasbiy faoliyat jarayonida pedagog, ya’ni o‘qituvchi- tarbiyachi, tashkil qiluvchi, yo‘l – yo‘riq ko‘rsatuvchi, targ‘ibot – tashviqot yurituvchi, ma’lumot – axborot to‘plovchi va yetkazuvchi, shaxsiy xususiyatlarini va kasbiy mahoratini omillashtiruvchi shaxs sifatida faoliyat ko‘rsatishi lozim. Bularning barchasi bevosita va bilvosita harbiy raxbar mahoratining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. pedagogik faoliyat aniq ko‘rinishda bo‘lsa, unda ofitser-o‘qituvchi o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish vazifalarini aniq ko‘ra oladi va ularni hal qilishga harakat qiladi. Bu jarayonda faoliyat aqlni ruhiy jihatdan tayyorlaydi, ta’sir ko‘rsatish vositalarini belgilaydi, natijalarni nazorat qiladi, tahlil qiladi, baholaydi va yangi vazifalarni belgilaydi. Bilimlarni o‘zlashtirish vositasida shaxsning o‘sishi ta’minlanadi, natijada jamiyat talabi va vazifalari bajariladi. Buning uchun ofitser-o‘qituvchi, avvalo, vaziyatni tushunishi, har bir talabaning o‘zlashtirish jarayonini, rivojlanib shaxs sifatida shakllanish darajalarining mezonini aniq ko‘ra bilish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i darkor. Bu o‘z navbatida ofitser-o‘qituvchidan kattabilim, tajribalarni talab etadi. Bu faqat kasbiy faoliyatni to‘g‘ri belgilash orqali amalga oshadi. Shunga ko‘ra ta’lim muassasasi oldidagi muhim vazifalarni amalga oshirish uchun ofitser-o‘qituvchiga pedagogik faoliyatni loyihalash zarurdir.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarga asoslanib, harbiy raxbar mahorati faoliyat jarayonida shakllanadi va takomillashib boradi deb aytish mumkin. U ishbilarmonlik, zukkolik, layoqat va zehn vositasida taraqiy etadi. Shunga asoslanib, «Faoliyat dunyoni o‘zlashtirishning birinchi shartidir”,-deb aytish mumkin. Ko‘rib o‘tganimizdek harbiy raxbar mahoratining asosiy ob’ekti – inson, uning aql-idroki, irodasi, ishonchi, tafakkuri, shuuridir. Bular yuksak darajada bo‘lishi, ilmga, uni egallaganlik darajasiga bog‘liq. Ilm esa tinimsiz mehnat, mashaqqat va azob-uqubatlar orqali qo‘lga kiritiladi. Shuningdek harbiy raxbar mahorati ham faoliyat, mehnat, o‘z malakasi ustida muttasil ishlash yordamida shakllanadi. Shunday ekan, «Harbiy raxbar mahorati» fanining pedagogik-psixologik fanlar tizimida mavqei baland. Zero, harbiy raxbar mahorati ta’lim-tarbiya, ya’ni pedagogik jarayon muvaffaqiyatini ta’minlab bo‘lmaydi. Bu esa harbiy raxbar mahoratini egallash, har bir talaba, ofitser-o‘qituvchi uchun zaruriy shart degani demakdir.
O‘qituvchilik kasbidagi pedagogik faoliyatning xususiyatlari, funktsiyalari, tuzilmasini tadqiq qilgan A.N. SHerbakov, N.V.Kuzmina, V.A. Slastyoninlar “pedagogik faoliyatning yo‘nalishlarini”ni ilmiy nazariy va amaliy jihatdan asoslashga harakat qiladilar. Bu esa pedagogik mahoratni shakllantirish va takomillashtirishning ikkinchi shartidir. Ayniqsa, V.A, Slastyonin o‘zinig ”Formirovanie lichnosti uchitelya v protsesse professionalnoy podgotovki” nomli o‘quv qo‘llanmasida pedagogik faoliyatning qirralarini ishlab chiqqan. Buni jadvalda ko‘rishimiz mumkin.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə