Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə5/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ish HRM

11. Uqtira olish (suggestiv) qobiliyati bilim olish, o‘z xizmat vazifalarini bajarishga nisbatan ma’suliyatsiz, ongsiz munosabatda bo‘layotgan bo‘ysunuvchiga pedagog-ofitserning o‘zining qat’iy so‘zi va irodasi yordamida tushuntirish, ta’sir etish qobiliyatidir.
12. Konstruktiv qobiliyat bu yaratuvchanlik, ya’ni pedagogik faoliyatni samarali amalga oshirish, ko‘zlangan maqsadlarga erishish, ta’lim-tarbiya jarayonining shart-sharoitlarini takomillashtirish yo‘lida doimiy ravishda izlanish, ijod qilish, yangiliklar yaratish, tashabbuskorlik qila olish qobiliyatidir.
13. Kreativ qobiliyat, ya’ni pedagogning ijodiy fikrlashga, fan, texnika, adabiyot, san’at va turmushning turli sohalariga xos bo‘lgan zamonaviy yutuqlar asosida o‘zining intellektual va kasbiy salohiyatini takomillashtirib borishga, dunyoqarashini oshirishga bo‘lgan kuchli ehtiyojini qondirish yo‘lida tinmay faoliyat ko‘rsata olishidir. Kreativ qobiliyati kuchli pedagog doimo izlanishda bo‘ladi, mavjud o‘quv materiali va odatiy shart-sharoitlardan qoniqmaydi, ta’lim-tarbiya jarayoni maqsadlaridan, ta’lim oluvchilarning saviyasi, qiziqishlaridan va boshqa shartlardan kelib chiqqan holda pedagogik jarayonga yangiliklar kiritishga, zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanishga intiladi.
14. Reflekciv qobiliyatpedagog tomonidan o‘zining va ta’lim-tarbiya jarayoni sub’ektlarining ichki holatini, kechinmalarini bilishi va tahlil qila olishi qobiliyati. Mazkur qobiliyatning rivojlanganligi pedagogga o‘zining va atrofidagilarning ruhiy holatini, his-hayajonlarini, kechinmalarini nazorat qilish va boshqarish, o‘zganing pozitsiyasida turib o‘zini tasavvur qilish, o‘ziga birovning ko‘zi bilan qaray olish, zarur hollarda o‘ziga va boshqalarga psixologik-pedagogik ta’sir o‘tkazish imkonini beradi.
15. Pertseptiv qobiliyat pedagogning ob’ektiv borliqni o‘zining sezgi organlari orqali his eta olishidir. Bunday qobiliyatning mavjudligi pedagogga har qanday sharoitda ziyrak bo‘lish, bo‘ysunuvchilarning ruhiy holatini, his-hayajonlarini bilish, baho berish, taqqoslash, konkret vaziyatda zarur ta’sir choralarini qo‘llash, hamdardlik bildirish (empatiya), oldindan ko‘ra bilish (intuitsiya) uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
pedagogik qobiliyatlarning sanab o‘tilgan turlaridan hech biri alohida katta imkoniyatga ega bo‘la olmaydi, balki ular mantiqiy birlikda ofitserning pedagogik mahoratining asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə