Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat


Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə14/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mustaqil ish HRM

Tarbiyachilik mahoratining tarkibiy qismlari
Pedagogikada harbiy rahbarning tarbiyachilik mahorati doimiy o‘zgarib turadigan, jamiyat talablaridan kelib chiqib, to‘ldirilib boriladigan bir butun tizimga ega. Uning bir-biri bilan bog‘liq quyidagi tarkibiy qismlari harbiy rahbarning tarbiyaviy faoliyatida muhim yo‘nalishlar bo‘lib doimo, mazmunan boyitilib boriladi:
Tarbiyada maqsadning aniqligi. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan tarbiyaviy maqsad aniq belgilab olingan va harbiy rahbar zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalariga ko‘ra tarbiyachilar va harbiy rahbarlar zimmasiga jamiyatimiz tomonidan qo‘yilayotgan talablar-erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo‘lgan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish yo‘lidagi asosiy vazifa - bu shaxsda umumiy madaniyat unsurlarini, ya’ni, aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, iqtisodiy, ekologik, huquqiy, siyosiy hamda mehnat madaniyatini tarbiyalashdan iborat.
Texnologik tizim yoki tarbiya texnologiyasi bu pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan natijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimidir. Bu tarbiyachi- harbiy rahbarning o‘quvchilar amaliy faoliyatini to‘g‘ri tashkil qila olishi va boshqarishining ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishidir. Texnologik jarayon natijalaridan asosiy maqsad, tarbiyachi ijodiy izlanishlar tufayli, o‘quvchilar tashabbuskorligini ta’minlaydi. Tarbiyachi-harbiy rahbarning o‘quvchilar o‘z-o‘zini boshqarish uyushmalari bilan hamkorlikda ishlashi natijasida murakkab masalalarni hal qilish uchun vaqt ajratadi. Texnologik tizimda tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlarni muvaffaqiyatli uyushtirish harbiy rahbarning pedagogik mahoratiga bog‘liq. Uyushqoqlik bilan o‘tkazilgan tadbirlar o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini, bilish tafakkurini, kasb tanlashga nisbatan qiziqishini, erkin fikrlashlarini, o‘z fikr-mulohazalarini cho‘chimasdan to‘g‘ri tasavvur bilan bayon etish tushunchalarini shakllantiradi.
Tarbiyachi-harbiy rahbarning mahorati har bir o‘quvchiga alohida yondashuv imkoniyatlarini topish, o‘quvchi iste’dodida namoyon bo‘ladigan holatlarda uning faolligini oshirishga qaratiladi. Tarbiyachi-harbiy rahbar tomonidan uyushtiriladigan tarbiyaviy tadbirlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: tarbiyaviy tadbirlar hech qachon tasodifiy bo‘lmasligi va har bir tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi lozim.
Ijtimoiy psixologik tizim. Harbiy rahbarning tarbiyachi sifatidagi mahorati - bu tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tarbiyalash uchun mo‘ljalga olish san’atidir. O‘quvchilar har kuni quvonchli daqiqalarni, katta va kichik ko‘ngilsizliklarni birgalikda boshdan kechiradilar. Ular tarbiyachi-harbiy rahbarining o‘zlariga nisbatan yaxshi va yomon, yoki insoniy munosabatlarini tez ajrata oladilar va bunga darhol o‘z “javoblarini” qaytaradilar. Ijtimoiy psixologik bilim va malakaga ega bo‘lish tarbiyachi-harbiy rahbarda uddaburonlikni va sezgirlikni shakllantiradi. U o‘quvchilar jamoasini uyushtira oladi, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topadi. Chunki o‘quvchilar jamoasi umumiy maqsad asosida tashkil topgan, yuqori darajada uyushtirilgan birlashma bo‘lib, shaxs shakllanishining yyetakchi omili sifatida ijtimoiy munosabatlar ichida muhim yacheyka hisoblanadi.
Harbiy rahbarlar orasidagi munosabatlarga mohirona rahbarlik qilish uchun tarbiyachi jamoaning ichki va jamoalararo ziddiyatlarni ham bilishi kerak. Bu ziddiyatlarning barham topishi tarbiyachi shaxsi, uning tarbiyalanuvchilar bilan yaqin munosabatlariga bog‘liq. Haqiqiy va mohir tarbiyachi-harbiy rahbar bu ziddiyatlarni bartaraf etishda o‘quvchilar jamoasi, o‘quvchilar o‘zaro munosabatlarining kuchidan foydalanadi. Har bir o‘quvchi o‘zining ijtimoiy va psixik olamiga ega. Uni bilish, o‘rganish harbiy rahbardan psixologik nuqtai nazardan yondashishni talab qiladi.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə