Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə16/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mustaqil ish HRM

Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya g‘oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da va ta’lim-tarbiyani yanada takomillashtirishga qaratilgan qator hujjatlarda shaxsning erkinligi, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishga birlamchi e’tibor berilgan. Zero, erkinlik ta’minlangan jamiyatda fikr rivojlanadi, fikr rivojlanishi esa jamiyatning kuchli bo‘lishi garovidir. Erkinlik tufayli o‘quvchi irodasi shakllanadi, u bir necha imkoniyatlardan birini ixtiyoriy tanlab oladi, ta’lim tizimida o‘quvchilarga ushbu imkoniyatlar yaratilgan, ularning erkinlik huquqlari ta’minlangan.
Tarbiya jarayoni kop qirrali jarayon bo‘lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi subyektiv va obyektiv omillar ko‘zga tashlanadi. Harbiy rahbar subyektiv omillar asosida o‘quvchilarning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlari mazmunini anglashga yordam bersa, obyektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarni ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi. Tarbiya faoliyatining mazmuni, yo‘nalishi va shakli obyektiv sharoitlar bilan qanchalik mutanosib kelsa, o‘quvchi shaxsini maqsadga muvofiq shakllantirish borasida harbiy rahbar muvaffaqiyatga erishadi. Harbiy rahbarlar tarbiya jarayonining ko‘p qirrali ekanligini, uni tashkil etish va boshqarishda nafaqat tarbiyachi faoliyati, balki o‘quvchining yosh va psixologik xususiyatlari, shaxsiy o‘ziga xos jihatlari, o‘y-fikrlari, hayotiy qarashlari ham muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligi kerak.
Tarbiyaning uzluksizligi. Tarbiyaning yana bir xususiyati uzoq muddat davom etishidir. Tarbiya natijalari tez sur’atda yoki yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniy sifatlarni namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Shaxsning muayyan vaqtning o‘zida, turli qarashlar mavjud sharoitda harakat qilishi tarbiya jarayonini murakkablashtiradi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy faoliyat shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan. Binobarin, yoshlik yillarida insonning asab tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi. Shu bois tarbiyada muvaffaqiyatga erishish uchun harbiy rahbar bolalarni o‘quvchilik yillarida to‘g‘ri tarbiya berish lozimligini talab etadi. Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan tarbiyaviy jarayon bu - harbiy rahbar va o‘quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari yig‘indisidir. O‘quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir- birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta’lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o‘tkazilishiga erishish lozim.
Ta’lim muassasalarida harbiy rahbarlarning tarbiyaviy faoliyati yyetakchi o‘rinni egallasalar ham, ba’zan o‘quvchilarga uzluksiz tarbiyaviy ta’sir o‘tkaza olmaydi, chunki, o‘quvchilar ta’lim muassasalarida ma’lum muddatgina harbiy rahbarning tarbiyaviy ta’siri va nazorati ostida bo‘lib, qolgan bo‘sh vaqtining asosiy qismini oilada, ko‘chada, do‘stlari davrasida, har xil tashqi muhitda o‘tkazadilar. Kuzgi, qishki, bahorgi va ayniqsa, yozgi ta’tillar davrida o‘quvchilar ta’lim muassasasi harbiy rahbari ta’siridan chetda qoladilar. Demak, ta’lim muassasasida o‘quvchilarni tarbiyalash vaqt jihatdan chegaralangan bo‘lib, sinfdan va maktabdan tashqarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy faoliyatlardan holi vaqtda ular harbiy rahbar yoki tarbiyachining ta’siri hamda nazoratida bo‘lishlari kerak.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə