Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə15/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mustaqil ish HRM

Harbiy rahbarning jamoa bilan yaxshi munosabatda bo‘lishi uchun harbiy rahbar quyidagi omillarga e’tibor berishi shart:

  • har bir o‘quvchiga alohida pedagogik topshiriqlar qo‘yish;

  • jamoada o‘zaro xayrixohlik, o‘zaro yordam muhitini shakllantirish;

  • oilaning tarbiyaviy ta’siridan o‘z o‘rnida foydalanish;

  • o‘quvchilarning o‘zaro aloqalarini kuchaytiruvchi, ijodiy faoliyatini

rivojlantiruvchi faoliyatlarini tashkil qilish;

  • o‘quvchilarga o‘zaro teng, adolatli munosabatda bo‘lish.

Estetik tizim. Agar tarbiyaviy vosita, usul va metodlar orqasida yetakchi g‘oya turmasa, texnologik tizim va ijtimoiy psixologik munosabatlar tizimi maqsadli tarbiyaviy natijalar bermaydi. Harbiy rahbarining har bir harakati, o‘quvchilarning estetik madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Tarbiyachi faoliyati hayotiy me’yor va qadriyatlar asosida olib borilishi kerak, shundagina, o‘quvchining tarbiya jarayonidagi faolligi ta’minlanadi. Dunyoqarashi hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun harbiy rahbarning hayotiy tajribalari, shaxsiy namunalari ham estetik tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun harbiy rahbarining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda avvalo tarbiyachining estetik jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tizim tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilovchi vosita bo‘lib, uning talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib borish uchun har bir o‘quvchi, sinf, maktab jamoasi harakat qiladi. Estetik tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun harbiy rahbardan nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab etiladi:

  • tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi;

  • o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;

  • fuqarolik va insoniylikning birligi;

  • talabchanlik va ishonch birligi;

  • o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;

  • jinsiy tafovutlarni hisobga olish;

  • bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish;

  • axloq me’yorlariga amal qilish.

O‘z-o‘zini anglash. Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin joriy etilgan
Ta’limning yangi modeli, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo‘lgan insonlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega bo‘lamiz”. (“Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” “Muloqot” jurnali, 1998 yil, 5-son). Harbiy rahbarning vazifasi va burchi tarbiya natijasida o‘quvchida milliy qadriyatlarga e’tiqod, milliy mafkura, demokratik qarashlar va hayotiy pozit- siyani shakllantirishdan iborat. Tarbiya mazmunining eng muhim xususiyatlaridan biri - bu insonning hayotiy jihatdan o‘z-o‘zini anglashi, uning shaxsiy hayoti va faoliyati o‘zi yashab turgan muhitning subyekti sifatida e’tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotida fuqarolik, kasbiy va axloqiy jihatdan o‘z-o‘zini anglash muhim ahamiyatga ega. Harbiy rahbar o‘quvchilarni, o‘z-o‘zini tarbiyalashga, ya’ni o‘z ustida ongli, batartib ishlashga o‘rgatsagina tarbiya jarayoni samarali natijalar beradi. O‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlariga ko‘nikma hosil qildirish harbiy rahbarning mahoratiga, tarbiyaviy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishiga bog‘liq. O‘quvchilar odatda yaqin kishilarining, ba’zan harbiy rahbarlarining xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Shuning uchun harbiy rahbar o‘z pedagogik mahoratiga tayanib, o‘quvchi qalbida o‘ziga nisbatan ishonch, mehr tuyg‘ularini uyg‘ota olishi lozim. O‘quvchilar harbiy rahbarning darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, kiyinishi, muomalasini, kishilar bilan o‘zaro munosabatini kuzatib boradilar. Bu ham o‘quvchilarning o‘z- o‘zini tarbiyalashda ta’sirchan vosita hisoblanadi va ijtimoiy mavqeini oshirishning muhim usulidir. O‘quvchilar harbiy rahbarning bevosita nazoratida ta’lim va tarbiya jarayonida, dam olishda, jamoat ishlarida, o‘z-o‘zini tarbiyalash usullariga ko‘nikma hosil qiladilar, bu usullar o‘quvchilarni tashabbuskorlikka, mustaqil fikr-mulohaza yuritishga undaydi. Harbiy rahbar tarbiya jarayonida quyidagi “O‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash metodlari”dan foydalanishi mumkin:

  • o‘z-o‘zini tahlil qilish va nazorat qilish;

  • o‘z-o‘zini baholash (tengdoshlariga taqlid qilish asosida);

  • izohlash (o‘quvchining ma’naviy-axloqiy sifatlari izohlanadi);

  • munozara (o‘quvchilarga siyosiy, madaniy, estetik, huquqiy mavzularda og‘zaki ta’sir o‘tkazish).


Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə