Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat


Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə17/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Mustaqil ish HRM

Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish. Tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish uchun reja tuzish va uni bajarish tarbiya samaradorligini ta’minlashning asosiy yo‘lidir. Harbiy rahbarning tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishi - ijodiy jarayon. Harbiy rahbar tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda asosan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g‘oyalariga hamda milliy qadriyat, urf-odatlarimizga tayanadi. Uning mazmuni o‘quvchilarni o‘qishga, ilm olishga, mehnatga ijobiy munosabatni tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaviy ish rejasida mehnat tarbiyasiga alohida ahamiyat beriladi. Harbiy rahbar o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi rejasini tuzar ekan, o‘quvchilar mehnatining mashaqqati, charchoq va hordiq haqida aniq tasavvurlarga ega bo‘lishlarini hisobga olishlari kerak. Ota-onalar bilan ishlash bo‘limida oila, maktab tarbiyasini tavsiflaydigan qisqa ma’lumotlar beriladi. Mohir harbiy rahbar tarbiyaviy ish rejasiga aniq bir maqsadni qo‘yadi. Tarbiyaviy ish amaliyotida xulq me’yorlaridan chetga chiqqan o‘quvchilar ham uchraydi. Ular tarbiyasi «qiyin» o‘quvchilar. Ular bilan tarbiyaviy faoliyat olib borish - bu alohida e’tiborni, sabr-toqat va mahoratni, qalb sezgirligini talab qiladigan murakkab ishdir. Tarbiyachi bunday o‘quvchilarni pedagogik jihatdan o‘rganish dasturini tuzishda quyidagi jihatlarga e’tibor berishi lozim: shaxsning ijtimoiy kelib chiqishi; oilada umumiy rivojlanish darajasi; axloqan tarbiyalanganlik darajasi.


Tayyorladi: J.Egamberdiyev
5.Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va amaliyotda harbiy rahbar mahorati.
REJA
1. Qadimgi Sharq mutafakkirlari pedagog mahorati haqidagi fikrlari.
2.Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim faylasuflarining pedagog mahorati haqidagi fikrlari.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə