Harbiy rahbarning muloqatga kirishida uchraydigan pedagogik nizolarni oldini olish usullari reja



Yüklə 75,69 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü75,69 Kb.
#158433
  1   2   3
HARBIY RAHBARNING MULOQATGA KIRISHIDA UCHRAYDIGAN PEDAGOGIK NIZOLARNI


HARBIY RAHBARNING MULOQATGA KIRISHIDA UCHRAYDIGAN PEDAGOGIK NIZOLARNI OLDINI OLISH USULLARI
Reja:


  1. KIRISH

  2. Asosiy qism

  1. Harbiy rahbarning muloqatga kirishishida uchraydigan nizolar

  2. Harbiy rahbar muloqatga kirishishida uchraydigan pedagogik nizolarni bartaraf etish va oldini olish

  1. Xulosa

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


KIRISH
Ijtimoiy munosabatlar ko‘lamining kengayishi harbiy rahbardan o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayonida har tomonlama chuqur bilimga ega, barkamol inson qilib tarbiyalash vazifasini qo‘ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan sog‘lom muhitda mukammal tarbiyalangan inson hayotiy qarama-qarshiliklar, xususan turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, nosog‘lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o‘zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi asosiy omildir.
O‘zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabatini bildirish ga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o‘zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko‘rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa, mustaqil fikr egasi bo‘lgan shaxs o‘z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikrga ega bo‘lgan barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tarbiyalab voyaga etkazishdan iborat.
Ushbu yuksak javobgarlikni talab qiluvchi vazifalar harbiy rahbarlar zimmasiga yanada ulkan mas’uliyatlarni yuklaydi. Bu xususda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e’tirof etgan edi: «Umumlashtirgan holda kadrlar tayyorlash tizimining shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillaridan biri ta’lim tizimini tuzilish va mazmun jihatidan isloh qilish uchun harbiy rahbarlarni va murabbiylarni qayta tayyorlash... o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloq, ma’naviyat va ma’rifat, mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash» lozim.
Pedagogik mahorat bo‘lajak harbiy rahbarlarda yosh avlod ta’lim-tarbiyasi uchun mas’uliyat hissini shakllantiradi. Harbiy rahbar bunday murakkab vazifalarni amalga oshiruvchi, davlat va jamiyatning ishonchli vakilidir. O‘quvchilar jamoasini birlashtiruvchi sinfda ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish va boshqarishda harbiy rahbarning bilimi, pedagogik mahorati va psixologik xususiyatlari ochiq namoyon bo‘ladi. Avvalo, harbiy rahbar va o‘quvchilar orasida o‘zaro hamkorlik va bir-birlariga nisbatan ishonch tuyg‘ulari bo‘lishi hamda harbiy rahbar o‘z kasbiy bilimlaridan tashqari boshqa o‘quv fanlarini ham puxta egallagan bo‘lishi lozim. Zero, sinf jamoasini boshqarish - pedagogik jamoa, ota-onalar oldida harbiy rahbarning obro‘-e’tibori qay darajada ekanligini ko‘rsatuvchi mezon. Harbiy rahbarning axloqiy saviyasini, bilimini muloqot asosida sinf jamoasini boshqarishda erishayotgan yutuqlari belgilaydi. Odatda, harbiy rahbarlarning xarakteri, individual xususiyatiga qarab: tashabbuskor, ijodkor, tashabbussiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, barcha ishlarga befarq qarovchilar toifasiga ajratishadi. Pedagog va psixolog olimlarning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, kuzatishlari va ilmiy tajribalariga asoslangan holda harbiy rahbarlarning rahbar sifatida sinf jamoasini boshqarishida qo‘llaydigan muloqot uslublari quyidagicha tavsiflanadi:


  1. Yüklə 75,69 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə