Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat


Pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish yo‘llari



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə6/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ish HRM

3.Pedagogik qobiliyatlarni rivojlantirish yo‘llari
Pedagogik mahorat ko‘p qirrali va keng ma’noli tushuncha bo‘lib, uning shakllanishi va rivojlanishi uzoq vaqt davom etadi. Ofitserning harbiy-pedagogik qobiliyatlarini, xislatlarini va professional-pedagogik mahoratini shakllantirish va rivojlantirish ichki qarama-qarshiliklarga ega hamda ko‘pgina omillarning ta’sirida kechuvchi jarayondir. Bu jarayon o‘z-o‘zidan kechmaydi, balki boshqariladigan bo‘lib, birinchi navbatda har bir ofitserning bilim saviyasi, dunyoqarashi, aqliy, estetik va jismoniy rivojlanishi darajasiga bog‘liqdir.
Pedagogik mahoratning va uni tashkil etuvchi qobiliyatlarning shakllanishi va takomillashuviga ofitser shaxsining professional, ijtimoiy, ruhiy va ma’naviy rivojlanishidagi qarama-qarshiliklarni yengish orqali erishiladi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu qarama-qarshiliklar quyidagilardan iborat:
ofitserning bilimlari, umumiy ma’lumotliligi va xulqiy tajribasi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar;
– ofitserning nimani va qanday bajarish kerakligini tushunishi va amaliy harakatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar;
– turli sharoitlar va vaziyatlarda ofitserning o‘zini tutishi bilan bog‘liq qarama-qarshiliklar;
– pedagogik taktining rivojlanganligi darajasi to‘g‘risidagi ofitserning shaxsiy bahosi va boshliqlari, hamkasblarining fikri, bergan bahosi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va boshqalar.
Bunday qarama-qarshiliklarni hal etishning muhim sharti sifatida kasbiy shakllanish va rivojlanishning murakkab jihatlarini, ofitser uchun zarur bo‘lgan sifatlarni tarbiyalash vazifalarini hal etishga xalaqit berayotgan omillarni bartaraf etish yo‘llarini pedagog va bo‘ysunuvchilar tomonidan to‘g‘ri tushunishni ko‘rsatish mumkin.
Ofitserning professional sifatlarining, pedagogik mahoratining va qobiliyatlarining shakllanishiga jamiyatdagi turmush tarzi, kundalik faoliyati , jamoadagi ma’naviy-ruhiy muhit va boshqa omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Ofitser hayoti va faoliyatini tahlil qilgan holda, bu jarayon bir necha bosqichlarni o‘z ichiga olishini ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Ofitserlarda harbiy-pedagogik xislatlarning, qobiliyatlarining shakllanishiga va rivojlantirilishiga ular oliy harbiy o‘quv yurtida o‘qish davrida asos solinadi. Kursantlarda bo‘lajak harbiy-pedagogik faoliyatga nisbatan moyillik va qiziqish shakllantiriladi. Bu davrda harbiy profesional-pedagogik faoliyatning, ta’lim-tarbiya ishlari jarayoni metodikasining barcha masalalari bo‘yicha zarur bo‘lgan bilimlar asoslari beriladi, boshlang‘ich malaka va ko‘nikmalar shakllantiriladi.
Ofitserlar pedagogik mahoratini takomillashtirishda, Shu jumladan, pedagogik qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning harbiy qismlardagi xizmat faoliyatlarini amalga oshirish jarayoni muhim o‘rin egallaydi.
Ofitser xizmatining birinchi yillari ularning o‘qituvchi va tarbiyachi sifatida shakllanishidagi muhim va mas’uliyatli davri hisoblanadi. Chunki u endi egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarini amalda qo‘llashi lozim bo‘ladi va buning uchun shaxsiy javobgarligini his etadi.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə