Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat


Tayyorladi: J.Egamberdiyev



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə8/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Mustaqil ish HRM

Tayyorladi: J.Egamberdiyev
2.Mavzu: Harbiy rahbar mahorati haqida fikrlar xilma-xilligi
REJA

1. Harbiy raxbar mahoratini shakllantirish va takomillashtirish.


2.Pedagogik mahoratning shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar.
3. Pedagogning kasbiy imkoniyatlari tuzilmasi.

1.Harbiy raxbar mahoratini shakllantirish va takomillashtirish.

Bilimni go‘zal tarzda o‘qitish – ilohiy san’at!


A.Frans
Ofitser-o‘qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirish uchun avvalo pedagogik ishni ilmiy asosda tashkil qilish lozim. Buning uchun ofitser-o‘qituvchining istak va qiziqishlarini hisobga olish, uning intilishi va boshqa tashqi omillarini bir-biriga uyg‘unlashtirib, kasbi va shaxsining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faolligini oshirishni nazarda tutish kerak. Bu hol tinmay izlanishlar, kuzatishlar, tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish lozimligini talab qiladi. Ilmiy pedagogik ta’limot, o‘tmish ajdodlarimizning tajribasi va ta’lim muassasasining amaliy faoliyati shundan dalolat bermoqdaki, kasbiy mohirlik, muntazam ilm olish bilan shug‘ullanish, mashq qilish, takrorlash, xulosalar chiqarish, chiqarilgan xulosalar asosida ish olib borish orqali qo‘lga kiritiladi… Harbiy rahbar mahorati avvalo falsafiy, pedagogik, psixologik, metodik bilimlar, o‘quv ‘redmeti bo‘yicha keng va chuqur ma’lumotlarga ega bo‘lish va ularni takomillashtirib borish orqali shakllanadi. Milliy Mustaqillik, «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’lim – tarbiya jarayonining tashkilotchisi va ijrochisi, ofitser-o‘qituvchida kasb mahoratini tarbiyalash, ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning muhim sharti ekanligini ta’kidlar ekan, avvalo, ofitser-o‘qituvchilar kasb mahoratini shakllantirish - bu pedagogik jarayonning muhim tarkibiy qismi deb qaralishi lozimligini alohida e’tirof etadi.
Kuzatishlar Shuni ko‘rsatadiki, ofitser-o‘qituvchi harbiy rahbar mahoratining shakllanishiga muayyan tarzda ta’sir etuvchi omillar mavjud. Bu omillarni e’tiborga olmaslik kasbiy mohirlikning tarkib to‘ishini qiyinlashtiradi. Ularni inobatga olish esa ofitser-o‘qituvchi mahoratining pedagogik va psixologik funktsiyalarini rivojlanishini, uning madaniy - tarixiy xususiyatini oshirishini ta’minlaydi.
Pedagogik nazariya va amaliy faoliyat natijalariga ko‘ra ofitser-o‘qituvchi harbiy rahbar mahoratining shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillari mavjud bo‘lib, ulardan eng muhimlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi; “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, nazariy-usuliy bilimlar; ixtisos fanlari va pedagogik faoliyat; pedagogik turkum fanlar; psixologik muhit; madaniy-tarixiy an’analar; urf - odatlar; diniy qadriyatlar; siyosiy voqealar; pedagogning intelektual salohiyati, axborot-kommunikativ vositalar.
Ularni umumlashtirgan holda quyidagi jadvalda ofitser-o‘qituvchi mahoratining shakllanishiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-pedagogik omillarni keltiramiz, Qarang, jadvalda keltirilgan unsurlar harbiy raxbar mahoratini shakllantirish, mustaqillik yo‘lidan dadil odimlab, fuqarolik jamiyatini qurishga intilayotgan mamlakat o‘qituvchisini faol mehnatga tayyorlab, uning uzluksiz mahoratini oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish, ilmiy nazariy, amaliy-usuliy tayyorgarligini oshirish, jamiyatda, atrof-muhitda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarga ongli munosabatini tarkib to‘tirish, har bir ofitser-o‘qituvchining individual ijodiy qobiliyatlarini mustahkamlash uchun omil bo‘lib hizmat qiladi.



Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə