Harbiy raxbar faoliyatida pedagogik qobiliyat


Tushuntira olish qobiliyati



Yüklə 340,13 Kb.
səhifə4/18
tarix30.12.2023
ölçüsü340,13 Kb.
#167739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Mustaqil ish HRM

4. Tushuntira olish qobiliyati o‘quv materialini tinglovchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, ularda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir. O‘qituvchi zarur xollarda o‘quv materialini o‘zgartira olishi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi darkor.
5. Muomala (kommunikativ) qobiliyati pedagog-ofitserning bo‘ysunuvchilar, boshliqlar, turli toifadagi harbiy xizmatchilar va ishchi-xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari, askarlarning ota-onalari, jamoatchilik vakillari bilan pedagogik va psixologik nuqtai nazardan samarali o‘zaro munosabatlar o‘rnata olishida namoyon bo‘ladi.
6. Kuzatuvchanlik qobiliyati ofitserning o‘z bo‘ysunuvchilari va atrofidagilarning ichki dunyosiga kira olishi, ruhiy holatini, ichki kechinmalarini, ulardagi ijobiy va salbiy o‘zgarishlarni seza olishida namoyon bo‘ladi.
7. Nutq qobiliyati (nutq texnikasi) pedagogning nutq yordamida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifoda eta olish qobiliyatidir.


8. Obro‘ orttira olish qobiliyati pedagog-ofitserning o‘z bo‘ysunuvchilari va xizmatdoshlarining ongiga, ruhiyatiga o‘zining bilimi, amaliy faoliyati va xizmat burchiga ma’suliyatli munosabati, muomalasi, kundalik turmushdagi va oilasidagi ibratli xulqi orqali bevosita emotsional-irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda o‘zi haqida ijobiy fikr uyg‘ota olishida namoyon bo‘ladi.
9. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyatining rivojlanganligi pedagogga o‘z faoliyatining, harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilish, rejalashtirish, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini izlab, muvaffaqiyatga erishishga ishonch hissini uyg‘otishga yordam beradi. Bu qobiliyatning rivojlanishida pedagogik optimizm muhim ahamiyatga ega.
10. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati pedagogning diqqatning barcha xususiyatlarini, hajmi, kuchini idora qilish, safarbar eta olishidir.

Yüklə 340,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə