Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/29
tarix10.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#132795
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
rahmonov nosir adabiyot darslarida didaktik o\'yinlardan foydalanish bmi

 
 


II BOB. Adabiyot darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish 
2.1. Adabiyot darslarida didaktik o‘yinlarni noan’anaviy ta’lim 
metodlari asosida o‘rganish 
Mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy sohada amalga oshirilayotgan keng 
islohotlar Vatan taqdiri, xalq ravnaqi, mustaqil yurtning kelajakdagi 
boshqaruvchilari-yangi avlod tarbiyasiga qaratilmoqda. Mustaqillikka erishgan 
birinchi kunimizdanoq, umuminsoniy va oʻzbekona qadriyatlarni har tomonlama 
tiklash, ularga chuqurroq nazar tashlash uchun zamin yaratildi. Mustaqil 
Vatanimizga har tomonlama yetuk, mukammal, axloqiy pok, yuksak ma’naviy 
hislatlarga ega, iymon-e’tiqodi butun, oʻz xalqi, oʻz ona-Vataniga fidoiy, barkamol 
insonlarni tarbiyalash davlat siyosatida ustuvor masalalardan biri sifatida qarala 
boshladi.
Tarbiyada xalqning milliy va ma’naviy qadriyatlariga suyanish, ular orqali 5-
11-sinf oʻquvchilarida milliy qadriyatlarni shakllantirish – oʻta dolzarb 
masalalardan biridir. Chunki, bugungi kunda mafkuraviy poligonlarda yoshlar ongi 
va qalbi uchun kurash keskinlashgan bir paytda oʻquvchilarni iloji boricha, maktab 
yoshidanoq vatanparvar, xalqparvar, fidoiy, Vatani, xalqi uchun jonini 
ayamaydigan matonatli qilib oʻstirish zarur. 
Pedagog kadrlar, yetuk mutaxassislar tayyorlash, o‘qituvchilar malakasini 
oshirish hozirgi kunning dolzarb vazifasiga aylangan. Darslarni yuqori saviyada 
o‘tkazish, darsga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish, yangi-yangi 
dars uslublarini ishlab chiqish, noan’anaviy dars uslublaridan foydalanish, 
o‘qituvchilarning o‘z ustlarida ishlab borishlari, zamon bilan hamnafas yashash 
va ishlash o‘qituvchilar oldida turgan eng muhim vazifaga aylandi. 
Ta’lim 
sifati 
va 
samaradorligini 
ko‘tarish, 
darslarda o‘quvchilar faolligini oshirish, takomillashtirilgan standart va 
modеrinizatsiya qilingan dasturlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, o‘quvchini 
faollikka, erkin fikr yuritishga o‘rgatish, o‘z nuqtayi nazarini himoya qilishga 
erishtirish 
uchun 
nima 
qilmoq, 
qanday 
choralar 
ko‘rmoq 
kеrak? Faollik o‘zi nima? 


Faollik 
 
bir maqsad yo‘lida aqliy, jismoniy va boshqa harakatlarni tеz
va unumli amalga oshirishga intilish demakdir. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida talim berishda ilg‘or pedagogik 
texnologiyalarning zamonaviy o‘quv-uslubiy majmualarini yaratish va o‘quv 
tarbiya jarayonini didaktik jihatdan ta’minlash umumiy o‘rta ta’limning asosiy 
shartlaridan biri sifatida belgilangan. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar ta’lim 
jarayonining ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan 
ishtiyoqi va qiziqishini oshiradi. Pedagogik texnologiyalarni boshlang‘ich 
sinflardan boshlaboq qo‘llash ancha yaxshi samara beradi. Boshlang‘ich sinf bola 
hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu davrda ta’limning pedagogik texnologiyalar 
asosida qiziqarli talqin etilishi o‘quvchini ta’lim jarayonida faollashtiradi. 
Yangi pedagogik texnologiyalarga bag‘ishlangan adabiyotlar va maqolalarda 
bir qator o‘qitish usullari haqida so‘z yuritilmoqda. Shulardan biri bo‘lgan 
didaktik o‘yinlar texnologiyasining ayrim ko‘rinishlari xususida so‘z 
yuritmoqchimiz. 
Ta’lim jarayonida didaktik o‘yinli texnologiyalar didaktik o‘yinli dars 
shaklida qo‘llaniladi. Ushbu darslarda o‘quvchilarning bilim olish jarayoni o‘yin 
faoliyati bilan uyg‘unlashtiriladi. 
Maktabda bolaning zehnini o‘stirishga qaratilgan har bir dars bola aqlining 
tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham bu 
davrda, avvalo, ta’lim jarayonini qiziqarli, ta’sirli qilib tashkil etishga e’tibor 
qaratish lozim. O‘quvchilar o‘yinlar orqali o‘z bilimlarini mukammallashtiradilar 
va uni chuqur o‘zlashtiradilar. Didaktik o‘yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini 
va o‘quvchilar faolligini oshiradi. 
Ma’lumki, 1-sinfga qabul qilinib, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 
bolaning faoliyatida o‘yin asosiy o‘rinni egallaydi. O‘yin ularning eng sevimli 
mashg‘uloti bo‘lib, ular har qanday mashg‘ulotni o‘yin bilan uyg‘unlashtirishga 
harakat qiladilar. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchi faoliyatida ularning sevimli 
mashg‘uloti – o‘yinni siqib chiqarmasdan, undan maqsadga muvofiq foydalanish 
bilan ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishi lozim. 


Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan didaktik o‘yinlarni biz mazmuniga va 
amalga oshirish shakliga ko‘ra ikki xil tasnif qildik. 
Quyida darslarda qo‘llash mumkin bo‘lgan ba’zi didaktik o‘yinlar bilan ham 
tanishamiz. 
Tinch o‘yinlar

“U kim, bu nima?” o‘yini 
Stol ustiga bir qancha badiiy asarlar terib qo‘yiladi. O‘qituvchi shu asarlardan 
birortasini ta’riflaydi. O‘quvchilar shu belgilar asosida gap nima haqida 
borayotganligini topadilar. 
Bu o‘yinning afzallik tomoni shundaki, undan dars davomida o‘quvchilar 
diqqatini jamlash, qo‘llarga dam berish maqsadida yoki yangi asarlar bilan 
tanishtirish, adabiyot darslarida yangi mavzuni bayon qilish jarayonida ham 
foydalanish mumkin. 
1-variant: U mehribon ona. O‘z farzandi uchun jonini ham ayamaydi. Betob 
farzandini asrash uchun qishning qahratonidan cho‘chimay yalangoyoq qor kechib 
tabibga chopadi. (Javob: O‘.Hoshimov “Dunyoning ishlari” qissasidagi ona obrazi) 
2-variant: U urushdan qochib, to‘qayzorga berkinadi. Unga onasi har kuni 
yegulik tashiydi, ammo o‘g‘li mehrsiz va sabotsiz odam edi. (Javob: S.Ahmad 
“Ufq” romanidagi Tursunboy obrazi) 
Didaktik 
o'yinlar 
tinch o'yinlar
harakatli 
o'yinlar
aralash tipdagi 
o'yinlar


3-variant: Ular o‘tning bo‘lig‘i, suvning tinig‘i bor joyni qidirib yo‘lga 
otlanadilar. (Javob: “Susambil” ertagi qahramonlari) 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə