Shuni eslatib o‘tish joizki,yuqori sinf adabiyot darslarida qo‘llash
uchun
tavsiya qilinayotgan didaktik o‘yinlardan foydalanishda qat’iy chegara mavjud
bo‘lmay, boshqa sinflarga ham moslashtirib foydalanish mumkin.
Didaktik
o‘yinlar o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo‘lishi
mumkin. Ayniqsa, qiyin o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini
oshirishga bunday o‘yinlar samarali ta’sir ko‘rsatadi.