Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti hisoblash usullari



Yüklə 2,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/255
tarix09.05.2023
ölçüsü2,08 Mb.
#109310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   255
dokumen.tips matematika-va-informatika-oaqitish-blok-fanlarimatinf-kelgusi-faoliyatlarida

KIRISH SO’Z 
O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’lidan rivojlanib, xalqaro maydonda o’zining 
munosib o’rnini topmoqda. Davlatimizning mustaqil taraqqiyot yo’lini ta’minlash uchun 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy sohalarda chuqur islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Jamiyat va inson manfaatiga qaratilgan bu islohotlarning samarasi bevosita ta’lim 
tizimida tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning salohiyatiga bog’liqdir. 
Shu bois mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab sifatli kadrlar tayyorlashga qodir 
milliy asosga qurilgan va jahondagi ilg’or davlatlar ta’limi taraqqiyoti tajribalariga tayanadigan 
kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy vazifalaridan biriga aylandi. 1997 yilda qabul qilingan 
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” milliy ta’lim taraqqiyoti va milliy kadrlar tayyorlash tizimi istiqbollarini belgilovchi 
xujjat sifatida bu sohadagi ishlarni rivojlantirishda yana bir tarixiy davr boshlanishiga zamin 
yaratdi. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosiy vazifalaridan biri bu ta’lim jarayonidagi sifat 
ko’rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos, raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega 
bo’lgan mutaxassislar tayyorlashdir. Ushbu murakkab muammolarni yechimini topib, ularni 
amalda keng qo’llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga juda katta vazifalar belgilaydi. Bunda 
aniq vazifalar sifatida bevosita o’quv jarayonini yaxshilash, o’quv dasturlarini yanada 
takomillashtirish, o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik 
vositalaridan keng foydalanish va shu asosda masofadan o’qitishni keng joriy qilishdan 
iboratdir.
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo’ladi. Bu o’qituvchining mahoratigagina emas, 
balki tinglovchining istak-hohishi, qobiliyati va bilim darajasini ham belgilaydi. Ta’lim uzoq 
davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum 
tushunchaga ega bo’lgan hodisadir. Bilim xususiylikka ega bo’lsa, ta’lim umumiylikka egadir. 
Ta’lim barcha uchun bir xilda davom etadigan jarayon. Bilim obyektiv borliqdagi voqyea-
hodisalarning in’ikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil 
bo’ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo’ladi. Ta’limdagi sifat uni berishda 
ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega bo’ladi. Ta’limni 
amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi turlicha bo’lishi mumkin. Lekin 
guruhdagi talabalarga beriladigan ta’lim bir xildir. O’qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. 
Talaba esa ana shu ta’lim jarayonida bilimga ega bo’ladi. Buning uchun u mustaqil o’qiydi, 
tayyorlanadi, mushohada qiladi, tasavvurlarga ega bo’ladi, eshitganlari va o’qitganlarini sintez 
qiladi. Natijada bilimga ega bo’ladi.
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-
pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida 
qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan 
foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, 
talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka undash, erkin muloqot 
yuritishga, ijodiy fikrlashga o’rgatish, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar ta’lim 
ustivorligini ta’minlaydi. 
Ushbu o’quv-uslubiy majmua universitet mexanika–matematika fakulteti amaliy 
matematika va informatika ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’jallangan. 
Matematika va informatika o’qitish uslubiyati keng tarmoqli fan bo’lib, u pedagogika, 
psixologiya va didaktika bo’yicha ilmiy tadqiqotlarda muhim g’oyaviy qurol vazifasini bajaradi. 
Ushbu fan pedagogika, psixologiya va didaktika sohalarida mavjud bo’lgan va ta’lim jarayonida 
o’quvchtilarni intellektual qobiyalitlarini rivojlantirish uchun matematik bilim,ko’niukma va 
malakalarni shakllantirish usullari va matematik ta’limning umumiy qonkiyatlarini va o’qitishga 
zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish xususiyatlarini o’rganishga xizmat qiluvchi 
qudratli qurol hisoblanadi. Ma’lumki, hozirgi davrda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va 


5
«Ta’lim to’g’risidagi Qonun» talablaridan kelib chiqib, oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlar 
tayyorlashni har tomonlama takomillashtirishni talab etmoqda. 
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta’lim tizimini ikki bosqichli 
tizimga,ya’ni to’qqiz yillik umumta’lim, hunar-kollejlari va akademik liseylarida o’qish tizimiga 
o’tkazish amalga oshirilmoqda. 
Hunar-kasb kollejlari yoshlarning ko’prok qismini kasb mehnatiga, ishlab chiqarish, 
ta’limdagi va madaniyatdagi faoliyatga tayyorlash vazifalarini amalga oshirishi zarur. akademik 
liseylar esa yoshlarldda nazariy va amaliy bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish, ularda 
intellektual faoliyatga qiziqishga qobiliyatli, kelgusi hayotini oliy o’quv yurtlariga kirish va 
ilmiy faoliyat bilan shug’ullanishni maqsad kilib qo’yganlarini tarbiyalab yetishtirishi lozim. 
Bunday sharoitlarda zamonaviy ilmiy-uslubiy saviya matematika bo’yicha o’quv-tarbiya 
jarayonini tashkil eta oladigan matematika o’qituvchilariga katta ehtiyoj tug’ilmoqda, ular turli 
o’quv yurtlarida ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda o’qita oladigan o’qituvchilar ham 
bo’lishi zarur. Bunda asosiy o’ringa o’qitishning «Matematikani chuqurlashtirib o’qitish», 
«Matematik iqtidorlik» kabi dasturlari chiqmog’i lozim. Shuning uchun universitetlarning 
mexanika-matematik fakultetlarida yuqori malakali matematik o’qituvchilari tayyorlashga imkon 
beruvchi matematika o’qitish uslublari va nazariyasi fanini o’qitish sifatini oshirish zamon talabi 
va juda ham zarur hisoblanadi. 
Fanni kiritishdan maqsad talabalarga umumta’lim maktablarida matematika o’qitish 
qonuniyatlari va ushbu qonuniyatlardan o’quv jarayonida qo’llanish usullarini o’rgatish, ularda 
kelgusi faoliyatlarida nazariy va amaliy jihatdan pedagogik faoliyatda foydalana olish ko’nikma 
va malakalarni shakllantirish qobiliyatini rivojlantirish hisoblanadi. 
Matematika va informatika o’qitish uslubiyatini o’rganish jarayonida pedagogika
psixologiya, didaktika, axborot texnologiyalari, yangi pedagogik texnologiyalar kabi 
matematikaning turli tarmoqlari tadqiqot metodlari va natijalaridan keng foydalaniladi.

Yüklə 2,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   255




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə